11 iyunda O'zbekiston kim bilan o'ynasa bo'ladi?
14 apr 2015 17:40
Yangiliklar

11 iyunda O'zbekiston kim bilan o'ynasa bo'ladi?
Xabaringiz bor, bugun JCH-2018 saralashi ikkinchi bosqichi uchun qura tashlandi.
O'zbekiston terma jamoasi "H" guruhida Bahrayn, Filippin, KXDR va Yaman kabi jamoalar bilan kurash olib boradigan bo'ldi.
Guruh bosqichi taqvimini ham taqdim etdik. Unga ko'ra termamiz birinchi turda dam oladi. 16 iyun kuni safarda KXDRga qarshi o'ynaymiz.
Demak o'sha o'yindan oldin o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazib olishimiz mumkin. 11 iyun kuni dam oladigan Avstraliya terma jamoasi 16 iyunda Qirg'iziston mehmoni bo'ladi. Osiyoning amaldagi chempioni qo'shni davlatga keladi. Agar muzokara olib borilsa balki "sokkeruzlar" Qirg'izistondagi bahsdan oldin O'zbekistonga kelib o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazishar.
Agar bu variant o'xshamasa Xitoy varianti ham mavjud. 11 iyunda dam oladigan chin yurti vakillari 16 iyunda qo'shnisi Butan mehmoni bo'ladi. Biz KXDRga borishdan avval Xitoy bilan safarda o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazib olishimiz mumkin.
Mirjalol Qosimov saralash bahslaridan oldin bitta o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazish niyatida ekanligini intervyulardan birida malum qilgandi.

Fikrlar