17 yil oldin O'zbekiston o'z tarixidagi eng yirik g'alabasiga erishgan
05 dek 2015 17:09
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/190872_original.jpg)
![](/upload/storage/190872_220.jpg)
17 yil oldin O'zbekiston o'z tarixidagi eng yirik g'alabasiga erishgan
1998 yilning 5 dekabr sanasida Tailanddagi Osiyo o'yinlari guruh bosqichi doirasida Mo'g'uliston terma jamoasi 15:0 hisobida tor-mor etilgandi. Ushbu o'yinni Alisher Nikimbaev bu haqda o'zining feysbukdagi sahifasida yodga oldi.
Uchrashuvda Sergey Lebedev pokerga, Igor SHkvirin, Mirjalol Qosimov va Nematulla Quttiboev xet-trikka erishgandi, Andrey Akopyanc va SHuhrat Rahmonqulov bittadan gol urishgandi.
Guruhda birinchi bo'lish uchun 12:0 hisobidagi g'alaba etarli edi. Birinchi bo'limning o'zida 10:0 hisobida oldinda edik. 53-daqiqada raqib darvozasiga 12ta gol urilgandi. Qolgan vaqtda jamoamiz yana 3ta to'p kiritgandi.
O'ZBEKISTON - Mo'g'uliston - 15:0 (10:0)
05.12.1998. 2-tur. Tailand. CHangmay. "700 yil yubiley" stadioni.
XIII Osiyo o'yinlari. "G" guruhi.
Gollar: Lebedev 7 penalti, 18 penalti, 38, 45, SHkvirin 9, 15, 20, Andrey Akopyanc 23, Quttiboev 29, 33, 47, Qosimov 53, 57, 77, Rahmonqulov 83.
O'zbekiston: Oleg Belyakov, Andrey Ryazancev (Mirjalol Qosimov, 46), Andrey Fyodorov, Sergey Lushan, Nikolay SHirshov, Aleksandr Sayun (SHuhrat Rahmonqulov, 32), Sergey Lebedev, Rashid G'ofurov, Andrey Akopyanc, Igor SHkvirin (Aleksey Semyonov, 62), Nematulla Quttiboev.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar