15 noyabr kuni Italiya futbol federaciyasi Ventura ishiga baho beradi
14 noy 2017 16:42
Yangiliklar
15 noyabr kuni Italiya futbol federaciyasi Ventura ishiga baho beradi
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Jampero Venturaning kelajagi 15 noyabrda hal bo'lishi mumkin.
Mamlakat futbol federaciyasi rahbari Karlo Tavekkioning malum qilishicha, 15 noyabr kuni federaciya azolari bilan yig'ilish bo'lib o'tadi va unda Venturaning ishi va Italiya terma jamoasining JCH-2018 saralashidagi o'yini muhokama qilinadi.
"Jahon chempionatiga chiqa olmaganmizdan juda xafamiz. Biz qaror qabul qilishimiz kerak, aynan shu sababli ertaga federaciya azolari bilan barchasini tahlil qilamiz" - deydi Tavekkio.
Fikrlar