So’nggi yangiliklar

00:20"Андижон" ўз майдонида "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнади. "Насаф" эса сўнгги дақиқаларда "Қизилқум" устидан ғалаба қозонди  1 00:10АПЛ. "Арсенал" - "Манчестер Сити" 1:1  0 00:05COPE: Бускетс МЛС мавсуми сўнггида фаолиятини якунлайди  0 23:30Акмал Рустамов: "Ҳакам қоида бузилишини атайин кутди"  18 23:03Максим Шацких: "Биринчи таймда шунча вазият яратиб, гол ура олмасликни қандай изоҳлаш мумкин, билмадим"  6 22:54"Барселона" — "Хетафе". Педри, Левандовски ва Рафинья асосий таркибда  6 22:48Рўзиқул Бердиев: "Бизга бугун уч очко жуда зарур эди"  16 22:34АПЛ. "Арсенал" "Манчестер Сити" билан ўйиннинг сўнгги дақиқаларида мағлубиятдан қутулиб қолди, Ҳусанов жароҳат сабаб бир тайм ўйнади  57 22:14Иван Бошкович: "Рубин Хебайда жароҳат бор"  1 21:25Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Мальорка" билан дуранг ўйнади, мадридликлар ўйинни ўн киши бўлиб якунлашди  3 21:15Ҳакам томонидан қўшиб берилган дақиқаларда Черан томонидан киритилган гол "Насаф"га ғалаба тақдим этди  123 21:02Туркия Суперлигаси. "Башакшехир" ўз уйида "Аланяспор"ни мағлуб этолмади, истанбулликларнинг ягона голига Шомуродов муаллифлик қилди  17 20:52БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" "Ал Васл"га мағлуб бўлди, Ғаниев 59 дақиқа ўйнади  1 19:37Родри: "Арсенал"дан қасос олишимиз керак"  7 19:18"Арсенал" — "Манчестер Сити". Ҳусанов асосий таркибда  31

10 yil ichida to'rtta chempionatda xet-trikka erishgan Obameyangning gollarini esga olamiz Yangiliklar

10 yil ichida to'rtta chempionatda xet-trikka erishgan Obameyangning gollarini esga olamiz

“Barselona” hujumchisi Per-Emerik Obameyang yangi jamoasining to'rtinchi uchrashuvida nihoyat gol(lar) urdi.

U “Atletiko”, “Espanol” va “Napoli” bilan kechgan bellashuvlarda raqib darvozasini ishg'ol qila olmadi. “Valensiya” bilan bahsda esa gabonlik hujumchi xet-trik qayd etdi. 

Etiborlisi shundaki, Obameyang kuchli beshlik chempionatlarining to'rttasida xet-trikka erishgan ilk futbolchiga aylandi. 

Franciya chempionati

2012 yil. 22 fevral. 

“Sent-Eten” – “Loryan” – 4:2

Gabonlik futbolchi “Milan” akademiyasidan chiqib, “rossonerilar”da debyutini o'tkaza olmadi. Professioanl faoliyatini boshlash uchun Franciyaga yo'l oldi va u erda “Dijon”, “Lill” va “Monako” klublarida ijara asosida o'ynadi. O'tgan mavsumda “Lill”ni mamlakat chempioniga aylantirgan Kristof Galte qo'l ostida “Sent-Eten”da muvaffaqiyatga erishdi. 2011 yilning 5 fevralida u jamoasi safida debyut qildi. Oradan bir yil o'tib, “yashillar” safida birinchi (va yagona) xet-trikini rasmiylashtirdi. “Loryan”ga qarshi bahsda gabonlik hujumchi 56, 68 va 90-daqiqalarla gol urishga muvaffaq bo'ldi. 

Germaniya Bundesligasi

2013 yil. 10 avgust. 

“Augsburg” – “Borussiya D” – 0:4

Franciyadagi muvaffaqiyatli mavsumidan so'ng Dortmundning “Borussiya” klubi 2013 yilning yozida Obemayangni sotib oldi. Etiborlisi shundaki, u yangi jamoasidagi ilk o'yinidayoq “Augsburg” darvozasiga uchta to'p yo'lladi. Yurgen Klopp qo'l ostida haqiqiy hujumchi sifatida shakllandi. 

Angliya Premer-ligasi

2021 yil. 14 fevral. 

“Arsenal” – “Lids” – 4:2

Gabonlik futbolchi katta maqsadlar asosida “Arsenal”ga olib kelingandi. U “to'pchilar” libosida o'zini ko'rsata boshladi. Keyinchalik turli muammolar tufayli Per-Emerik kelishmovchiliklar ostida qoldi. 

U Londonda yakunlanib borayotgan faoliyatining so'nggi qismida xet-trik qayd etdi. 

“Lids” bilan bahsda gabonlik futbolchi raqib darvozasini uch marotaba ishg'ol qildi. Diqqat qiling: Obameyang “to'pchilar”dagi dastlabki va yagona xet-trikini 2021 yilning 14 fevralida qayd etdi. 

Ispaniya La Ligasi

2022 yil. 20 fevral. 

“Valensiya” – “Barselona” – 1:4

Kataloniyaliklar libosini kiygan Obameyang “Valensiya”ga qarshi o'yinga qadar ilk golini ura olmayotgandi. “Mestalya”da o'tgan bellashuv 32 yoshli futbolchiga omadli keldi va 23, 38 va 63-daqiqalarda birin-ketin gollarni urishga erishdi. Bu esa uning faoliyatida davomida kuchli to'rtta ligada to'p kiritgan ilk futbolchiga aylandi. 

Buni Obameyang quyidagicha izohladi:

"Men juda xursandman, lekin eng muhimi, g'alaba qozonganimizdan mamnunman. Oxirgi marotaba “Mestalya”ga “Arsenal” bilan Evropa Ligasi doirasida tashrif buyurgan edim va g'alaba bilan ortga qaytgan edik. Bu safar esa xet-trikka erishdim. Bu stadion men uchun xuddi uyimdek bo'lib qolgan".

Samandarbek tarjimasi

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика