104 muxlis, 16 gol - turning qiziq raqamlari bilan tanishing
04 okt 2021 11:32
Yangiliklar
104 muxlis, 16 gol - turning qiziq raqamlari bilan tanishing
"Qo'qon-1912" 4:2 "Paxtakor", 6917 muxlis
"Metallurg" 1:2 "Lokomotiv", 104 muxlis
"Mashal" 0:1 "Nasaf", 2312 muxlis
"Andijon" 0:0 "So'g'diyona", 5312 muxlis
"Bunyodkor" 1:1 AGMK, 312 muxlis
"Surxon" 1:0 "Navbahor", 1278 muxlis
"Qizilqum" 2:1 "Turon", 1666 muxlis
Mazkur turni 17 901 ishqiboz stadionning o'zidan tomosha qildi (o'tgan turga nisbatan 3 500 kishiga ko'proq). Bu har o'yinda o'rtacha 2 557 nafar tomoshabin arenaga kelayotganini bildiradi. Guvohi bo'lganingizdek, eng ko'p muxlis Qo'qondagi o'yinda ishtirok etdi (deyarli 7 ming). Eng yomon natija esa "Metallurg" — "Lokomotiv" o'yinida qayd etildi (104).
7 o'yinda jami 16 gol urildi (o'tgan turga nisbatan 1 taga kam). Bu har o'yinda o'rtacha 2,3 tadan gol degani. To'plarning 9 tasi mezbon, 7 tasi mehmon jamoalar tomonidan kiritildi. Eng ko'p gol "Qo'qon-1912" va "Paxtakor" o'rtasidagi o'yinda urildi (6). Faqat 1 bahsda darvozalarga to'p kiritilmadi ("Andijon" — "So'g'diyona").
Faqat 1 futbolchi dublga erishdi. "Qizilqum" forvardi Elguja Grigalashvili "Turon" darvozasini 2 bor ishg'ol qildi.
21-turda referilar 26 marta (o'tgan turga nisbatan 8ta kam) cho'ntaklaridan sariq rangdagi kartochkalarni chiqarishga majbur bo'lishdi (o'rtacha 3,7 tadan).
Faqat 1 futbolchiga qizil kartochka ko'rsatildi — Abdumavlon Abdujalilov ("Lokomotiv").
Faqat 3 bor 11 metrlik jarima zarbasi belgilandi.
Malumot uchun, ushbu turdan keyin FIFA kunlari boshlandi. Endi O'zbekiston Superligasining navbatdagi tur bahslari 15 oktyabrdan etiboran davom ettiriladi.
22-tur
15.10.2021. AGMK — "Mashal"
15.10.2021. "Nasaf" — "Metallurg"
16.10.2021. "Turon" — "Surxon"
16.10.2021. "Paxtakor" — "Qizilqum"
16.10.2021. "So'g'diyona" — "Qo'qon-1912"
17.10.2021 - 16:00. "Navbahor" — "Bunyodkor"
17.10.2021 - 18:15. "Lokomotiv" — "Andijon"
Mezbonlarga atalgan turdan qiziq raqamlar: gol, kartochka...
Fikrlar