10 yil ichida transferlardan maksimal foyda ko'rgan klublar

Sherzod Nurmatov
9 avg 2024, 13:36
Portugaliyaliklar yetakchilik qilmoqda.

Transfermarkt portali so'nggi 10 yil ichida o'yinchilarni sotishdan eng ko'p daromad olgan klublar reytingini tuzib chiqdi. Ro'yxatning yetakchisi "Benfika" bo'ldi. "Burgutlar" bu davrda transferlardan 743 mln evro ishlab oldi.

"Ayaks" ikkinchi o'rinni egalladi. Niderlandiya klubining foydasi 483 mln evroni tashkil qildi. Kuchli uchlikni 463 mln evrolik ko'rsatkich "Zalcburg" yakunladi.

Kuchli beshlikka "Lill" (380 mln evro) va "Sporting" (369 mln) ham kirgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal.com