So’nggi yangiliklar

09:00Слот «Ливерпуль» бошқарувидаги дебют ўйнида Чемпионшип вакилига мағлуб бўлди  0 08:31«Пахтакор»нинг яна бир футболчиси «Металлург»га ижарага берилди  0 08:05АПЛ. Ким энг кўп ойлик олади?  0 07:37«Манчестер Юнайтед» олти нафар футболчисини сотишга тайёр  2 02:35Тожикистон футзал терма жамоаси бош мураббийи: "Бугун кучлироқ жамоа ғалаба қозонди"  0 01:38Хосе Венансио Лопес: "Адолатли натижа қайд этилди. Жорий йиғин давомида кўпроқ ҳимоя чизиғини яхшилаш ҳаракатидамиз"  1 01:05ОФК президенти Париж Олимпиадасида Осиё номидан иштирок этувчи терма жамоалар ва мусобақа расмийларига табрик йўллади  0 00:46Трент Беллингем билан дўстлиги сабаб "Реал Мадрид"га ўтиши мумкин  0 00:10"Сўғдиёна" Суҳроб Иззатов ва Умид Султонов трансферини эълон қилди  2 23:46"Локомотив" ўртоқлик ўйинида Қувайт клубига имкониятни бой берди  2 23:18"Динамо"да кўрикдан ўтаётган бразилиялик вингерга жавоб берилди  3 22:52Ўртоқлик ўйини. "Динамо" Қирғизистон клубини яна бир марта мағлуб этди  6 22:20Интервью. Шавкат Саидов: "Яна янгиликларимиз бор"  1 21:50Mirabror Usmanov Cup-2024. Ўзбекистон футзал термаси Тожикистонни мағлубиятга учратди  0 21:26Расман: Сергей Лушчан "Навбаҳор" клуби бош мураббийи сифатида таништирилди  27

17 yoshida murabbiylik qilishni boshlagan, 8 yil davomida Angliyada tajriba to'plagan Aleks Trukan haqida Yangiliklar

17 yoshida murabbiylik qilishni boshlagan, 8 yil davomida Angliyada tajriba to'plagan Aleks Trukan haqida

Trukan 17 yoshida Varshavaning "Poloniya" yoshlar klubida o'ynagan va uning qoshidagi akademiyada tahsil oladigan do'stiga yordam bergan.

Bir yildan keyin unda Angliyaga borish va "Nottingem Forest"da amaliyot o'tash imkoniyati paydo bo'ladi. 27 yoshida esa Polshaning Ekstraligasi ishtirokchisi “Stal Melec”da ishlaydi. 

Xullas, bugun Angliyada ishlab, katta maktabga ega bo'lgan Trukan haqida so'z yuritamiz. 

18 YOSHIDA QUYI LIGA KLUBIDA ISHLASH UCHUN TUMANLI ALBIONGA YO'L OLIB, INGLIZ FUTBOLI ATMOSFERASINI HIS QILGAN

- Sizning tomiringizda belarus va rus qoni oqadi, lekin Polshada tug'ilgansiz, Angliyada 8 yil murabbiy bo'lib ishlagansiz. Bu qanday sodir bo'ldi?

- Onam belaruslik, otam polshalik. Polshada quyi ligada futbol o'ynashni boshladim, keyin Varshavaning “Poloniya” yoshlar jamoasiga chaqirildim. U vaqtda jamoa Ekstraligada qatnashar edi. 17 yoshimda futbolchilikdan tashqari murabbiylik faoliyatimni ham boshladim. Akademiyada do'stimga yordam berdim. Bir necha oydan keyin u Angliyaga yo'l oldi. SHu orqali “Nottingem Forest”da  amaliyot o'tash imkoniyati paydo bo'ldi. 

Umuman olganda, Angliyaga chetdan kelib, mahalliy jamoaga ishga kirishning aniq bir yo'li yo'q. Masalan, mening bir do'stim o'z rezyumesini Premer-liga, CHempionship, 1-liga va hatto quyi divizionning barcha jamoalariga yubordi, lekin unga faqat bitta klubdan javob keldi.  

“Nottingem Forest” akademiyasida polyak tanishimning ishlashi menga yordam bergan. Ammo bu faqat akademiyaga ishga kirishimda qo'l kelgan, xolos. 8 yil davomida ishlash – bu o'zimning harakatim mahsuli. Angliyaning o'ziga xos mentaliteti shundan iboratki, ular uchun talim birinchi o'rinda turadi, shu jihatni ko'proq qadrlashadi. Bu sizda mujassam bo'lsa, ingliz yurtida ish topishingiz oson kechadi. 

Qolaversa, Angliyaga kelishdan oldin men bir nechta mamlakatda tajriba to'plaganman. Niderlandiyada uch marta bo'lganman – “Ayaks”, PSV va AZda, shuningdek, Germaniya hamda Ispaniyada ham. Qisqa vaqt ichida bilimimni oshirishga muvaffaq bo'ldim. Keyin esa yillar davomida to'plaganlarim menga yordam berdi. Qo'shimchasiga futbolchilik faoliyatimni davom ettirdim, bolalarga murabbiylik ham qildim.

"Nottingem"da avvaliga yarim stavkada ishladim va bir vaqtning o'zida murabbiylik kurslarida tahsil oldim, shuningdek, Angliyaning quyi ligalari – 5-6-divizionlarda to'p tepdim. Ulardan to'liq stavkaga ishga taklif bo'lganidan keyin, futbolchilik faoliyatimni tugatishga to'g'ri keldi. Vaziyatga real baho berish kerak. Yuqori darajada o'ynash qiyin edi. Boz ustiga murabbiylik qilish ham oson bo'lmasdi. 

- Amaliyotda yurgan vaqtingizdan aynan nimalar esda qoldi?

- Eng katta tajribani Niderlandiyada oldim. Frank de Bur, Yap Stam, Dennis Bergkamp bilan uchrashdim. De Bur o'shanda “Ayaks”da bosh murabbiy edi, juda ochiqko'ngil inson, u bilan suhbatlashib turardim. SHuni aytishim kerakki,  Evropada biror joyga borishni, rivojlanishni istasangiz, hamma narsa mumkin. Bu erda ko'ngli ochiq insonlar ko'p. Bu albatta, foydali. Lekin asosiysi, o'zingiz istayotgan, nima uchun biror joyga yo'l olayotganingizni bilishinigz muhimdir. Deylik, agar siz pressing yoki pozicion hujum tomonlama yangiliklarni o'rganmoqchi bo'lsangiz, Niderlandiyaga borib, ularda mazkur amaliyot qanday bajarilayotganini ko'rishingiz mumkin. Mabodo siz yoshlar futbolining o'ziga xos xususiyatlariga qiziqsangiz, unda Bilbaoning “Atletik” klubiga tashrif buyurishingiz lozim. Himoyaviy o'yin uslubi haqida bilmoqchi bo'lsangiz, Italiyaga borgan maqul. 

Ko'proq AZ akademiyasidagi yondashuv esda qoldi. Klub tizimidagi jamoalar 13 yoshdan boshlanadi, ulardan kichiklar yo'q. Bir jamoaga 4-5 nafardan murabbiy to'g'ri keladi. SHuning uchun ham individual yondashuv mavjud. Tushunarliki, bitta mashg'ulotda kimdir taktika bilan ishlaydi, kimdir malum bir o'yinchi bilan shug'ullanadi. Hammasi chuqurroq o'rgatiladi. 

Umuman olganda, Niderlandiyada futbolning sofligi esga olinadi. Qo'shimcha ish uslublari yo'q, ular faqat maydonda, o'yinda yuz beradigan hodisalar ustida mashq qilishadi. 

- Angliyaning quyi ligalarida stadionga qancha muxlis keladi?

- Misol keltirishim mumkin, “Notts Kaunti” Nottingem shahridagi ikkinchi darajadagi klub. Klub 5-divizionda o'ynagan vaqtida ham stadionga 5-6 ming muxlis kelgan. Quyi ligalar ishtirokidagi bahslarga ham kamida 1-2 mingdan kam bo'lmagan muxlis tashrif buyuradi. 

O'yin kunlari stadion atrofida atmosfera ajoyib ko'rinish oladi. Futbolga qiziqadigan hamma yoshdagi insonlar stadionga kelishi odatiy holga aylangan. Deylik, 6-7-divizion ishtirokchilari uchrashuvi bo'lsa ham. Aksariyat o'yinlar shanba kuni o'tkaziladi. Muxlislik madaniyati yuqori hisoblanadi. Misol tariqasida aytsak, “Notts Kaunti” ishqibozlari orasida “Manchester Yunayted”ni ham yoqtiradiganlari topiladi. Ular “qizil iblislar” ishtirokidagi bahslarni kuzatish uchun stadionga yo'l olishadi.

Odatda men ishga ketayotganimda kamida uchta stadionni kesib o'taman. Birgina Londonning o'zida 64 ta o'yingoh bor. Stadionlarda doimiy ravishda o'yinlar o'tkaziladi. Men bunday holatni hech qaysi joyda uchratmaganman. 

- Bu o'lkada murabbiylik licenziyasini olish qiyinmi?

- Men o'qib yurgan paytlarimda “S” toifasi uchun olti oy o'qilardi. “B” toifasi uchun bir yarim yil ketardi, “A” va Pro toifasiga o'rtacha 2-2,5 yil vaqt talab etilardi. 

Endilikda tizim o'zgardi, har birining o'z individual talim natijasi bor. Deylik, Angliya futbol associaciyasi sizni ish joyingizda kuzatib, tayyor ekanligingizni ko'rsa, licenziya taqdim qiladi. Jumladan, “A” licenziyani olti oyda o'qib olganlarni ham bilaman, 3-4 yil o'qiganlarni ham ko'rganman. Federaciyadan kelgan odamlar mashg'ulotlaringizga o'yinlaringizni kuzatgani 5-6 marta kelishadi, har xil sharoitda qarab turishadi, so'ngra qabul qilishadi. 

- Sizning “Nottingem”dagi vazifangiz SHarqiy Evropadagi yaxshi futbolchilarni izlab topish bo'lgan. Rossiyada ham mahoratli ijrochilar bormi?

- Bu men uchun qo'shimcha masuliyat edi. Ish yuzasidan Polshaga tez-tez kelib, futbolga oid turli konferenciyalarda ishtirok etardim, Rossiyada o'tkaziladigan loyihalarga kelib turardim. Qo'shimchasiga ushbu bozor bilan tanishdim. 

Birgina Rossiyaga kelsak, nazarimda, hamma joyda yaxshi ijrochilar bordek. Lekin bu istedodlar rivojlanishi uchun to'g'ri tizim kerak bo'lishi yaxshi sharoit yaratish kerak deb o'ylayman. 

Skaut do'stlarim bilan ko'p gaplashaman, ulardan biri “CHelsi”da ishlaydi. Bir vaqtning o'zida Rossiya bozorida ham shug'ullanadi. Do'stimning so'ziga ko'ra, Rossiyada yaxshi futbolchilar ko'p, lekin Angliyaga etib borishi juda qiyin. 

Biz baholash tizimini joriy qildik, ishlashga ruxsat olish uchun malum miqdorda ochko yig'ishingiz kerak, barcha mezonlarni faqat enng yaxshi yosh futbolchi bajaradi. Malum bo'lishicha, bunday darajadagi futbolchi allaqachon 5-7 million evro turadi. 

- Angliyada Pinyaev haqida eshitganmisiz?

- Ha albatta. Barcha top-klublar u haqida malumotga ega. SHaxsan men uning o'yinini faqat Instat platformasida ko'rdim, lekin uning to'liq nimalarga qodir ekanini bilmayman, shundan kelib chiqib unga baho berishni xohlamayman. Premer-liganing top klublaridagi ikki skaut do'stim qarama-qarshi fikrda. Biriga bu futbolchi juda yoqadi, ikkinchisining esa qarashi boshqa. 

AKADEMIYALAR SIRLARI: 2011 YILDA O'ZGARGAN TIZIM, BIOLOGIK YOSHNI ANIQLASH

- Angliyaliklarda yoshlarni tarbiyalash tizimining asosiy kuchi nimada?

- Mazkur jarayon 2011 yilda boshlangan, keyin yagona tizim – “Futbolchilarni tayyorlash rejasi” joriy etildi. Bu tizim klublar qay tariqa ishlashi kerakligini tushuntiradi, yani, maydondagi falsafa nuqtai nazaridan emas, balki infratuzilma, tashkilotchilik, murabbiylar malakasi hisobga olinadi. Barcha professional klublar shu rejim asosida faoliyat yuritishi kerak. Aytish kerakki, bu tizim kuchliroq futbolchini tarbiyalash imkonini beradi, unda etibor ko'proq texnik, tezroq qaror qabul qilishga qaratiladi. Hozirgi yosh avlod vakillaridan Foden, Reshford, Grinvud, Trentni sanab o'tishingiz mumkin. Evroda Anliya eng yosh tarkib bilan ishtirok etdi. Tizim o'zgardi. Murabbiylar kamroq gapiradi, futbolchilar ko'proq o'ylash va o'zlari uchun ishlash imkoniyatini oladi. Bu jihat yoshlikdan o'rgatiladi. 

Yoshlarda ortiqcha bosim yo'qligi muhim ahamiyatga ega. Angliyada 6-7 yil oldin paydo bo'lgan o'zgarishlar Polsha va Rossiyada ham kiritilmoqda. Lekin futbolda hamma narsani tuzatadigan, barcha javoblarini beradigan oltin kalit yo'qligi malum. Biz tizim yaratishimiz joiz. 

- Ayting-chi, u erda turnir jadvali va muntazam chempionatlar jadvali necha yoshdan paydo bo'ladi?

- U-18. Nega shunday, bilasizmi? Birinchidan, futbolchi turli xil o'yinlarga ega bo'lishi uchun. Qisqa turnirlar, o'rtoqlik uchrashuvlari va boshqalar. Turnir jadvali va liga – bu bo'lishi kerak bo'lgan uchrashuvlarning bir turi hisoblanadi. Deylik, 12 yoshli yigit “agan men bir o'yim o'ynashga intilsam, to'pni yo'qotaman, 0:1 hisobida yutqazamiz va biz chempionatdan chiqib ketamiz", degan fikrga kelmasligi uchun ham turnir jadvali bo'lmasligi lozim. Agar bosim yuqori bo'lsa, siz aniq qarorlar qabul qila olmaysiz, xato qilmaslik uchun xavfsiz o'ynashga harakat qilasiz. Agarda xavfsiz o'ynasangiz, o'zingiz kutgan darajaja rivojlana olmaysiz. Aniqroq gapirsam, 6-7 marta to'pni qabul qilish variantini sinab ko'rish o'rniga, faqat 2-3 ta ishonchli variantni tanlaysiz. Natijada, imkoniyati cheklangan futbolchi sifatida ulg'ayasiz. 

Nazarimda, futbolchi yoshligidanoq tavakkal qilishi, jasur bo'lishi va tezkor qaror qabul qilishdan aslo cho'chimasligi lozim. Murakkab taktik vazifalarga o'tish uchun vaqt topiladi. 

- O'yin davomida murabbiyning ko'rsatmasi bola psixologiyasiga qanday tasir ko'rsatishi haqida birorta malumot bormi? U-12 toifasida “CHelsi” va “Krasnodar” o'yinidagi holatni eslayman. Rossiyalik murabbiylar maydondagi futbolchilaga ko'p ko'rsatmalar berdi...

- Ko'rsatmalar berish taqiqlangan emas, menimcha, buni amalga oshirish kerak. Murabbiyning yutug'i – qachon va qaysi vaqtda nima deyishni bila olishidir. Rivojlanish bosqichida bo'lgan futbolchi uchun ko'rsatmalar yordam berishi mumkin. Siz doimo ko'rsatmalar beradigan joyingizda, uni qanday o'ynashi va nima qilishi kerakligini ayting. CHukni biz PlayStation o'ynaganimiz yo'q. Menimcha, bu qadimiy yondashuvdek bo'lib, oxirgi 4 yil ichida Angliyadagi professional akademiyalarda bunga 1-2 marta duch kelganman. Bu uslub zamonaviy yoshlar futbolida anchadan beri mavjud emas, men uchun ham uni muhokama qilish qiyin. Murabbiylar ham erkin bo'lishi uchun to'g'ri tizim bo'lishi kerak.

- Xo'sh, Angliya akademiyalaridagi murabbiylarning maoshi ular qayd etadigan natijaga bog'liqmi?

- Siz aytganchalik emas. Har xil klublar borligi aniq. Bazi murabbiylar yaxshi pul topishadi, aksariyati esa yo'q. Ammo biron bir turnirda mag'lubiyatga uchragan murabbiyni darhol ishdan olishganini ko'rmaganman. Aytgancha, “Manchester Siti akademiyasining murabbiyi bilan gaplashdim. Men undan natija uchun mukofat pullari bor yoki yo'qligini so'radim. Ularda hech qachoon bunday bo'lmagani va barchasi shunchaki mish-mish ekanini aytdi. Turnirlarda “Manchester Siti” falsafasini ko'rsatish uchun muayyan uslubda o'ynash muhimroq ekanini takidladi.

- Bolalar murabbiyining o'rtacha maoshi qanchani tashkil etadi?

- Katta va kichik klublar o'rtasidagi farq sezilarli darajada ekanligini tushunishingiz kerak. Biroq Angliya akademiyalaridagi o'rtacha maosh taxminan 2500-3000 funtni tashkil qiladi. Bu raqamlar Angliya uchun o'rtacha ko'rsatkichdir. Rossiyada esa yuqori emas. Narxlarni solishtirganda ancha yuqori hisoblanadi. 

- Men inglizlarda bolaning biologik yoshi jismoniy ko'rsatkichidan orqada bo'lsa, unga mos guruh topish mumkin deb o'qidim...

- Ha, u bilan alohida shug'ullanishadi, ularning aniq yoshini aniqlaydigan formulalari bor. Aynan biologik. O'spirin yigit 15 yoshda bo'lishi mumkin, lekin uning jismoniy ko'rsatkichlari allaqachon 18 yoshdagilar kabi rivojlanagan bo'ladi. Bolalik paytida shunday sinovlarga ko'ra boshqa guruhga o'tib ketgan bir nechta mashhur futbolchilarni bilaman. Misol tariqasida, Jessi Lingard bir muddat ikki yosh kichikroq jamoada o'ynagan. Markus Refshordni ham misol qilishim mumkin. Foden ham o'zidan kichik yoshdagi jamoada tajriba oldi. Har kimning o'z yondashuvi bor. Agar siz maydonda boshqalarga nisbatan kichik bo'lsangiz, o'yinning ayrim jihatlaridan qochish yo'llarini qidira boshlaysiz. Bu esa sizning mashg'ulotlaringizga tasir qiladi. 

Yoki teskari misolni keltiraman. Agar siz yosh toifangizda eng kattasi bo'lsangiz, doimo raqibingiz bilan to'pni orqangizda olib, osongina orqaga qaytasiz. CHunki siz ularga nisbatan tezroq va kuchliroqsiz. 

- Rossiya akademiyalarida psixologlar deyarli yo'q. Angliyada vaziyat qanday?

- “Nottingem Forest” akademiyasida doimo psixolog bo'lardi. Adashmasam, u dastlab yarim stavkada, keyinchalik to'liq shaklda ishlagan. 2011 yilda Angliya futbol associaciyasi qabul qilgan tizimga ko'ra, akademiyada 1-toifali psixolog bo'lishi lozim. 2-toifali bo'lishi esa ixtiyoriy. Lekin saviyali psixologni topish unchalik oson emasligini tushuningiz kerak. Mening tushunchamga ko'ra, har bir murabbiy psixolog bo'lishi kerak.

- Rossiya va Ispaniyada 23-24 yoshli futbolchilar turli ligadalarda to'p tepadi. Buning asosiy sababi nimada?

- Buning sabablari turlicha bo'lishi mumkin. Lekin men uchun asosiysi, ular kattalar futbolini juda erta boshlashadi. Bu jarayon silliq kechishi lozim. Deylik, U-16da murabbiy futbolchilarning individualligi ustida ishlashini nazorat qilib, ularni texnik va jismoniy jihatdan rivojlantirishi lozim. U-18da ham xuddi shunday. Bazilari 16-17 yoshida asosiy tarkibda debyut qilishi mumkin, lekin mahorat bazasi o'zidan yuqori bo'lgan jamoadoshlarinikidan past bo'ladi. 

Asosiy jihat – mentalitet. Polshadagi “Stal Melec” klubida akademiyadan ko'plab iqtidorli futbolchilarni saralab oldik. Akademiya futbolchilari texnik va taktik yuqori emas, mentalitetda katta farq sezildi. Ko'rindiki, saralab olinganlar asosiy jamoadagi bosimga tayyor emas. Mashg'ulotlarga kechikib kelishar, barchadan ertaroq ketishardi. Aslida buni aksi bo'lishi kerak. 

35 yoshida har bir mashg'ulotlardan so'ng ham jismoniy holatini yaxshilash uchun shug'ullangan bir nechta futbolchilarni misol qilib ko'rsatishim mumkin. Deylik, vaqtida “Tottenxem” sharafini himoya qilgan, so'nggi uch yil davomida “Nottingem” libosida to'p tepgan Maykl Douson har bir mashg'ulotdan so'ng o'z ustida tinimsiz ishlardi. SHu sababli u 34 yoshida ham yuqori saviyada harakat qildi. 

Futbolda to'g'ri ovqatlanish, vaqtini sport zalida ko'proq o'tkazish lozim. O'ziga talabchan sportchilar bo'sh vaqt topishi bilan PlayStation o'ynashga bormaydi. Yuqoridagilarga amal qilgan futbolchi doimo yuqori saviyada o'ynagan va o'ynashda davom etadi.

- Futbolchining shaxsini rivojlantirish uchun murabbiy ko'proq nimalarga etibor qaratishi lozim?

- Asosiysi, futbolchini maydonda hayojon, xatodan qo'rqmasdan o'zini namoyon qilishiga imkoniyat berishi kerak. Agarda biz yoshlar futboli haqida gaplashadigan bo'lsak, unda bitta rejim bo'lib futbolni tushunish emas, balki unga yo'l-yo'riq ko'rsatish muhim ahamiyatga ega. 

Bolalagimda o'ng qanot himoyasida o'ynaganimda, doimo bir jihatni uqtirishgan: siz to'pni qabul qilasiz va sizning oldingizda ikkita yo'l bo'ladi – hujumchi bilan harakat qilasiz yoki u bilan nima qilishni bilmasangiz, to'pni oldinga uzatasiz. Lekin bu nimani o'rgatadi? Bu oddiy futbol edi, agar hammani shunday o'rgatsak, futbolchining imkoniyatlarini ochib bera olmaymiz. Har qanday holatda ham futbolchi erkinlikka ega bo'lishi, qarorlar qabul qilishi, o'z uslubii topishi uchun tajriba to'plashi zarur. 

- CHerchesov bilan tushgan rasmingiz bor. U bilan qaerda rasmga tushgansiz va nimalar haqida gaplashgansiz?

- Bu voqea ikki yil oldin Turkiyada sodir bo'lgan. Men bir nechta klublarning o'yinlarini kuzatish uchun tashrif buyurganman. CHerchesov bilan “Qayrat” – “Zenit” uchrashuvida ko'rishib qoldik. U bilan suhbatimiz juda qisqa davom etgan, asosan, uchrashuv haqida fikr almashdik. Polshada u haqida ko'p marotaba iliq fikrlar eshitganman. CHerchesov top-murabbiylardan biri hisoblanadi. 

Darvoqe, men ishlagan “Stal Melec”da CHerchesov bilan birga ishlagan futbolchi bor edi. Men undan Stanislav bilan qanday ishlagani, uning munosabati borasida so'radim. SHaxsan men faqat ijobiy narsalarni eshitgandim. 

- Rossiyada CHerchesovni ko'p tanqid qilishadi. Emishki, uning o'yin uslubi juda oddiy...

- Jamoalar turlicha futbol o'ynashni lozim topishadi. Polshada “Stal Melec”da biz nisbatan oddiy, ammo samarali futbol ko'rsatardik, bu esa o'z natijasini berdi hamda muxlislarga maqul keldi. Agar oddiy futbol ham to'g'ri tuzilgan bo'lsa, natija yaxshi bo'ladi. Men uchun to'pga egalik qilish ikkinchi darajali hisoblanadi. Imkoniyat yaratish birinchi o'rinda turadigan ingliz falsafasini yaxshi ko'raman. Terma jamoada 3-4 haftada yig'inda bo'lganingizda 6-8 xil jamoalardan, turli uslubga ega futbolchilar to'p tepadi. Ularni birlashtirish juda qiyin. Agar yuqori darajadagi biror narsani o'zgartirmoqchi bo'lsak, unda biz butun poydevorni o'zgartirishimiz va tizimni qaytadan qurishimiz kerak. 

RANGNIKNING ISH USLUBI VA KATTA KLUBLARDA ISHLASH ISTAGI

- Sizni qaysi murabbiyning g'oyalari ko'proq qiziqtiradi?

- Aksariyat murabbiylarga qaraganda mening yondashuvim boshqacha. Bazilar har qanday uslubni yaxshi ko'radi, men har bir maktabdan foydali narsalarni olishga harakat qilaman.  Portugalcha uslubda bo'lsa, Mourinyu va Vitor Freyd namuna bo'la oladi. Menga Lobanovskiy bilan bog'liq SHarq maktabi ham qiziq. Oxirgi vaqtlarda nemis murabbiylari – Nagelsmann, Tuxeldan namuna olyapman. Ammo nemis mutaxassislaridan Ralf Rangnik menga yaqinroq. Aytish mumkinki, Rangnik “Red Bull Leypcig” akademiyasining otasi. Vertikal futbol, kontrpressing maktabini boshlagan. Ushbu asosda Nagelsman o'sdi, bu jihat Tuxelga ham tasir qildi. Darvoqe, Ralf murabbiylik faoliyatini boshlaganida Lobanovskiyning mashg'ulotlarini kuzatgan ekan. 

- O'tgan mavsumda siz Polsha Ekstraligasida ishlagansiz. Hozir qanday rejalaringiz bor? Kattalar futbolida faoliyat yuritishni xohlaysizmi?

- “Stal Melec”ga Leshek Ojjinskining taklifi bilan keldim. Vazifa jamoani quyi ligaga tushib ketmasligini taminlash edi. Biz buni uddaladik. Jamoa bilan shartnomam bo'lsa-da, tez orada tugaydi. Kelgusi mavsum uchun turli takliflar bor, men esa yaxshi loyihani tanlamoqchiman. 

Hozirgi paytda dam olib, vaqtimni oilam bilan birga o'tkazyapman. Albatta, kelajakda o'zimni kattalar futbolida sinab ko'raman, lekin boshqa takliflarni ham ko'rib chiqishga tayyorman.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика