So’nggi yangiliklar

11:18Нико Уильямс МЮ билан ўйин ҳақида: "Фаворит йўқ, улар АПЛда пастда жойлашишган. Биз "Атлетик Бильбао" нималини кўрсатишга ҳаракат қиламиз"  4 10:54Раньери «Рома»нинг «Верона» устидан қозонилган ғалабасига муносабат билдирди  1 10:27Про лига. Бугун 3-тур якунланади  0 09:56«Барселона»да «Реал»га қарши учрашувдан аввал катта йўқотиш бор  5 09:26«Верона»га қарши учрашувдан сўнг Шомуродов ўз фикрларини билдириб ўтди  4 08:58Улуғбек Бакаев: "Гол ўтказиб юборган вазиятимиз ва пенальти белгиланган вазият бўйича ҳам саволларим бор"  13 08:31Исломбек Исмоилов – истеъдодларга тўла жамоа билан мукаммал ишни бажаришга яқин: ОФК расмий саҳифаси Исломбек Исмоилов ҳақида катта мақола эълон қилди  9 08:03Sofascore. Жамоасига ғалаба тақдим этган Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 07:37Суперлига. Бугун Олмалиқ ва Андижонда ўйинлар бор  5 07:05U-17 Осиё кубоги. Бугун ФИНАЛ!  25 02:35Асрор Алиқулов: "Рақибда 65-70 дақиқалардан сўнг бўшлиқлар пайдо бўлишини кутгандик"  1 02:14Анвар Бердиев: "Ўйин битта голгача бўлди, уни эса "Машъал" урди"  5 02:00Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда 90+3 дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда аутсайдерлардан бирига мағлуб бўлди  7 01:38А Серия. Шомуродовнинг голи "Рома"га "Верона" устидан ғалабани тақдим этди  40 01:36"Насаф" "Жар"да "Бухоро"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0

10-sinfda o'qiyotgan va Superligada ajoyib gollar urayotgan Jasur Jaloliddinov bilan suhbat Yangiliklar

10-sinfda o'qiyotgan va Superligada ajoyib gollar urayotgan Jasur Jaloliddinov bilan suhbat

2019 yilgi mavsumda "Bunyodkor"ning asosiy tarkibi 95 foiz o'z akademiyasi tarbiyalanuvchilaridan tashkil topmoqda.

Vadim Abramov boshchiligidagi jamoa safida bir qator yoshlar Superligada o'ynashmoqda. Ular orasida Jasur Jaloliddinov ajralib turibdi desak mubolag'a bo'lmasa kerak. 2002 yilda tavallud topgan yarim himoyachi "Navbahor" bilan Farg'onadagi bahsda Superligadagi o'zining birini golini urishga muvaffaq bo'lgandi. O'tgan tur "Andijon" darvozasiga uzoq masofadan ajoyib gol urishning uddasidan chiqdi. Biz yosh futbolchi bilan suhbatlashishga qaror qildik.

- Futbolga kirib kelishingiz qanday bo'lgan?
- Navoiydagi uyimizning oldida katta stadion bo'lardi. Yoshligimdan futbolga qiziqardim, u erda mendan katta bolalardan iborat jamoa mashg'ulot o'tkazardi. Hozir "Nasaf"da o'ynayotgan Islom Kenjaboev va u bilan tengdosh bo'lgan bolalar bilan birga shug'ullanishni boshlaganman. Asror Pirnazarov mening birinchi murabbiyim bo'ladilar. Bazida mashg'ulotlardan keyin men bilan alohida shug'ullanardilar.

- "Bunyodkor" akademiyasiga qanday kelib qolgansiz?

- Samarqandda musobaqa bo'lgandi. U erda "Bunyodkor"ning 2000 yilda tug'ilgan futbolchilaridan iborat jamoaga qarshi o'ynaganmiz. O'shanda "Bunyodkor"da Otabek G'ulomxo'jaev murabbiy edi. O'yindan keyin shu inson menga "Bunyodkor" akademiyasiga kelishimni maslahat berganlar. Keyin Toshkentga kelganman. Akademiyada 2002 yilda tug'ilgan futbolchilardan iborat jamoaning murabbiyi Sergey CHigodaev edi. SHu tariqa "Bunyodkor"dagi faoliyatim boshlangan.



- Professional futbolchi bo'lishingizda qaysi murabbiylarning xissasi katta bo'lgan?

- Birinchi murabbiyim Asror Pirnazarov, "Bunyodkor"dagi birinchi murabbiyim Sergey CHigodaevga katta rahmat aytaman. Katta futbolga kirib kelishda mana shu murabbiylarning xizmati katta bo'lgan. Bundan tashqari yordamchi murabbiy sifatida ishlagan Temur aka Boboxonovga ham minnatdorchilik bildiraman. Bundan tashqari marhum Akmal Risqullaevni ham eslab o'tishim kerak. Bu inson Sergey CHigodaev bilan birga bizning jamoani boshqarganlar. Bu murabbiy qo'l ostida xorijdagi ko'plab musobaqalarga borganmiz. Ilohim joylari jannatda bo'lsin. CHigodaev va Risqullaev boshchiligida Malayziyadagi musobaqada PSJ yoshlariga qarshi o'ynaganmiz. Uchrashuvda hisobda ortda qola turib yutib ketgandik. Jarima to'pidan gol urgandim, penaltilar seriyasida esa g'alaba qozongandik. O'yindan oldin murabbiylarimiz barchamizni yig'ib juda tasirli gaplarni aytishgandi, o'sha gaplar hamon yodimdan chiqmaydi.

- Futbolchi bo'lishdagi qiyinchiliklar bo'lgan deb eshitganmiz...

- Albatta qiyinchiliklar bo'lgan. O'sha qiyinchiliklarni engib o'tish ham ancha og'ir bo'lgan. Ammo o'z oldimga qo'yilgan maqsad sari intilishda davom etaverganman. Tog'alarim, buvimning ishonchi ham menga madadkor bo'lgan. Yon atrofimdagi insonlar, murabbiylarim va yaqinlarim menga doim yordam berishgan. Mana shu darajaga chiqishda qanchalik qiynalganimni yaratgan ko'rib turibdi. Ko'plab insonlarning mehnati singgan, ko'plab chig'iriqlardan o'tganman shu bois ham osongina yulduzlik kasaliga chalinmayman, bunga vada beraman.

- SHu darajaga chiqishingizda kimlarga rahmat aytmoqchisiz?

- Ko'plab insonlarga rahmat aytmoqchiman. Aniq bitta odamni aytsam qolganlar xafa bo'lib qolishi mumkin. Yuqorida aytganimdek marhum murabbiyim Akmal Risqullaevning shu kunlarni ko'ra olmaganlari men uchun armon bo'lib qoldi. Urgan gollarimni ko'rganlarida, yutuqlarimni ko'rib juda xursand bo'lardilar.



- Bugungi kunda "Bunyodkor"ni tajribali Vadim Abramov boshqarmoqda. Ushbu murabbiy haqida qanday fikrdasiz?
- Vadim Karlenovich juda kuchli murabbiy, buni barcha biladi. Juda og'ir-bosiq, barcha narsani o'ylab bajarishni, nima to'g'ri, nima noto'g'ri ekanligini bosiqlik bila tushuntira oladilar. Ko'p ham ko'p gapirmaydilar, lekin eng kerakli narsalarni aytadilar. Oddiy narsadan fojia yasamaydigan inson. 16 yoshimda menga mana shunday asosiy tarkibda imkoniyat bermoqdalar, men esa o'z navbatida bu isonning ishonchini oqlashga majburman.

- Bu mavsum hozircha 4ta o'yinning barchasida asosiy tarkibda maydonga tushdingiz. Ammo hech bir uchrashuvda to'liq o'ynamadingiz. Bu jismoniy holat bilan bog'liqmi yoki Abramov yosh bo'lganingiz uchun sizni ayamoqdami?

- Dastlabki ikki turda deyarli 80 daqiqa harakat qildim. "Navbahor" bilan o'yinda esa kichik jarohat olgandim, u hali to'liq bitgani yo'q. SHu bois "Andijon" bilan bahsda og'riq sezdim va bosh murabbiy meni almashtirdi. Bir narsani aytmoqchiman, murabbiy menga qancha imkoniyat bersa shuncha o'ynashga tayyorman. Murabbiyning har bir qarorini hurmat qilaman va menga taqdim etilgan har bir daqiqaning qadriga etaman. "Bunyodkor" uchun kerak bo'lsa 120 daqiqa o'ynashga ham tayyorman.

- Uzoqdan kuchli zarba bera olish bu siza tug'mami yoki mashg'ulotlar samarasimi?

- Qaysi murabbiy bilan ishlagan bo'lsam, barchasi vaziyat to'g'ri kelsa uzoqdan zarba berishimni aytishgan. To'g'ri balki bu tug'ma bo'lishi mumkin, lekin mashg'ulotlarda o'z ustimda ishlamasam yoki buni takrorlab turmasam keyingi safar hech narsa o'xshamaydi deb o'ylayman. Barchasi mehnat, mashg'ulotlarda ishlash va tayyorgarlikka bog'liq. To'g'ri "Andijon" bilan o'yinda uzoqdan gol urdim, ammo hech qachon to'xtab qolmayman. Yana uzoqdan gol urishni istayveraman.



- O'zbek futbolchilaridan kimga havas qilasiz?

- "Bunyodkor" klubining sobiq hujumchisi Eldor SHomurodovga ko'proq havas qilaman. Eldor aka bilan juda yaqinmiz, hozir ham gaplashib turamiz. Yaqin akalarimdan biri. Eldor aka barcha narsaga o'z mehnatlari bilan erishganlar. SHu bois ularga havas qilaman. "Rostov"da va O'zbekiston terma jamoasidagi faoliyatda doim omad tilab qolaman.

- Xorijdanchi?

- "Barselona" hujumchisi Lionel Messining o'yinlarini ko'rib boraman. Uning o'yinlari juda yoqadi, harakatlarini takrorlashga urinaman. Ammo hech kim Messidek bo'la olmaydi, u dunyoda bitta.

- CHet elda qaysi klub muxlisisiz?

- Angliyaning "Manchester Siti" klubiga muxlislik qilaman. Ularning o'yini, tizimi yoqadi. Sotib oladigan futbolchilarning sifati menga manzur keladi.

- Jasur Jaloliddinov bir kunda qancha vaqtini ijtimoiy tarmoqlarga sarflaydi?

- Bo'sh vaqtlarimda ijtimoiy tarmoqlarga kirib turaman, ammo aniq qancha vaqt ajratishimni bilmayman.

- Hozir qaerda tahsil olayapsiz?

- Bugungi kunda CHilonzor tumanida joylashgan 162-maktabda 10-sinfda o'qiyman.

- Bu mavsum "Bunyodkor" tarkibi yosharib ketdi. Jamoaning maqsadi qanday?

- To'g'ri aytasiz "Bunyodkor" tarkibi anchagina yosharib ketdi, ko'plab futbolchilar ketishdi. SHaroitdan kelib chiqqan holda ham shunday bo'ldi deb o'ylayman. Ammo Vadim Abramov mana shu yoshlar bilan ham natija ko'rsatsa bo'lishini isbotlab qo'ydi. "Bunyodkor" tarkibi o'zgardi, ammo klubning maqsadi o'zgargani yo'q. Imkon qadar yuqori o'rinni egallashga harakat qilamiz. Biz har bir o'yinda xuddi finalga tushgandek o'ynayapmiz.

Narzulla Saydullaev suhbatlashdi

Reyting: +82   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика