So’nggi yangiliklar

03:03Конференциялар лигаси. "Фиорентина"дан иродали ғалаба, "Кристал Пэлас"да дуранг ва бошқа натижалар  0 02:58Европа лигаси. "Ноттингем" ўз майдонида ютқазди, "Ференцварош"дан ғалаба ва бошқа натижалар  0 02:12Умар Эшмуродов: "Дуранг ёмон натижа эмас"  0 01:58Аденис Шала: "Ҳозирги спорт ҳолатим аввалгидан яхшироқ"  1 01:45Рўзиқул Бердиев: "Ўша вазиятда рақиб футболчисига қизил карточка кўрсатилиши керак эди"  7 01:12Ойбек Рустамов: "Қизил бўлиши керак эди"  3 01:00Суперлига. "Динамо" – "Насаф" 1:1  0 00:51Европа лигаси. "Рома"дан дуранг, "Астон Вилла"да ғалаба ва бошқа натижалар  0 00:42Вадим Абрамов: "Ҳали ойлик олмадик, лекин ҳаракат бор"  2 00:29"Локомотив" футболчиси "Каттақўрғон"га ўтди  0 00:13Абдувоҳид Неъматов: "Нефтчи" ҳақидаги хабарлар рост эди, аммо "Насаф"да қолишга қарор қилдим"  5 23:45Суперлига. ОКМК – "Сўғдиёна" 2:2  0 23:43Миржалол Қосимов: "Осон голларни ўтказиб ғалабадан маҳрум бўлдик"  2 23:24Холанднинг агенти: "Барселона"? Ҳеч қандай музокаралар бўлмаган"  3 22:46Иван Бошкович: "Миркович - яхши дарвозабон, у мослашув жараёнини бошдан ўтказяпти"  3

15-tur ramziy terma jamoasi Yangiliklar

Ushbu turda "Buxoro" o'z maydonida "Navbahor" bilan 0:0 hisobida durang o'ynadi. Mazkur bahsda buxoroliklar posboni Rahimjon Davronov bir necha marta o'z jamoasini goldan qutqarishga erishdi.

"Bunyodkor" Toshkentda "Surxon"ni 3:0 hisobida taslim qilishida chap qanot himoyachisi rolida o'ynagan Sanjar Qodirqulovning hissasi katta bo'ldi. Etiborlisi Qodirqulov uchrashuv so'nggi daqiqalarida gol urishga ham erishdi.



"Paxtakor" Navoiyda "Qizilqum"ni 5:0 hisobida mag'lub etdi. "SHerlar"ning dastlabki ikki golini himoyachilar urishdi. Etiborlisi Krimec va Simich bir-biriga golli pas oshirishdi.

"Lokomotiv" yozgi transfer oynasi vaqtida o'z safiga qo'shib olgan Oston O'runov yangi klubiga tezda qo'shilib ketdi. "Dinamo" 2:0 hisobida mag'lub etilgan bahsda O'runov anchagina faol bo'ldi. Aynan uning reydini mehmonlar himoyachisi qo'pollik bilan to'xtatishi oqibatida hakam penalti belgiladi.



Bu tur "So'g'diyona" Qo'qonga safar qildi. Jizzax klubi etakchisi Sanjar Rashidov dastlabki soniyalarda Ivan Nagaevga ajoyib pas berdi va tezkor gol urildi. Sanjar jamoasining ikkinchi golida ham ishtirok etganini takidlash lozim.

"Bunyodkor" yarim himoyachisi Nurillo To'xtasinov "Surxon" bilan uchrashuvda juda yaxshi o'ynadi. Maydon markazidagi chaqqon harakatlari tufayli "qaldirg'ochlar" yirik g'alabaga erishishdi. Uning jamoadoshi Javohir Qahramonov birinchi taym o'rtasida zaxiradan maydonga tushib o'yinning borishini o'zgartirib yubordi. Qahramonov maydonga tushganidan ikki daqiqa o'tib hisobni ochdi. Ikkinchi taymda uning ikkita ajoyib pasidan keyin sheriklari ikkita gol urishdi.



"Buxoro"ning 18 yoshli futbolchisi Asadbek Sobirjonov barqaror o'ynashda davom etmoqda. U "Navbahor" bilan bahsda sheriklaridan ajralib tura oldi.



"Metallurg" Qarshida 2:1 hisobida "Nasaf"ni mag'lub etdi. Ushbu o'yinda bekobodliklar safida ikkala golni ham Bahodir Pardaev urgani etiborga molik.

"Paxtakor" "Qizilqum"ni Navoiyda 5:0 hisobida mag'lub etishida Igor Sergeev munosib hissa qo'sha oldi. Hujumchi ikkinchi taym boshida va uchrashuv oxirida gol urib dubl rasmiylashtirdi.




Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика