So’nggi yangiliklar

02:10АПЛ. "Ливерпуль" "Эвертон"га ютқазиб, чемпионлик пойгасидаги имкониятларини янада ёмонлаштириб юборди  19 02:00АПЛ. "Ман Юнайтед" 20-ўриндаги "Шеффилд"ни қийинчилик билан мағлубиятга учратди  32 00:50Тебас яқин келажакда Ла Лига ўйинлари АҚШда ўтказилишини маълум қилди  2 00:35Франция. ПСЖ "Лорьян"дан устун келди ва чемпионлик масаласини деярли ҳал қилди  1 00:22Breaking: Хави "Барселона"да қолишга қарор қилди!  15 23:54"Реал Мадрид" "Милан" ҳимоячисининг трансфери устида ишламоқда  0 23:23 Хосе Венансио Лопес: "Эронга қарши баҳс жуда қийин ва мураккаб бўлиши аниқ, бироқ биз ўз потенциалимизга ишонамиз"  7 22:50"Барселона" ва Хави ўртасида музокаралар ўтказилди. Лапорта мураббийни олиб қолмоқчи  2 22:28Эрлинг Холанд "Сити"нинг АПЛдаги ўйинини ўтказиб юборади. Гвардиола буни тасдиқлади  1 22:05Перес "Эл Класико"дан олдин ҳакамларнинг ёнига бориб, улар билан саломлашган. "Барса" ўйинчилари бу ҳолатнинг гувоҳи бўлишган  30 21:45МЮнинг тен Хаг даврида амалга оширган трансферлари рейтинги тузилди – Антони охирги ўринда, Онана эса...  5 21:20Ральф Рангник "Бавария" у билан боғланганини тасдиқлади  1 20:55Футзал. Ўзбекистон Вьетнам устидан камбэк амалга оширди ва ярим финалга йўлланма олди  65 20:31ОЧЛ. "Йокогама" пенальтилар сериясида "Ульсан Хюндай"ни мағлуб этиб, финалга йўл олди!   4 20:22Оливье Жиру "Лос Анжелес" билан шартнома имзолагани маълум бўлди  3

18-raqamni mashhur qilgan, 12 karra mamlakat chempioni Temur Kapadze 39 yoshda! Yangiliklar

18-raqamni mashhur qilgan, 12 karra mamlakat chempioni Temur Kapadze 39 yoshda!

Bugungi sanada tavallud ayyomini nishonlayotgan futbolchilarni unutilmas sana bilan muborakbod etishda davom etamiz.

Bugun futbolchi sifatida o'zidan yorqin iz qoldira olgan, faoliyatini hujumchi sifatida boshlab yarim himoyada tugatgan, 12 karra O'zbekiston chempioni, 9 bor mamlakat kubogi sohibi, milliy terma jamoa safida 119 ta o'yin o'tkazgan, yurtimiz klublaridan tashqari BAA, Janubiy Koreya va Qozog'istonda to'p tepgan Temur Kapadze 39 yoshga to'ldi. 

Farg'onalik futbolchi haqida uzoq gapirish, maqtovlar yomg'irini yog'dirish mumkin. Haqiqatan ham, Kopa bir futbolchi erishishi mumkin bo'lgan yutuqlarni qo'lga kiritgan. "Cementchi", "Neftchi", "Paxtakor", "Bunyodkor", "Inchxon Yunayted" (Janubiy Koreya), "SHarja" (BAA), "Aktobe" (Qozog'iston) kabi klublar sharafini himoya qilgan Temur 2017 yilda "Lokomotiv" sardori sifatida futbolchilik faoliyatini yakunladi. 2017 yilning 4 dekabr kuni bo'lib o'tgan O'zbekiston kubogining final o'yini Timur Kapadze uchun professional futbolchi sifatidagi so'nggi bahs bo'lgandi.

- Ortga nazar tashlab, birinchi navbatda "Cementchi" jamoasi tarkibidagi katta futbolda qo'ygan ilk qadamimni eslashim o'rinli bo'ladi, - deydi bugungi qahramonimiz. - O'shanda o'tish o'yinlarida (pulka) maydonga tushgandim. Quvasoy jamoasi tarkibida beshta o'yinda beshta gol urgandim. "Neftchi"ga o'tgan paytimni ham esdan chiqarmayman. 1997 yili "Neftchi" safiga borib qo'shilgandim. Yuriy Sarkisyanning o'zi jamoaga taklif etgani kechagidek esimda. 

Temur Kapadzening katta yutuqlaridan biri faoliyati davomida kuchli mutaxassislar qo'l ostida millionlar o'yini sir-asrorini o'rgangani, futbolchi sifatida shakllangani bo'lgan. Futbolchilar oilasida dunyoga kelgani, birinchi murabbiyi otasi Tohir aka bo'lgani ham Temurning baxti.    

"Aslida qaysi murabbiy qo'l ostida o'ynagan bo'lsam, hammani bir o'rinda ko'raman. Kim bilandir ko'p, kim bilandir kamroq ishlaganman. Lekin baribir har bir futbolchi faoliyatiga tasir ko'rsatgan alohida murabbiylar bo'ladi. SHaxsan men uchun birinchi navbatda dadam Tohir Kapadze ko'p ish qilganlar. Dadamning maslahati bilan futbolni tanlaganman va futbolga kirib kelishimda dadam ko'p yordam berganlar. Bundan tashqari, Yuriy Vazgenovich Sarkisyanni ham alohida tilga olishim lozim. Aynan Sarkisyan menga katta futbol eshiklarini ochdi, buning uchun u kishiga alohida rahmat aytaman. Sarkisyan garchi o'yin paytida juda jahldor ko'ringani bilan o'yindan keyin va umuman mashg'ulotlar paytida futbolchilarni tushunishga harakat qilar, kerak bo'lsa hamma bilan hazillashardi. Men "Neftchi"da o'ynab ko'p narsani o'rgandim, nafaqat murabbiydan, balki o'sha payt to'p tepgan Lebedev, aka-uka Do'rmonovlar, Pisarev, Isoqov, SHamsiev, Mataliev, Radkevich, xullas hammadan nimadir olganman. Keyinchalik "Paxtakor"ga o'tgach Tachmurod Agamurodov futbolchi sifatida shakllanishimda katta yordam berdi. Turkmanistonlik mutaxassis birinchi navbatda meni hujumdan yarim himoyaga o'tkazdi, qolaversa, yangi ampluada yo'qolib qolishimga yo'l qo'ymadi".

Temur Kapadze 2013 yilda "Aktobe" klubi bilan birga Qozog'iston chempioni bo'lgan. O'sha mavsum ettita gol urgan yarim himoyachimiz Qozog'iston chempionatining "Eng yaxshi legioneri" deb ham topilgandi. 

Yuqorida alohida takidlaganimizdek, Temur Kapadze milliy terma jamoa safida jami 119 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Bu borada u birgina Server Jeparovga yon bergan.

"Terma jamoadagi o'yinlarim soni 119 tani tashkil qilgan va shu sababli 120-o'yin xayrlashuv uchrashuvim bo'ladi degan niyatim bor edi. Ammo peshonaga bitilmagan ekan, bunday bo'lmadi. Men ko'p o'yinlarda zaxirada qolib ketdim. SHundan so'ng tugatishim kerak, maydonni yoshlarga bo'shatib berishim zarur, degan xulosaga keldim". 

2017 yilgi mavsumdan keyin futbolchilik faoliyatini tugatgan Kapadze malum vaqt O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida to'rtta o'yinda ishladi. Etibor bering, yosh murabbiy mamlakat bosh jamoasini Senegal, Marokash, Eron, Urugvay singari dunyoning kuchli terma jamoalariga qarshi maydonga boshlab tushdi.

"Terma jamoaga murabbiy sifatida kelganimda, mening murabbiylar shtabim, o'zimning murabbiylik bo'yicha rejam yo'q edi. SHu sabab menda katta havotir yo'q emasdi. Bundan tashqari milliy terma jamoamizga raqib sifatida tanlangan jamoalarning darajasi yuqori edi. Ko'plab futbolchilari Evropada to'p tepadigan Senegal, Urugvay davlatlari bilan men kabi murabbiylik faoliyatini endi boshlayotgan inson bilan juda qiyin edi. O'FA rahbariyati terma jamoada birinchi kunim emasligini, menga barcha sharoitlarni yaratib berishlarini aytishdi. Haqiqatdan ham milliy terma jamoani yaxshi bilaman, bu tomonidan xavotir yo'q edi. Lekin murabbiylik borasidachi? SHunisi meni o'ylantirayotgan edi. Rahbariyatning shu kabi fikrlari, ishonchini ko'rib turib ortga yo'lim qolmaganligini tushundim va ularning taklifini qabul qildim. O'sha kunlarda mendagi hissiyotlar qanday kechganligini o'zim bilaman".

Bugungi kunda Temur Kapadze O'zbekiston milliy terma jamoasida Vadim Abramovning yordamchisi va O'zbekiston U-19 terma jamoasi bosh murabbiyi bo'lib ishlamoqda. 

Fursatdan foydalanib, bugun tavallud ayyomini nishonlayotgan Temur Kapadzega birinchi galda tug'ilgan kun muborak, deymiz. Va albatta, O'zbekiston milliy va U-19 terma jamoasidagi faoliyatida ham omad yor bo'lishini tilaymiz. Yillar davomida orttirgan tajribasi unga qo'l keladi degan umiddamiz.  

Temur Toxirovich Kapadze       

Fuqoroligi – O'zbekiston  

Tug'ilgan sanasi – 05.09.1981

Amplua – yarim himoyachi

Bo'yi – 185 cm

Og'irligi – 80 kg

Faoliyati – 1998-2001 "Neftchi" (Farg'ona)

2002-2007 – "Paxtakor" (Toshkent)  

2008-2011 – "Bunyodkor" (Toshkent)

2011 – "Inchxon Yunayted" (Janubiy Koreya)

2012 – "SHarja" (BAA)

2012-2014 – "Aktobe" (Qozog'iston)

2015-2017 – "Lokomotiv"


 


Tajribali yarim himoyachini milliy terma jamoamiz va "Lokomotiv" klubi shifokori Abror Pirriev o'zi bitgan sher bilan muborakbod etadi. 

"Loko", terma, hammamiz,

Hayajonda, bor hudud.

Bir tomonda termamiz,

Bir tomonda tavallud.


"Kopa" degan futbolchi,

Futbolni bop o'ynagan.

Bayramni xam mo'ljallab

Termamizga poylagan.


Bunisi ham kamdir deb,

Mashg'ulotni ko'chirdik.

Tortdan quruq qoldik deb

"Transportniy"da to'kildik.


Sizga deb bor "pressa",

Yaxshi so'zlar aytgaydir.

Sizdanmas, xech bo'lmasa,

Termamizdan qaytgaydir.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика