So’nggi yangiliklar

15:55Испания ОТЖ футболчилари: "Токио-2020дан тугалланмаган ишимиз бор. Мақсадимиз - олтин медал"  5 15:31"Парк де Пренс" стадиони Ўзбекистон - Испания баҳсига шай  6 15:16"Навбаҳор" Сардор Рашидов билан келишувга эришди  11 15:11Эксклюзив! Тимур Кападзе: "Мақсадимиз бор ва унга қараб интиламиз"  8 14:47Ўзбекистон U-23 терма жамоаси бош мураббийи ва футболчилари дастхати қўйилган тўпни ютиб олинг  3 14:42ОЛИМПИАДАГАЧА. Акром Комилов: "Испания индивидуал кучли, лекин ўзбекистонлик йигитлар ҳеч кимдан қолишмайди"  2 14:07"Ливерпуль" етакчиси жамоада қолмоқчи  1 13:38ОЛИМПИАДАГАЧА. Испания ОТЖ ҳақида нималарни билишимиз керак ёхуд "Қизил фурия" билан танишамиз  6 13:03Месси кесма паслар бўйича Топ-5 нинг охирги 2 мавсумида етакчи. Лео ПСЖни бир йил олдин тарк этган  13 12:25Гвардиола: "У қарор қабул қилиши керак"  3 11:42Эшитдик-да! "Олимпик"нинг яна бир футболчиси Суперлиганинг бошқа клубига ўтмоқда  7 11:05«Реал Мадрид» яна бир фахрий ҳимоячини текинга қўлга киритиши мумкин  5 10:29Нега Тимур Кападзенинг Испанияга қарши ўйин олди ташкил этилган матбуот анжуманидаги фикрлари ҳеч бир ўзбек ОАВсида чиқмади?  42 09:57АS нашри Испания ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркибини эълон қилди  23 09:22Ўзбекистон ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркиби билан танишинг  28

12 kun ichida 28ta o'yin! O'zbekcha "Boksing dey"ga tayyormisiz? Yangiliklar

12 kun ichida 28ta o'yin! O'zbekcha "Boksing dey"ga tayyormisiz?

Professional futbol ligasi Superliganing birinchi davrasi uchun qolgan to'rtta tur taqvimini ishlab chiqdi.

Yangi taqvimga ko'ra, 3-15 avgust oralig'ida birinchi davra uchrashuvlari to'liq o'tkazib bo'linadi. Faqat 9 avgust, yakshanbadan tashqari har kuni futbol bo'ladi. Buning natijasida 12 kun ichida 28ta o'yin o'tkaziladi. 

Har doim Yangi yil bayrami chog'ida Angliya chempionatida tig'iz taqvim yuzaga keladi va biz uni "Boksing dey" deymiz. Mana endi "Boksing dey" bizda ham bo'ladi va birinchi bor shunday holatga tushganimiz bois qanchalik tayyormiz, jamoalar har 3 kunda maydonga tusha oladimi kabi savollarga bir deganda javob berish qiyin. SHunga qaramay, quyida bazi fikr-mulohazalarni ilgari surmoqchimiz. 

Eng avvalo sog'lik, keyin tashkilotchilik

Pandemiya paytida vaziyat og'ir bo'lmoqda. Virusdan zararlanish holatlari nihoyatda ko'p uchrayapti. Hozir ko'pchilikning boshi qotgan. Buning natijasida futbol ortiqcha emasmi, mavsumni bekor qilsak ham bo'laveradi kabi gaplar yangray boshladi. Albatta, bu o'rinda har bir fikr qiymatli. Lekin futbolni hozir to'xtatib qo'ysak, kuzda o'zimizga qiyin bo'ladi. CHunki oktyabr-noyabr oylarida jahon chempionatiga saralash bahslari kutmoqda. 

PFL shularni inobatga olgan holda Superliganing navbatdagi to'rtta turini markazlashgan holda o'tkazishni lozim topdi. Hozirgi paytda bundan boshqa yo'l ko'rinmayapti. Bu o'rinda yo futbolni to'xtatamiz yoki yo'lini topib davom ettiramiz. Bir narsani unutmaylik, futbolchilar avvalo sport kishilari, ular formani ushlab turishlari uchun muntazam harakatda bo'lishlariga to'g'ri keladi. Har kimning kasbi turlicha. Kimdir ikki oylab uydan chiqmay ham pul topishi mumkin. Lekin kimningdir rizqi ko'chadai. Futboldagilarning rizqi esa maydonda.

Hozirgi sharoitda hammamiz uchun sog'lik birinchi planga chiqqan. Vahimali xabarlar kundan kun ko'payotgani sog'lig'imizga yanada diqqatli bo'lishga undamoqda. Lekin buyoqda ish ham bor va buyam to'xtab qolmasligi kerak. Agar karantin qoidalariga yanada qatiy amal qilib o'yinlarni o'tkazishda davom etsak, o'ylaymizki "Boksing dey" ko'rishli bahslarni va qiziq natijalarni taqdim etadi. 

Taqvim chiqarish oson. O'yin atrofidagi tashkiliy ishlar qiyin. PFL buyog'iga qolgan 4ta turni markazlashtirilgan tartibda o'tkazishga qaror qilib juda to'g'ri yo'lni tanladi. Faqat endi tashkiliy masalalarni hal qilish olish qolyapti.

Nechta stadion tayyor? 

