So’nggi yangiliklar

17:17"Бунёдкор" стадиони Ўзбекистон - КХДР учрашувига тайёр  1 17:17ЖЧ-2026 саралаши. Австралия ўз уйида мағлубиятга учради  0 17:05ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР учрашувини кимлар шарҳлайди?  5 16:53Расман: МЮ ва "Челси" собиқ футболчиси фаолиятини Австралия давом эттиради  3 16:34Фабрицио Романо: "Каземиро "Манчестер Юнайтед"ни тарк этмоқда"  4 16:15Breaking! Абдуқодир Ҳусанов Францияга учиб кетмоқда  13 15:51Ўзбекистон ва КХДР ўзаро ўйинлар тарихи. Пхеняндаги мағлубият, Гейнрихнинг чиройли голи ва Австралияда "порлаган" Сергеев  4 15:26Футзал. Панаманинг Жаҳон чемпионати учун якуний таркиби маълум  0 14:45Саралаш баҳслари старти олдидан Ширшов хотирасига турнир ташкил қилинди  5 14:07Ўзбекистон - КХДР: Терма жамоамиз таркибида йўқотиш бор  21 13:04Расман: "Ливерпуль" "Челси" футболчисини сотиб олди  6 12:18Даниэль Карвахаль: "Ҳимоячи ва дарвозабонлар "Олтин тўп"ни ютиши жуда қийин. Номзодлар қаторига кирганимдан хурсандман"  7 11:45Неймар: "У камида дунёнинг энг яхши футболчилари ТОП-5га киради"  9 10:35МЮнинг қимматбаҳо футболчиси Туркияга ижарага кетиши мумкин  5 10:07Балотеллининг янги жамоаси маълум  1

16 yoshda umurtqasini sindirgan sportchi 17 yoshda - Evro tarixidagi eng yosh futbolchi. Kacper Kozlovski tarixi Yangiliklar

16 yoshda umurtqasini sindirgan sportchi 17 yoshda - Evro tarixidagi eng yosh futbolchi. Kacper Kozlovski tarixi

Top klublarning yangi nishoni.

Guruh bosqichi ikkinchi turi doirasida Ispaniya – Polsha (1:1) bellashuvi ko'pchilik uchun oddiy bir o'yindek o'tib ketdi, lekin u tarixda qolishi aniq. Kamida Evropa chempionatlari tarixida "Eng yosh futbolchi" maydonga tushgani uchun: Kacper Kozlovski (17 yosh va 246 kun) Angliya termasi vakili Jud Bellingemning rekordini (103 kunga) yangiladi.

"Tezroq qayt, kozyol!"

2020 yil 10 yanvar kuni Kacper "Pogon" futbol klubining boshqa o'yinchilari – Oskar Kalenik, Marcel Vedrixovski va Machey Juravski bilan – avtofalokatga uchradi. Ular harakatlanayotgan mashina chorraxada boshqa avtoulov bilan to'qnashadi.

Vaziyat u qadar jiddiy emasdek tuyulardi. Uch nafar futbolchiga hech nima bo'lgani yo'q, ammo haydovchi yonida o'tirgan Kacper umurtqa pog'onasining uchta suyagini sindirib oldi. U yaqinda 16ga to'lgan, nihoyat asosiy tarkibda muntazam o'yin amaliyotiga ega bo'la boshlagandi. Kutilmaganda bu voqea.

Kacper shifoxonada 5 kun davolanishiga to'g'ri keldi. Jarrohlik amaliyotiga zaruriyat qolmadi, lekin tiklanish jarayoni tez bo'lishiga ham hech qanday kafolat yo'q edi. 

"Hozir men korset taqib olishimga to'g'ri kelmoqda. U umumrtqa pog'onasini himoya qiladi va zarur qismi tiklanishiga yordam beradi, — deydi Kozlovski "Super Express"ga. — O'tgan hafta qilingan kompyuter tomografiyasi suyaklar to'g'ri o'sayotganini ko'rsatdi. Biroq hali ham sabr va vaqt kerak".

Kacper uch hafta korsetda yurdi va yarim yil tiklanish jarayonini boshidan o'tkazdi. Juda qiyin edi va 2019/20-yilgi mavsumda u boshqa maydonga tushmadi.

Klubda Kozlovski hali o'zgartirib bo'lmas futbolchiga aylanib ulgurmagandi, lekin U-17 termasi azolari qattiq xafa bo'lishdi. Jamoa etakchisi va o'ninchi raqamini qo'llash maqsadida ular bir xil futbolkalarda rasmga tushishdi, unda shunday yozuv ham bor edi: "Kozel, teroq qayt".

"Bu juda ajoyib. Men yigitlarga rahmat aytdim, — deydi Kozlovski. — Avtofalokatdan so'ng, kundan-kunga axvolim yaxshilanayotgan bo'lsa-da, tushkunlikka tushib qolgandim".

"Pogon" Kacperning onasi uchun kvartira olib berdi. Maqsad futbolchi tiklanish jarayonida onasi yonida bo'lishi, yordam berishi (bu voqeagacha qaxramonimizning onasi boshqa shaharda istiqomat qilardi). Kozlovski muntazam ravishda sport formasini tiklab borardi va 2020 yil oktyabrida Polsha chempionati uchrashuvida asosiy tarkibda maydonga tushdi. Bu paytga kelib u endigina 17 yoshni qarshilagandi.


"Mening qiz o'rtog'im — futbol to'pi". Kozlovski hamma erda futbol o'ynardi, o'qituvchilari bu borada hazil ham qilishgan

"Kacperning tug'ma iqtidori bor, — degandi Mixal Zigon "Pogon" akademiyasining 2002 yil tug'ilgan futbolchilardan iborat jamoasi murabbiyi "Sportowe Fakty"ga bergan intervyusida. — U sportning istalgan turi bilan shug'ullanishi mumkin edi. Agar Kozlovski futbolchi bo'lmaganida, sportning boshqa turidan mamlakat termasiga qabul qilinardi. Akademiyadagi bolalar har safar voleybol yoki basketbol o'ynaganida, u jamoadoshlari safida ajralib turardi. Misol uchun, basketbolda savatchani aniq nishonga olar, to'p bilan yaxshi harakatlanar va kutilmaganda yo'nalishini o'zgartira olardi. Unda tug'ma o'yinni tushunish xislati bor. Bu qobiliyat".

Bunday universallik Kacperda oilasi tufayli o'tgan. Uning ota-onasi ham sportchilar: otasi Mariush "Gvardiyu Koshalin" futbol jamoasi tarkibida to'p tepgan (hozir Polsha uchinchi ligasida harakat qiladi), o'ziga xos forvardni, jasurligi va jangovar xarakteri uchun qadrlashadi, ona Iza dzyudo bilan shug'ullangan.

Kozlovski ham "yo'lini" Koshalinda boshlagan. 10 yoshigacha faqatgina ko'cha-ko'yda futbol o'ynardi. U shu qadar ko'p futbol o'ynardiki, mahalliy aholining etirofiga sazovor bo'lgan. Maktab o'qituvchilari Koshalin ko'chalarida besh narsa o'zgarmasligi aytishgan: uylar, daraxtlar, chegaralovchi devorlar, mashina turargohi va to'p tepayotgan Kacper Kozlovski.

13 yoshida Kozlovskini mahalliy "Baltik"ga taklif qilishdi. Hozir bu klub ham uchinchi ligada.

"Malum vaqt o'tgach, Kacper buyuk futbolchi bo'lish uchun etarli salohiyatga ega ekanini tushunib etdik, — deydi Yakub Guseyko, Kozlovskining "Baltik"dagi murabbiyi. — Biz Revaldagi musobaqada katta jamoalarga qarshi maydonga tushdik — "Pogon" va "Lexiya" kabi. Va zafar quchdik! Kacper musobaqada boshqa ishtirokchilaridan keskin va yaxshiroq o'ynardi".

Taxminan o'sha vaqtlarda Kacper "Pogon"ga ko'chib o'tadi.

"Kozlovski — o'z kuchiga ishonuvchi yigit, — deydi "Pogon" akademiyasi murabbiyi Patrik Dabrovski "Sport.pl"ga bergan intervyusida. — SHu bilan birga u o'z kuchiga ishonish va katta ketib qolish o'rtasidagi muvozanatni to'g'ri saqlay oladi. Bu jihat unga maydonda katta yordam beradi. U driblingini ishga solishdan va nostandart harakatlarni amalga oshirishdan cho'chimaydi. Bu yosh futbolchilar uchun noyob hodisa, sababi ular aksar hollarda o'zlarini cheklab qo'yishadi. Yoshroq futbolchilar maydonda nisbatan soddaroq yo'lni tanlab, xato qilmaslikka va shu yo'l bilan ko'proq daqiqalarga ega bo'lishga urinadi.

Kacper bor etiborini futbolga qaratgan. "Pogon" akademiyasi yig'inlarining birida uning xonasiga murabbiy Macey Matenko kiradi. U barcha yigitlarni yo'qlayotgan va ular haqida yaqindan ko'proq narsa bilishga urinardi.

Kozlovski savollarga istamaygina javob berar va parallel ravishda to'pni o'ynatardi. Bir-ikki daqiqa o'tib Matenko so'radi: "Menga qara, sening qiz o'rtog'ing bormi o'zi?".

Kacper to'pga ishora qilib, javob berdi: "Mana mening qiz o'rtog'im".

Kozlovski — akselerat (yoshiga nisbatan tezroq rivojlanayotgan bola). U tengdoshlaridan baquvvatroq ko'rinadi va maydon markazida o'zidan ancha katta sportchi bilan cheklovlarsiz kurasha oladi.


Kacper juda tez katta bo'lgan:

• 14 yoshida 18 yoshlilar bilan Polsha o'smirlar chempionatida harakat qilardi. Markaziy yarim himoyachi poziciyasidagi 15 o'yinda 9+4.

• 15 (tug'ilgan kuni o'tishi bilanoq) "Pogon" o'rinbosarlar tarkibida uchinchi ligada debyut qildi va o'sha o'yindayoq gol+pas.

• 15 (yarim yosh)da Polsha chempionatida zaxiradan maydonga tushirildi.

• 17 yoshida (tug'ilgan kunidan keyinoq) "Ekstraklassa"da "Yagelloniya"ga qarshi asosiy tarkibda maydonga tushdi (3:0).


Nega Kacperga bu qadar ishonishgan va yoshlar tarkibida uzoq ushlab qolishmagan?


• Boshqa jamoalar darajasidan o'tib ketgan. U o'smirlar safida ham, yoshlar tarkibi uchun ham haddan ziyod yaxshi edi. Imkon bo'lsa, nega asosiy tarkibga jalb qilmaslik kerak?

Mana bir necha yildirki Kacper Evropa top klublari kuzatuvida. "Manchester Yunayted" skautlari uning o'yinlarini o'rganib chiqqan, Germaniyaning "Bayer" klubi esa futbolchini malaka oshirishga taklif qilgan. Kozlovski safardan qaytgach: "U erda "Pogon"da yo'q bo'lgan biror muhim detal yoki jihatni ko'rmadim. Barchasi deyarli bir xil", — degan edi. Har holda akademiya direktori Dariush Adamchuk yigitchaning so'zlarini shunday etkazgan.

2020 yil "Pogon" tarkibini "tozaladi" va Kacper ko'proq o'ynashi uchun zamin hozirladi. Klub 16 yoshli iqtidor egasi uchun tajribali yarim himoyachi bilan xayrlashdi.

"Biz Liga yulduzlaridan biri Zvonimir Kojul bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qildik (2018/19-yilgi mavsumda 9+9 va 2019/20-yilgi mavsumda 3+2). — deydi Adamchuk. — Bu normal holat. Kacper kelajakda buyuk futbolchi bo'ladi. U endigina 16 yoshda edi, Zvonimir esa — 27da. SHu sababli, bu oddiy, mantiqan to'g'ri qaror edi".

Yosh polyakning transfer qiymati hozirning o'zida Transfermarkt malumotiga ko'ra, 5 million evro turadi, mart oyida Kacper ilk bor mamlakat termasi safida maydonga tushdi. Islandiyaga qarshi o'yinda golli uzatmani amalga oshirishga ham muvaffaq bo'ldi.




Hozircha "Pogon" o'z yulduzi bilan xayrlashgisi kelmayapti. Ammo Kacper Polsha tarkibida ko'proq o'ynab "Evro-2020"da o'zini ko'rsata olsa, taqdirga tan berishdan boshqa chora qolmaydi...


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика