“12-sektor” mehmoni - Odil SHaripov (sharipov odil)!
06 dek 2014 13:40
Yangiliklar
“12-sektor” mehmoni - Odil SHaripov (sharipov odil)!
1962 yilda tavallud topgan Odil aka SHaripov, saytimizning faol va yoshi katta o'quvchilaridan biri hisoblanadilar.
“Qishni “SA” bilan futbol o'ynab o'tkaz”da ham ko'rinish bergan akamizni, ikkilanmay saytimiz ofisiga taklif qildim. Yoshlari kattaligi uchun ular bilan qiziqarli suhbat chiqishini bilar edim. O'z navbatida Odil akani olib kelgan kitobchalarini ko'rib, Fyodorov, An, Abduraimov kabi yulduzlarimiz to'p tepkan “Paxtakor” Markaziy stadioniga tushgandek bo'ldim. “Paxtakor” tomonidan chiqarilgan tarixiy “programka”lar ko'zimga huddiki, oltindek ko'rnindi. Marhamat qilib, Odil aka bilan bo'lib o'tgan suhbatimizni mutola qiling.
Yoshi katta kishilar bilan suhbatlashish doimo yoqimli. Aytishadi-ku, bitta bo'lsa ham ko'p ko'ylak yirtishgan deb.
– Odatda sizning yoshingizdagi kishilar saytlardan ko'p ham foydalanmaydilar...
– Yoshligimdan texnikalarga qiziqib kelganman. O'zbekistonga ilk marotaba kompyuterlar kirib kelganida unga bo'lgan qiziqishim juda yuqori bo'lgan. Zamon bilan hamnafas yurishga harakat qilamiz. Undan tashqari kichik o'g'lim ham bunday ishlarga qiziquvchan. Saytilarni gazetalarda topganman. Hozirgacha “Inter Futbol” va “Futbol Ekspress” gazetalarini o'qib boraman. U erda sizlarning axborotlaringizdan foydalanishganligi uchun ham saytingizni topganman. Sayt menga bir ko'rishdayoq maqul keldi. Biroz ro'yxatdan o'tishga qiynaldim. SHunday kunlarning birida ishim o'xshab qoldi. Avvallari gazetalarga fikr bildira olmasdik, saytda esa bunday imkoniyat bor.
– Buning uchun sizda boshqa saytlar ham bor edi...
– To'g'ri, ammo “SA”da so'kinishlar deyarli yo'q.
O'sha yili qahramonimiz mavsum boshida mazkur dasturchani olar ekan, avgust oyida nima bo'lishini hayoliga ham keltirmagan edi...
– Lekin so'nggi paytlarda bizda ham yosh bolalarcha fikr bildiradiganlar ko'payib ketyapti. Deylik siz kabi yangi kelgan kishi buni ko'rib saytni tark etib yuborishi mumkinmi?
– Bo'lmasamchi? Men yuqorida aytib o'tdim, birinchi etiborni tarbiyaga qarataman. Kimga yoqadi, o'zingdan kichik bo'lgan bolalar seni haqorat qilishi? Masalan, bazi yoshlar ko'p hollarda so'kadilar. Futbolchi va murabbiylarga do'q qiladiganlar ham bor. Sen mutaxassis emassanku deb yuborgim keladi. Asil mohiyatni bilib keyin fikr qoldirish kerak.
– SHu fursatdan foydalanib aytadigan gaplaringiz bordir, nabiralik kishi sifatida, bularni barchasi tarbiyadan deb ayta olasizmi?
– Bu holat ko'proq yangi kelganlar bilan bo'lyapti. Ularning ko'pchiligi chet elning turli ijtimoiy tarmoqlarida istagan ishini qilib o'rganib qolishgan. Ayniqsa “Odnaklassniki” saytidagi manaviy buzuqlikni takidlab o'tgan bo'lardim. Bu erni ham ular shunday deb o'ylashyapti. Yo'q, bu erning o'ziga yarasha tartibi bor, qolaversa madaniyatli insonlarmiz, shunga monand ish qilish kerak.
11-avgustdan so'ng ko'p o'tmay, Odil aka, o'z qo'llari bilan 17 o'g'lonni ko'k siyohda belgilab chiqdilar
– Yutug'imiz haqida so'ramaymiz, kamchilgimiz nimada bo'lyapti?
– Ishlash tizimi yoqadi, jurnalistlar ham talabimga javob beradi. Aks holda, shu yoshga to'lib sizlarni oldingizga kelmasdim. Kamchilik haqida aytmagan bo'lardim-ku, ammo bir taklifim bor. Masalan, Doston Hamdamov bilan intervyu qilsangiz, u haqda yozsangiz. U shu darajaga chiqishi uchun nima qildi, qanday ishladi. Bu bilan saytdagi yoshlarga uni namuna qilish orqali tarbiyaviy soat o'tash mumkin. Uning yoshidagi ko'pchilik bemaza fikr qoldirish biland band, aslida inson bu yoshda bilim olishi kerak va sog'lom fikr yuritishni o'rganishi lozim. Namunali futbolchilarimiz esa juda ko'p.
– O'zingizni futbolga kirib kelishingiz haqida aytib bersangiz?
– Oq qora televizorda “Paxtakor”ni o'yinlarini ko'rish bilan futbolga kirib kelganmiz. Ilk marotaba 1971 yili CSKA va “Dinamo” jamoalarining ochkolari bir xil bo'lib qolganligi uchun “Paxtakor” stadionida chempionlik o'yini bo'lgan. U paytlar qo'shimcha 30 daqiqa bo'lmas edi. 0:0 hisobida yakuniga etgan uchrashuv, ertasiga takroran o'tkazilgan. Bu o'yinda CSKA 4:3 hisobida g'alaba qozonib chempion bo'lgan. Ilk marotaba mana shu o'yinga tushgan edim. Mahallamiz ham stadionga yaqin edi, “Paxtakor” gol ursa uyimizgacha muxlislarning hayqirig'i eshitilar edi.
Mana o'sha oltinga teng "programkalar"
– Garchand, “Paxtakor” chempionlik uchun kurashmagan bo'lsada, etakchilarga qarshi jiddiy qarshilik ko'rsatar edi. Bunday o'yinlarni eslasangiz kerak?
– To'ppa-to'g'ri aytasiz. “Spartak” deysizmi, “Dinamo” Kiev deysizmi, kelib Toshkentda quruq qo'l bilan qaytib ketishar edi. U paytda futbolchilarimiz 40-50 ming nafar muxlis qarshisida yutqazishga uyalishar edi. SHuning uchun butun vujudlari bilan g'alabaga intilar edilar. Ammo safarda omad kulib boqmasdi. Keyin Sobiq Ittifoq paytida O'zbekiston geografik jihatdan chetroqda joylashganligi uchun, jamoamizda faqat mahalliy futbolchilar to'p tepishar edi. “Ararat”ga o'xshagan jamoalarda esa Moskva va Kievdan ham futbolchilar bo'lardi. SHunda ham saviya deyarli teng edi.
– Stadiondagi madaniyat haqida aytmasak ham bo'ladi, bugungisi bilan solishtirganda katta farqni ko'ramiz...
– U paytlar stadionga kim gul olib kelsa o'yindan avval futbolchiga bera olardi. Keyin g'alaba bo'ladimi, mag'lubiyat muxlislar chegaradan chiqmasdilar. Eslayman, stadion atrofida turli viloyatdan kelgan avtobuslar bo'lar edi. Jizzax, Samarqand, Farg'ona, ex-xey...
Bazan u kishi mana shunday tarixga "sho'ng'ib" turadilar
– Siz muxlissiz va baho bera olasiz. O'sha “Paxtakor” hozirgi O'zbekiston milliy terma jamoasi. CHunki u paytlar, eng zo'r o'yinchilar “Paxtakor”da o'ynashgan. So'nggi 20 yildagi qaysi terma jamoamiz avlodini o'sha paytdagi “Paxtakor”ga yaqin deb ayta olasiz?
– “Paxtakor” – 79dakasi keyinchalik “Paxtakor”ni o'zida ham bo'lmadi. U futbolchilarni hozir birontasiga tenglashtira olmayman. Keyin u paytdagi futbol ham boshqacha edi-da, buni taqqoslashim qiyin. Bugungi futbol ancha tez. 1994 yili Xirosimada zafar quchgan terma jamoamiz ham kuchli edi. Avvallari texnikaga tayanar edik, hozir tezlikka.
– Peleni Maradonaga solishtirishar ekan, ikkisi bir davrda o'ynaganida biri pastroq saviyada bo'lgan bo'lar edi deyishadi. An yoki Fyodorov bugungi futbolimizda qanday o'rin tutishgan bo'lardi?
– Biz JCHga chiqqan bo'lar edik! U paytlar futbolchilar o'zlarini ayashmas edi.
– Hayotingizda o'zingiz ko'rgan eng zo'r o'yinlar uchligini sanab bera olasizmi?
– SHubhasiz top-3ning birinchisida “Paxtakor” – “Dinamo” Kiev uchrashuvi joy oladi. 1975 yili “Dinamo” Kubok egalari kubogida zafar quchadi. “Bavariya”dan ustun kelgan kievliklar, bizning maydonda 5:0 hisobida mag'lubiyatga uchraydilar. Bu o'yinni tariflab bera olsam, doston yozasiz. O'sha kuni stadionda 50 000 nafardan oshiq odam bor edi. Stadion to'lib bo'lgan, ammo yana 10 000 dan ortiq kishi kira olmay xunob. Darvozalar sinib ketgan. Men 34 sektordan chipta olgan edim. SHu bitta xato ish qildim, tanaffusda suv ichgani tashqariga chiqqan edim. Qaytib kerishni imkoni yo'q edi. Zinapoyalargacha kishilarga liq to'la edi. O'sha yili “Dinamo” chempionlikni qo'lga kiritadi. Mavsum davomida bor yo'g'i 4ta o'yinda yutqazadi, shulardan ikkitasini “Paxtakor”ga. 1978 yil “Paxtakor” – “Zarya” o'yinining hakami Balayan jarima maydonchasi yonida, yani Qosimov jarima zarbalarini tepadigan nuqtadan “Paxtakor” darvozasi tomon “shtraf” belgilaydi. SHunda “Zarya” futbolchisi hushtak chalinmasidan avval zarba berib gol uradi. Hakam esa golni inobatga oldi. Maydonda kichik jan-jal chiqadi. Hakam Fyodorovni maydondan chetlatdi, yakunda uni qo'mita 10ta urashuvga diskvalifikaciya qildi. (41-chempionatni 8-tur yakunlariga ko'ra “Paxtakor” peshqadam “Dinamo” Tbilisidan 3, ikkinchi o'rinda ketayotgan “CHernomorec” va CSKAdan bor yo'g'i bir ochkoga qolib ketayotgan edi. To'plar nisbati 16-11, +5. “Paxtakor”dan tashqari bironta jamoa 11tadan ortiq gol urmagan edi. Fyodorov bilan “Paxtakor” istagan raqibini mag'lubiyatga uchratishga tayyor bo'lgan. Uni chetlatilishi va hakamning qaroridan, boshqa jamoalar ancha manfaatdor bo'lganlar. N.YU). So'nggisi “Dnepr”ga mag'lubiyatga uchragan o'yinimiz.
Bu 1976 yilgi dastur. Unda "Dinamo" Kievga shunday tarif berilgan:
O'z tarixidagi ikkinchi 5:0 natijasidagi mag'lubiyatni qabul qilib olgan "Dinamo", ilk marotaba mana shunday hisobda 1961 yili moskvalik nomdoshlariga imkoniyatni boy bergan edilar. Bu safar ular toshkenliklarga mag'lubiyatga uchradilar. SHuni qayd etish lozimki, "Dinamo" mavsumdagi ikki uchrashuvda ham "Paxtakor"ga yutqazgan, (0:1 va 5:0).
– Bugungi davrdanchi?
– 2007 yil bo'lib o'tgan “Loy jangi”. To'g'risini aytsam, hozirgi qiziqish u qadar emas. SHuning uchun eslay olmayapman.
– Lekin, “Neftchi” – “Paxtakor” o'yinlarini yodga olsangiz kerak?
– Albatta, shuni ham aytishim mumkinki, men uchun avvalgi “Neftchi” – “Paxtakor” o'yinlari, bugungi har qanday derbidan kuchli.
– Nima uchun oliy ligadan muxlislar yuz o'girishyapti?
– Toshkentda nima uchun kamligini asosiy sababini aytsam, raqib jamoalarida “vox” deydigan o'yinchilar yo'q. Deylik, “Qizilqum” safida MTJning kamida 2ta o'yinchi bor, tushadi odam. Mana, “Lokomotiv”, “Bunyodkor” va “Nasaf”ga qarshi o'yinlarda tushishyapti-ku? Viloyatlarda nima uchun tushishyapti, chunki ularning mehmoni bir kalla ustun jamoa bo'lyapti. Avvallari biz Toshkentda o'zimizdan ikki karra ustun futbolchilarga qarshi o'ynar edik. Hozir aksar futbolchilar chetga chiqib ketishdi, oliy liganing saviyasi tushib ketishiga shu ham sabab bo'lyapti.
– Jurnalistikachi?
– Bugungi kunda ochiqlik bor, avval unday emas edi.
– Gapingiz to'g'ri, lekin hozir gazeta yoki saytga kirib, bironta o'yin sharhini o'qib, o'yinda ishtirok etgandek bo'lasizmi?
– Yo'q. Avvallari biz yo radiodan, yo gazetadan o'yin haqida xabardor bo'lar edik. Uni o'qib, o'zingiz stadionda turib ko'rgandek bo'lardingiz. Ayniqsa sharhlovchilarning sanati kuchli edi.
– Og'riqli savol. 1979 yil voqeasini eshitganingizda...
– To'g'ri o'zimni stadionga urdim. Mendan tashqari yana minglab ishqibozlarga, sport qo'mitasiga borishimiz kerakligini aytishardi. Sport qo'mitasiga borganimizda, Krasnickiyga ko'zim tushdi. Alamdan Oleg Bazelevichga nimalarnidir aytayotgandi. SHuhrat Eshbo'taevni ota-onasini ko'zida yosh, nima deyishni bilmaydilar. Mixail An esa umuman o'yinga borishi kerak emasdi.
– Krasnickiyni o'yinlarini ko'rgan bo'lsangiz kerak?
– Gennadiy Krasnickiyni yod-yod eslayman. Ammo Birodar Abduraimovni o'yinlari hamon ko'z o'ngimda. Lev Yashinni xayrlashuv o'yinini TVda olib berishgan. O'yin so'nggida u stadionni aylanib chiqadida, qo'lqopini ikkinchi posbon Pilguga sovg'a qiladi. U “Oltin to'p”ni qo'lga kiritgan yagona darvozabon, shunday ekan, unga ortiqcha tarif bera olmayman.
SHu tariqa Odil aka bilan bo'lib o'tgan suhbatimiz ham o'z poyoniga etdi. Keyingi qahramon, siz bo'lishingiz mumkin!
Nodirxo'ja Yuldashev

Fikrlar