So’nggi yangiliklar

21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  2 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  0 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  3 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  4 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  4 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  5 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  12 16:50"TNT Sports" "Олтин тўп" учун асосий даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  21 16:25Обамеянг собиқ жамоасига қайтмоқда  0 16:00МТЖни мундиалга ким олиб бориши керак?  46 15:41Тен Хаг: "Мавсумолди йиғиндаги натижаларга тупурдим"  4 15:26Андрей Лунин "Реал"даги келажагини ҳал қилди  0 14:40Тома Табатадзе "Нефтчи" билан ҳайрлашди  8

17 yildan so'ng uyga qaytgan Jasur Hasanov bugun 36 yoshga to'ldi! Yangiliklar

17 yildan so'ng uyga qaytgan Jasur Hasanov bugun 36 yoshga to'ldi!

Bugun bir necha karra O'zbekiston hamda Qatar chempioni bo'lgan Jasur Hasanov o'z tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Katta Hasanov (kichigi buxorolik) bugun 36 yoshga to'ldi. 1983 yilning 2 avgust kuni Jizzaxda dunyoga kelgan Jasur futboldagi faoliyatini o'z viloyatining bosh jamoasi - "So'g'diyona"da boshlagan. Hasanov 1999-2002 yillar oralig'ida jizzaxliklar sharafini himoya qilgan. Keyin u "Navbahor", "Mashal" va "Bunyodkor" klublari safida o'ynadi. Aynan "qaldirg'ochlar" tarkibidagi yorqin o'yinlari sabab O'zbekiston milliy terma jamoasidan taklif oldi.

2011 yil Qatar yashil maydonlarida o'tgan Osiyo Kubogida terma jamoamiz bilan birga musobaqaning yarim finaliga qadar etib borgan. Bir necha etakchi futbolchilarimiz qatorida Jasur Hasanov ham "legioner"ga aylandi. Uni Osiyo Kubogi mezbonlari begona qilishmadi. CHap qanot yarim himoyachimiz Qatar Yulduzlar ligasi vakili "Lahviya" bilan shartnoma imzoladi va o'sha yilning o'zida mamlakat chempioni bo'ldi. "Lahviya" libosida 27 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta golga mualliflik qilgan Hasanov "Lahviya"ning chempionligiga munosib hissa qo'shdi.



SHundan so'ng, Jasur Hasanov "Qatar" SK, BAAning "Emireyts" klublarida o'ynadi. 2012 yilda yana O'zbekistonga qaytib, ikki mavsum davomida "Bunyodkor" safida to'p tepdi. Keyin navbati bilan "Lokomotiv", "Qizilqum", "Nasaf", AGMK jamoalari tarkibida harakat qildi. Yaqinda 17 yillik ayriliqdan so'ng ona yurti Jizzaxga qaytgan bugungi kun qahramoni "So'g'diyona" klubi bilan shartnoma imzoladi.

Umuman olganda, Jasur Hasanov O'zbekiston oliy ligasida 380 dan ziyod o'yinda maydonga tushib, 38 ta golga mualliflik qilgan. O'zbekiston milliy terma jamoasi libosida esa 53 ta uchrashuv o'tkazgan va 2 ta gol kiritgan. U bir necha karra O'zbekiston chempioni, mamlakat kubogi hamda Superkubogi sohibi, Qatar chempioni hisoblanadi.



Jasur Hasanov 2009-2010 yillarda "Bunyodkor" tarkibida dunyoga mashhur murabbiy Luis Felipe Skolari qo'l ostida to'p tepishga muvaffaq bo'lgan. Aynan braziliyalik mutaxassis Jasurning maydondagi qirralaridan birini ochishga erishgan. Skolari Jasurga faqat qanot bo'ylab to'g'ri harakat qilmasdan, tezligi evaziga raqib jarima maydonchasiga yorib kirishni o'rgatgan.



Hasanov o'sha onlarni shunday eslaydi:

- "So'g'diyona" va "Navbahor"da to'p tepganimda men hujumchi ortida o'ynardim. "Mashal"ga kelibgina meni qanotga qo'yishni boshlashdi. "Bunyodkor"ga kelganimda esa Skolari mashg'ulotlardan birida mendan ampluamni o'zgartirishimni so'radi. Uning uchun men faqat va faqat oldinda to'p tepishim kerak edi. Bazan orqaroqqa qaytsam urishib berardi. Bir xil o'yinlarda meni almashtirib yuborgan. Keyin bilsam, uning orqaga qaytma degan ko'rsatmasiga amal qilmagan ekanman. Bu bilan u kuchimni taqsimlashni rejalashtirgan ekan.

Fursatdan foydalanib, bugun tavallud ayyomini nishonlayotgan Jasur Hasanovni saytimiz ijodkorlari va o'quvchilari nomidan muborakbod etamiz. Bugungi kunda uning o'g'li ham ota izidan borib, futbolni tanlagan. Kichik Hasanov "Bunyodkor" akademiyasida o'ynayapti.


Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика