So’nggi yangiliklar

19:49"Реал" марокашлик футболчиси билан 2030 йилгача бўлган битим имзолайди  0 19:35"Олимпик" ўйинчиларига маошининг ярмидан воз кечиш таклиф қилинмоқда  3 18:49Мбаппе жароҳат олди  5 18:37Жейми Каррагер: "Жезус Дьокерешдан яхшироқ, бу факт"  2 17:51Орлов замонавий шарҳловчилар ҳақида: "Нотўғри урғулар қулоққа ғалати эшитилади. Баъзида ўйиндан жуда катта чалғишлар бўлади. Эфирда кераксиз сўзлар кўп бўлмаслиги керак"  5 17:24"Арсенал"га қарши баҳсдан сўнг Эмери нега Артетанинг қўлини сиқиб қўймади?  5 17:18Роберто Карлос юрагидаги муаммолар сабаб операция қилинди  1 16:24Бразилия клубига 3 та трансфер ойнасига тақиқ қўйилди  0 15:40FIFA The Best мукофоти тугатилмоқда: 2026 йилдан янги давр бошланади  11 15:08Лука Модрич: "Месси ёки Роналду" саволи менга ёқмайди"  3 14:27"Вулвс" АПЛнинг 17 ўйинида 1 та гол урган ҳужумчи учун 40 млн фунт сўраяпти  1 13:53МЮ 85 млн. еврога сотиб олган ҳужумчи кетма-кет 8 та ўйиндан бери гол урмаяпти  8 12:54Роналду 2009 йилдан бери илк бор тақвим йилида бирорта ҳам хет-трик қайд этмади  7 12:33"Вулверхэмптон" Англия чемпионатининг дастлабки 19 турида бирор марта ғалаба қозонмади ва 123 йиллик антирекордни такрорлади  0 12:22Балотеллида БАА 2-лигаси вакили "Ал-Иттифоқ"дан таклиф бор. 35 ёшли ҳужумчи 2024 йил декабридан бери ўйнамаяпти  2

"12-muxlis"da "Bek maur" Yangiliklar

"12-muxlis"da "Bek maur"

"12-muxlis" loyihasining navbatdagi mehmoni "bek maur" bo'ldi.
-O'zingiz haqingizda qisqacha malumot bering.
-Ism sharifim Aminjonov Bekzod. Navoiy viloyati Qiziltepa tumanidanman. Kasbim dorishunos.

-Futbolga qachondan boshlab qiziqasiz?
-Futbolga qiziqishim 4-5 yoshlarimdan boshlangan. Ko'pincha onam menga koptok sovg'a qilardilar.

-Sportning yana qaysi turlariga qiziqasiz?
-Futzal va boksga.

-Oilada nechta farzandsizlar va sizdan boshqa futbolga qiziqadiganlar ham bormi?

-Oilada uch farzandmiz, uch o'g'il. Mendan boshqa hech kim qiziqmaydi futbolga.

-Futbol siz uchun nima?
-Futbol-bu hayot. Goh mag'lubiyat, goh g'alaba. Hayotda hech narsani oldindan aytib bo'lmaydi, shuningdek futbolda ham. Qisqacha aytganda futbol hayotimning bir bo'lagi.

-Navoiylik bo'lsangiz ham biror marta "Qizilqum" xaqidagi xabarlarga komment yozganingizni ko'rmaganman?
-Men chiroyli futbol tarafdoriman. Oliy ligada malum bir klubga muxlis emasman, viloyatim jamoasi bo'lsa ham.

-Oliy ligani rivojlantirish uchun nimalar qilish kerak sizningcha.
-Yangicha va zamonaviy fikrlaydigan xodimlar kerak. Afsuski bizda tanqidni noto'g'ri tushunishadi, ko'rolmayabdi, hasad qilyabdi, meni o'rnimni egallamoqchi deb o'ylashadi. Mana shunday qarashlar ham futbolimizni "go'rga tiqayapti".

-Siz har doim terma jamoalarimiz va klublarimizning xalqaro o'yinlaridan oldin mag'lubiyatga uchrashimiz haqida yozasiz. Bu jamoalarimizga bo'lgan ishonchsizlikdanmi?
-Yo'q, men jamoalarimizga yuragimdan muxlislik qilaman. Judayam tasirchan odamman. Futbolda hech bir jamoa mag'lubiyatdan kafolatlanmagan, agar yutqazib qo'ysak qon bosimim oshib ketadi. SHu bois ruhiy bosimni kamaytirish uchun oldindan o'zimni tayyorlayman. Bor sababi shu.

-"Gazeta o'qimay qo'ydi odamlar" degan to'rtligingiz esimga tushib ketdi. Xozir kitob o'qiydigan odam kamayib boryapti.
-Engillikka intilish odamzotga xos narsa. Afsuski kitob o'qish kamayib boryabpti, bu achinarli holat. Moddiy boylikka intilib manaviyatimiz qashshoqlashib ketyapti.

-Oxirgi o'qigan kitobingiz?
-3-4 kun oldin Omon Muxtorning "Muhabbat o'limdan kuchli" asarini o'qidim.

-Qanday qo'shiqlarni xush ko'rasiz?
-Mayus va klassik qo'shiqlarni.

-Futbol yoki sheriyat. Qaysi biri ustun?
-SHeriyat birinchi o'rinda men uchun.

-Agar bir kuningizni kim bilandir o'tkazish imkoniyati bo'lsa kimni tanlardingiz.

-Men Muhammad Yusufni tanlardim.

- Kumiringiz kim.
- Zidan.

-O'zbekistonlik futbolchilar orasida eng yaxshi futbolchi kim sizningcha.
-Mirjalol Qosimov, Odil Ahmedov.

-"CHelsi"ga qachondan beri muxlissiz?
-Mourino kelgandan beri. O'yini qandaydir o'ziga tortadi.

-CA yanada qiziqarli bo'lishi uchun nimalar qilish kerak?
-Menimcha CAda hammasi joyida.

-Sizningcha yuzer (muxlis) qanday bo'lishi kerak.
-Haqiqiy yuzer sayt ravnaqi uchun o'z xissasini qo'shishi kerak. Jamoasi yutsa quvonib, yutqazsa dalda bo'lishi lozim. Noo'rin tanqidlardan naf yo'q.

-Loyihamizning keyingi sonlarida kimni ko'rishni istardingiz?

-Tahlil_Tanqidni va o'zingizni agar mumkin bo'lsa.

-Suhbatimiz oxirida tilaklaringiz va o'z ijodingizdan bir sher o'qisak.
-Hammaga rahmat. Barchaga sog'liq va baxt tilayman. Barchamizga terma jamoamizni JCHda ko'rish nasib qilsin. SA ijodkorlariga ham rahmat.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика