So’nggi yangiliklar

17:37Фермин ва Гави қизлар туфайли жанжаллашиб қолганми?  1 16:57Осиё Кубоги саралаши. Ўзбекистон U-23 йирик ғалабага эришди  13 16:45Ботирали Эргашев: "Хатолардан фожиа ясаш керак эмас"  5 16:34Фердинанд МЮ ҳақида: "Агар Санчо, Рэшфорд, Антони, Гарначо ва бошқалар туфайли пул йўқотишга тўғри келса, фарқи йўқ – улардан қутулинг. Жамоа биринчи ўринда"  0 16:00"Қайрат" қаҳрамонига айланган захира дарвозабони  1 15:39Кунде "Олтин тўп" ҳақида: "Унга Ямаль ҳам, Дембеле ҳам лойиқ. Мен овоз бермайман – кучлиси ғалаба қозонсин"  10 14:40Ўзбекистон U-18 терма жамоаси Арманистонга кимларни олиб кетди?  5 13:41Рауль – "Байер" мураббийлигига номзодлардан бири  1 13:38Гулжигит Аликулов - Ўмон билан ўйин, "Қайрат" ва Жалолиддинов ҳақида   0 13:25ФОТОГАЛЕРЕЯ. "CAFA Nations Cup-2025". Туркманистон – Ўзбекистон 1:2  2 12:55Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  1 12:34Дидар Дурдиев: "Ўзбекистон билан дуранг ўйнашимиз мумкин эди"  5 12:00Игорь Сергеев: "Шквирин ва Аҳмедовни ортда қолдирдим? Термада шахсий статистика эмас, жамоа манфаати муҳимроқ"  10 11:39Алишер Одилов: Терма жамоадаги дебютим кутганимдек зўр бўлмади, сабаби..."  15 10:40Суперкомпьютер Чемпионлар лигаси фаворитлари номини эълон қилди  12

15-tur ramziy terma jamoasi Yangiliklar

15-tur ramziy terma jamoasi

Oliy liganing 15-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
Odatga ko'ra o'tgan turning ramziy terma jamoasini tuzdik.


Darvozabon

Evgeniy CHeremisin "Neftchi"

Navoiyda mehmon bo'lgan "Neftchi" klubi safarda durang o'ynab qaytdi. Murod Ismoilov jamoasining gol o'tkazib yubormasligida darvozabon Evgeniy CHeremisin katta rol o'ynadi. "Qizilqum" juda ko'plab xavfli vaziyatlar yaratdi va zarbalar yo'lladi, CHeremisin zarbalarning barchasini qaytarishga muvaffaq bo'ldi.



Himoyachilar
SHuhrat Muhammadiev "Nasaf"
Ivan Miloshevich "Bunyodkor"
Jahongir Mehmonov "Neftchi"
Georgiy Kvesieshvili "Qizilqum"



Voha derbisida "Nasaf" qo'shnisi "Mashal"ni 3:0 hisobida taslim qildi. SHu kuni qarshiliklar safida o'ng qanot himoyachisi SHuhrat Muhammadievni to'xtatib bo'lmay qoldi. Terma jamoamiz azosi ikkita golli to'p uzatishni amalga oshirdi.

"Bunyodkor"ning legioner himoyachisi Ivan Miloshevich qo'qonliklarning hujumlarini qaytarishga alohida faollik ko'rsatdi. U havodan uzatilgan to'plarni deyarli barchasini qaytarib turdi.



Farg'onaning "Neftchi" klubi Navoiyda "Qizilqum" bilan durang o'ynab qaytdi. SHu kuni ikkala jamoa himoyachilari yaxshi o'ynashgani uchun ham hisob ochilmadi. Mezbonlar safida Georgiy Kvesieshvili, mehmonlardan Jahongir Mehmonovni ramziy terma jamoaga loyiq deb topdik.


Yarim himoyachilar
Timur Vasilev "Andijon"
Kaxi Maxaradze "Paxtakor"
Nikita Pavlenko "Olmaliq"
Jasur Hasanov (katta) "Lokomotiv"
 


"Andijon" o'z uyida mamlakat chempioni "Paxtakor" bilan o'ynadi va mag'lub bo'ldi. SHunga qaramay mezbonlar safida yarim himoyachi Timur Vasilev juda faol o'ynadi, raqib himoyachilariga tinchlik bergani yo'q. SHunchaki uni qo'llab quvvatlaydigan sherik topilmadi.

Mana shu o'yinda "sherlar" tarkibida gruziyalik yarim himoyachi Kaxi Maxaradze doimgidek faol o'ynadi. U maydon markazida to'plarni olib qo'yish va hujum boshlashda boshqalarga o'rnak bo'ldi.



"Olmaliq" yarim himoyachisi Nikita Pavlenko "Dinamo" bilan bahsda ikkita gol urishga muvaffaq bo'ldi. Qanot yarim himoyachisi bu yil anchayin mazmunli va samarali o'yin ko'rsatmoqda.

"Lokomotiv" tajribali yarim himoyachisi Jasur Hasanov ham terma jamoadan o'rin oldi. CHap qanotda "Navbahor" himoyachilariga tinchlik bermagan Hasanov bitta gol, ikkita golli pas oshirdi.

Hujumchilar
SHahzodbek Nurmatov "Metallurg"
Marat Bikmaev "Lokomotiv"



"Metallurg" hujumchisi SHahzodbek Nurmatov "SHo'rtan" bilan G'uzordagi o'yinda ancha faol o'ynadi. Aynan u birinchi bo'lim so'nggida hisobni ochdi, ikkinchi bo'lim boshida esa Nurmatov ishlagan penaltidan so'ng ikkinchi gol urildi. So'nggi turlarda ko'p gol urayotgan hujumchining gollari soni 6taga etdi.

"Lokomotiv" o'z uyida "Navbahor"ni 5:1 hisobida mag'lub etdi. Zaxiradan maydonga tushgan Marat Bikmaev namanganliklar darvozasiga ikkita to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi. Qizig'i kubok doirasidagi bahsda ham Bikmaev "Navbahor"ga ikkita gol urgandi.



Bosh murabbiy: Rustam Mirsodiqov "Metallurg"

15-turning eng yaxshi murabbiyi sifatida Rustam Mirsodiqovni tanladik. Tajribali murabbiy boshchiligidagi "Metallurg" G'uzorda "SHo'rtan" ustidan 3:0 hisobida g'alabaga erishdi. Umuman olganda Mirsodiqov jamoasi iyun oyidagi 4ta o'yinda 4ta g'alabaga erishdi.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика