So’nggi yangiliklar

13:50Расмус ўрнига Уоткинс? МЮ ҳужумида ўзгаришлар кутилмоқда  0 13:25"Динамо" легионери узоқ муддатга сафдан чиқди  0 12:51Алонсонинг биринчи қурбони: "Реал" мураббийи ҳимоячилардан биридан воз кечди  1 12:23"Динамо" етакчиларидан бири жиддий жароҳат олди. У Туркияда операция қилинади  2 11:57"Машъал" 3 нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  0 11:30Ибрагимович Мессининг жамоадошларини танқид қилди: "У ҳайкаллар билан ўйнамоқда"  15 10:40"Астон Вилла" бир қатор футболчилар билан хайрлашди  0 10:12Лионель Месси кежалаги борасида бир қарорга келди  19 09:55КЖЧ. "Ал Ҳилол" тўртта гол уриб, "Манчестер Сити"ни мусобақадан чиқариб юборди  42 09:43ОКМК дарвозабони жамоани тарк этишга яқин  1 09:10"Ким қолишни истамаса, хайр!". "Интер" сардори Лаутаро ЖЧни тарк этганига муносабат билдирди  6 08:44Сенсация! "Ал Ҳилол" даҳшатли ўйинда "Манчестер Сити"ни мағлуб этди ва кейинги босқичга йўл олди  102 08:20Суперлига. 15-тур баҳсларининг бошланиш вақтлари маълум  1 07:40Криштиану Роналду: "Бу аллақачон ўтмиш"  19 04:34"Манчестер Сити" — "Ал Ҳилол". Таркиблар маълум  67

1-tur yakunlari: 284 451 muxlis, 15 mlnga teng ochilish marosimi, 1 ochko va Manchini bilan Klinsmann Yangiliklar

1-tur yakunlari: 284 451 muxlis, 15 mlnga teng ochilish marosimi, 1 ochko va Manchini bilan Klinsmann

Osiyo Kubogi tarixida eng ko'p kun davom etgan birinchi tur o'yinlari o'z yakuniga etdi. Tabiiyki, tahlil uchun ayni vaqti.

Musobaqada jamoalar soni 24 ta bo'lganligi tufayli jamoalar 5 kunda bir marotaba o'ynaydilar. Gurudan uchinchi o'rinni qayd etadigan erma jamoalarni keyingi bosqichga chiqish imkoniyatiga ega bo'lishi, so'nggi turda ham o'yinlar bekorga o'tmasligiga sabab bo'ladi. Ayniqsa bu Tojikiston, Qirg'iziston, Vetnam va Tailand kabi jamoalarga qo'l keladi. Kecha xabar chiqdiki, agar Xitoy bilan durang qayd etgan Tojikiston terma jamoasini Livanga qarshi kechadigan o'yiniga hukumat rahbari Dohaga kelishi mumkin ekan. Livan terma jamoasini “Paxtakor” bilan 2010 yil safarda "Al Ayn"ni mag'lub etgan Miodrag Radulovich boshqaryapti. 

Osiyo Kubogida ikki mashhur murabbiy faoliyat olib bormoqda. Biri futbolchilik davrida JCH va Evropa chempioni bo'lgan germaniyalik mutaxassis Yurgen Klinsmann. Unga Janubiy Koreya futbolining afsonalaridan biri CHa Du Ri yordam beryapti. 2015 yilgi Osiyo Kubogida terma jamoamiz Janubiy Koreyaga qarshi o'z tarixidagi eng zo'r o'yinini namoyish qilgandi. O'shandagi ekstra taymda zaxiradan tushgan CHa Du Rining faol harakatlari evaziga koreyslar darvozamiz to'rini ishg'ol qilgandi. 





Yana bir afsona Manchini. Italiyani Evro g'olibligi sari etaklab "Inter" va "Manchester Siti" bilan mamlakat chempionligini qo'lga kiritgan Roberto Manchini Saudiya Arabistoni terma jamoasi fonida hujumkor jamoa shakllantira olganligini kechagi O'monga qarshi bahsda tomosha qildik. 


284 451 muxlis



Qiziq malumot, tomoshabinlar tashrifi bo'yicha rekord “A” guruhiga tegishli bo'ldi. Eng ko'p muxlis ochilish marosimiga tashrif buyurgan, 82 490 nafar kishi o'yinni bevosita stadionga kirgan. Eng kam muxlis ham mana shu turda, mana shu guruhda qayd qilindi, 4001 kishi. Ochilish marosimiga 50 000 000 Qatar Reali ishlatilgan. Bu taxminan 15 mln dollarga teng.

“A” guruh.

Qatar - Livan 82 490, tomoshabin.

Xitoy - Tojikiston, 4001 tomoshabin.

Malumot uchun O'zbekiston va Suriya terma jamoalari o'rtasidagi bahsga 10 198 kishi kirdi. 700 000 nafardan ko'p hindistonlik istiqomat qiladigan Qatardagi Hindiston - Avstraliya o'yiniga 35 253 nafar muxlis qo'llab-quvvatladi. 


Sensaciyalar



Xitoy va Tojikiston o'rtasida qayd qilingan natija sensaciya sifatida qayd qilindi. Bu o'yinda qo'shnilarimiz g'alaba qozonib ketishlari ham mumkin edi, ammo xitoylik posbonning mahorati CHin yurtini muqarrar gollardan saqlab qoldi. O'zbekiston - Suriya o'yinini media markazdagilar kutilmagan natija sifatida baho beryaptilar. Haqiqatdan shundaymi? Agar Vetnam 2:1 hisobini ushlab qola bilganida, nafaqat turning, balki 2024 yil sensaciyasiga qo'l urgan bo'lardi. Ammo yaponlar xotirjamlik bilan o'yinni olib chiqib ketdilar, 4:2. Qolgan o'yinlardagi natijalar kutilganidan ortiq bo'lmadi.


12 ta o'yinga, 7 ta stadion mezbon. 




Lusaylni endi faqat finalda ko'ramiz. JCH-2022 da «Lusayl» stadioni ochilish marosimi va guruhning markaziy o'yinlari hamda, 1/8, 1/4, 1/2 va final o'yiniga mezbonlik qilgan. Qizig'i shundaki, bu Argentina terma jamoasining uy stadioni bo'lgan. CHempionlar guruhdagi ikkita o'yin va 1/4, 1/2 finallarni o'ynab Franciya bilan hal quluvchi bosqichga chiqqan. Bu tasodifmi yoki scenariy bilmadim, Franciya terma jamoasi finalga qadar «Lusayl»da bitta ham o'yin o'tkazmagan. Messi esa finalgacha 4 ta o'yin o'ynab bo'lgandi.

Quyidagi arenalar dastlabki turda 2 tadan uchrashuvga mezbon bo'ldilar: Al Janub, Jassim bin Hamad, Ahmad bin Ali va Abdulloh bir Halifa.


2-tur anonsi bilan tanishtirib o'taman

17.01. Livan - Xitoy

17.01. Tojikiston - Qatar

18.01. Suriya - Avstraliya 

18.01. Hindiston - O'ZBEKISTON 

18.01. Falastin - BAA

19.01. Iroq - Yaponiya

19.01. Vetnam - Indoneziya

19.01. Gonkong - Eron 

20.01. Iordaniya - Janubiy Koreya 

20.01. Bahrayn - Malayziya

21.01. O'mon - Tailand

21.01. Qirg'iz Respublikasi - Saudiya Arabistoni

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика