So’nggi yangiliklar

00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  1 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  3 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  2 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  2 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  3 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  3 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  1 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  1 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  7 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3

12,7 mln evro - Odil Ahmedovning o'ziga xos rekordini bilasizmi? Yangiliklar

12,7 mln evro - Odil Ahmedovning o'ziga xos rekordini bilasizmi?

Championat.asia'da "O'zbekcha transfer" rukni davom etadi.

Terma jamoamiz sardori Odil Ahmedov shunday futbolchiki, o'zi to'p tepayotgan klubga nafaqat maydonda yordam beradi, balki ketish mahalida ham rozi qilib ketadi. U hech qachon klublar bilan shartnomasini bekor qilishga urinib ko'rmagan, yani o'z manfaatlarini jamoanikidan ustun qo'ymagan (yosh futbolchilar o'rnak olishsa arziydigan jihat). 

Etibor qiling, quyida Odil Ahmedov ishtirokida tuzilgan transfer bitimlarini keltiramiz: 

1. 2011 yilning yozida Mahachqalaning "Anji" klubi namanganlik futbolchi uchun "Paxtakor"ga 1,7 mln evro to'lagan.

2. Ahmedov 2014 yilning yozida "Krasnodar"ga o'tgan. "Anji" bu transferdan 4 mln evro daromad qilgan.

3. O'z navbatida "Krasnodar" ham Odilning transferidan sira zarar qilmadi. Hamyurtimiz maydondagi harakatlari va chiroyli gollari bilan jamoaning yutuqlariga ulkan hissa qo'shishdan tashqari, 2017 yilning qishida klub hisob raqamiga 7 mln evro kelib tushishiga sababchi bo'ldi. O'shanda Xitoyning "SHanxay SIPG" jamoasi Ahmedovni xarid qilgandi.

4. SHuningdek, futbolchi 2 bor ijaraga berilgan. "Paxtakor" 2011 yilning 1-yarmidan "Anji" bilan tuzilgan ijara shartnomasidan qancha ishlab olgani aniq emas. "SHanxay Port" (SIPG nomi o'zgargan) esa 2020 yilning oxirida Ahmedovni 62 ming evro evaziga 4 oyga ijaraga bergan.

Xullas, Odil Ahmedovning transferlari uchun u o'ynagan klublar umumiy miqdorda 12,7 mln evrodan ko'proq mablag' sarflagan. Bu o'zbek futboli tarixidagi rekord ko'rsatkich hisoblanadi.


O'zbekcha transfer. "Bunyodkor" Aziz Haydarovning sotuvidan qancha daromad qilgan?

Muallif :
Reyting: +33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика