16 yoshli futbolchi "Lokomotiv"da debyut qildi!

Aslanov Jasurbek
13 noya 2022, 00:37
Kecha, 12 noyabr kuni Coca-Cola Superliganing so'nggi turi doirasida "Lokomotiv" "Metallurg"ni qabul qildi.

Ushbu bahsning 80-daqiqasida e'tiborga molik xodisa sodir bo'ldi - maydonga 16 yoshli Lazizbek Mirzayev maydonga tushdi.

Bu 2006 yilda tug'ilgan yosh futbolchining Coca-Cola Superligadagi debyuti bo'ldi. Ushbu mavsumda "Lokomotiv"da yosh futbolchilarning debyutini amalga oshirishi odatiy holatga aylandi.

Eslatib o'tamiz, ushbu futbolchi "Lokomotiv"dan avval "Odil Junior" klubida tahsil olgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: t.me/LokomotivUzb