Demak, birinchi beriladigan savol bu - o'yinlar qaysi stadionlarda o'tkaziladi? Toshkent shahrida PFL va Superliga bosh homiysi Coca Cola kompaniyasi talablariga javob bera oladigan 3ta stadion bor: "Bunyodkor", "Lokomotiv", "Paxtakor". Agar Toshkent viloyatidagi AGMK va "Metallurg" o'yingohlarini ham qo'shsak beshta bo'ladi. 

Demak, qolgan 4 turda mana shu 5ta stadiondan foydalanishga to'g'ri keladi. To'g'ri, bu o'rinda maydoni yaxshi holatda bo'lgan TTYMI va "Jar" stadionlari ham bor, biroq projektor masalasi chatoq. O'yinlarni esa 19:00dan vaqtli bo'lmagan paytda boshlashga to'g'ri keladi.

Har turda 7tadan o'yin bo'lib o'tishini hisobga olsak, uchrashuvlarni mana shu 5ta stadionga bo'lib chiqishga to'g'ri keladi. Keling, dastlab 10-tur juftliklarini yodga olsak.

3 avgust, dushanba

"Nasaf" - "So'g'diyona"

"Bunyodkor" - "Metallurg"

AGMK - "Lokomotiv"

4 avgust, seshanba

"Qo'qon-1912" - "Paxtakor"

"Mashal" - "Andijon"

"Qizilqum" - "Buxoro"

5 avgust, chorshanba

"Surxon" - "Navbahor" 


Birinchi galda 3 avgust kuni bo'lib o'tadigan "Nasaf" - "So'g'diyona" bahsiga stadion topib berish kerak bo'ladi. Balki bu bahs "Lokomotiv" stadionida bo'lib o'tishi mumkin, chunki "Loko" 10-turni safarda o'tkazadi. "Bunyodkor" "Metallurg" bilan o'z maydonida o'ynaydi. 4 avgust kuni ham uchta o'yin o'rin olgan. Taqvimda "Paxtakor"ning "Qo'qon-1912" bilan safarda o'ynashi belgilab qo'yilgan. Lekin "sherlar" o'yinni o'z maydonida o'tkazishlari mumkin. 

Faqat bu o'rinda mezbonlik maqomi kimda bo'ladi? Agar "Qo'qon-1912" mezbon bo'lsa, unda ikkinchi davra o'yinini ham shu stadionda o'tkazadi va bunga qo'qonliklar rozi bo'lmasa kerak. "Paxtakor" hozircha mezbon bo'lib, keyin ikkinchi davrada Qo'qonga borsa-chi? Aslida shu yo'l maqul ko'rinyapti.

Stadionlarni shunday ajratish kerakki, yuk hammaga bir xil tushsin. Bilamizki, Olmaliq va Bekobod Toshkentda birmuncha uzoq. Xususan avtobusda Olmaliqqa bir yarim soat, Bekobodga ikki soat yo'l bosishga to'g'ri keladi. Agar jamoalar o'yin kuni borib keladigan bo'lsa, yo'l ham ozgina qiynab qo'yadi. Bu o'rinda qaysidir jamoani hadeb viloyatga yuboraverish to'g'ri kelmaydi. O'ylaymizki, PFL masalaning shu jihatini alohida inobatga oladi. 


Tig'iz taqvim - murabbiylar uchun sinov

Aytaylik, ish bilan bog'liq tashkiliy masalalar hal qilib olindi. Endi buyog'iga tanaffussiz har kuni o'yin ko'rishga to'g'ri keladi. Klublarimiz "Boksing dey"ga tayyormi? Bir narsa deyish qiyin, chunki biz bu kabi holatga tushmaganmiz. Birinchi bor to'qnash kelayotganimiz bois o'zimiz uchun ham qiziq ko'rinyapti. 

Bu o'rinda shuni aytish mumkin, tig'iz taqvim birinchi navbatda murabbiylar uchun sinov bo'ladi. CHunki murabbiylar kuchini "Boksing dey" orqali bilib olamiz. Har 3 kunda bo'ladigan o'yinga murabbiylar jamoani qanday tayyorlaydi? O'yindan keyin tiklanish jarayoni qanday kechadi? Keyingi o'yingacha tarkibda rotaciya bo'ladimi?

Aytaylik, haftalik o'yinda murabbiy faqat bir tarkibni tushirishi mumkin, lekin ikki haftadan kamroq vaqt chida 4ta uchrashuv o'tkazadigan jamoada jarohat olish, kartochkalar bilan jazolanish ko'proq bo'lib qolishi ehtimoli katta. Demak, bu o'rinda murabbiylardan zukkolik ham talab etiladi. Qani "Boksing dey"dan kim o'z jamoasini eson-omon olib chiqadi?

Aytish mumkinki, avgust oyining "Eng yaxshi murabbiyi" katta ehtimol bilan "Boksing dey"da qahramonlik ko'rsatgan murabbiy bo'ladi. To'g'ri, bu o'rinda 18-26 avgust oralig'ida o'tkaziladigan Kubok o'yinlari ham bor. Lekin Kubokka kim qanday munosabatda bo'ladi, hozircha bu bir gap aytish mushkul. CHunki "Boksing dey"dan chiqib Kubok musobaqasiga etibor jamoalarda turlicha bo'lishi mumkin. SHunday ekan, hozircha 3 avgustni intiqlik bilan kutib qolamiz.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика