10 yil oldin "CHelsi" 4-bor Angliya chempioniga aylangandi
09 may 2020 22:22
Yangiliklar


10 yil oldin "CHelsi" 4-bor Angliya chempioniga aylangandi
APL 38-turi doirasidagi bahs "aristokratlar"ning chempionlik o'yiniga aylanib ketdi. O'sha mavsum MYU va "CHelsi" o'rtasida musobaqa g'olibligi uchun jiddiy kurashning guvohiga aylangandik. Yakunda London klubi o'z tarixida 4-marta mamlakat chempionligini tantana qildi. Martin Atkinson boshqargan "Uigan"ga qarshi o'yin haqiqiy bayram tomoshasiga aylanib ketgandi.
"CHelsi" - "Uigan" - 8:0 (2:0)
Gollar: Anelka - 6, 56, Lempard - 32-pen, Kalu - 54, Drogba - 63, 68-pen, 80, E.Koul - 90.
"CHelsi": CHex, Ivanovich (Belletti, 59), Aleks, Terri, E.Koul, Lempard, Ballak (Matich, 70), Maluda, Kalu (D.Koul, 59), Drogba, Anelka.
"Uigan Atletik": Pollitt, Melxiot, Goxuri, Kolduell, Figeroa, Boys, Makkarti, Uotson (Tomas, 62), Diame (SHarner, 72), Nzogbiya, Rodalega (Mozes, 81).
Eslatib o'tamiz, o'sha mavsum Karlo Anchelotti boshchiligidagi jamoa Angliya kubogida ham zafar quchgani holda "Oltin dubl"ni rasmiylashtirgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar