17 noyabr kuni O'zbekiston terma jamoasi Iroq bilan o'ynaydi
28 sen 2020 12:36
Yangiliklar
17 noyabr kuni O'zbekiston terma jamoasi Iroq bilan o'ynaydi
O'zbekiston terma jamoasi noyabr oyida Iroq terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.
O'tgan shanba kuni O'FA Iroq FA tomonidan yuborilgan taklifga ijobiy javob qaytargan. Uchrashuv 17 noyabr kuni BAAda bo'lib o'tadi. O'yin aynan qaysi stadionda bo'lishi va boshlanish vaqti keyinroq malum qilinadi.
SHu tariqa Iroq noyabr oyida ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi: 13 noyabrda Ummon, 17 noyabrda O'zbekiston bilan, deb yozadi Iraqkhbar.com nashri.
Malumot uchun, O'zbekiston va Iroq terma jamoalari hozirga qadar 9 marta o'zaro o'yin o'tkazishgan. Besh marta O'zbekiston, bir marta Iroq g'olib bo'lgan. Qolgan uchta bahsda durang qayd etilgan. So'nggi bor bu jamoalar 2019 yil 9 sentyabr kuni Iordaniyada o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishgandi - 0:0.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar