So’nggi yangiliklar

15:20"Андижон" "Сурхон" ярим ҳимоячисини қўлга киритди  0 14:52Рафинья фаолиятини якунлаганини маълум қилди  0 14:28"Интер" BYD билан ҳамкорлик қилади  1 14:00Эндрик 18 ёшида уйланди, Холанд Римда дам олмоқда. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  0 13:53Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  8 13:36Эшитдик-да! "Сўғдиёна" Люпчо Дориевга йирик миқдорда товон пули белгилаган  7 13:10Эшитдик-да! Рустам Турдимуродов "Сурхон"га ўтади  8 12:56"Ньюкасл" ҳимоячисини "Манчестер Сити"га қўйиб юбормоқчи эмас  1 12:31Расман: "Пахтакор" ироқлик ҳимоячи трансферини эълон қилди  4 12:19Манба: Тожикистон собиқ устози Сегрт Ўзбекистон терма жамоаси бошқарувига келиши кутилаётган Лёвга ёрдам бериши мумкин  15 11:54Асрор Алиқулов жамоадан кетгани йўқ — "Машъал"  1 11:34Қирғизистон клуби "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  2 11:21"Машъал" андижонлик футболчи билан шартнома имзолади  4 10:50"Нефтчи"ни яна бир тажрибали футболчи тарк этиши мумкин  4 10:16"Ливерпуль" футболчиси Италияга қайтишга яқин  4

1 iyul kuni JCH saralash bosqichi uchinchi raundiga qura tashlanadi Yangiliklar

1 iyul kuni JCH saralash bosqichi uchinchi raundiga qura tashlanadi

Kecha Osiyo qitasi bo'ylab o'tkazilgan o'yinlardan so'ng hal qiluvchi uchinchi bosqichga yo'l olgan barcha jamoalar malum bo'ldi.

Guruh g'olibi sifatida keyingi bosqichga chiqqan jamoalar:

Suriya

Avstraliya

Eron

Saudiya Arabistoni

Yaponiya

BAA

Janubiy Koreya


Eng yaxshi ikkinchi o'rin bilan yo'l olgan jamoalar:

Xitoy

Iroq

Ummon

Vetnam

Livan

Hal qiluvchi uchinchi bosqichda jamoalar 6tadan ikki guruhga bo'linadi. Har bir guruhdan ikkitadan jamoa to'g'ridan to'g'ri jahon chempionati yo'llanmasiga ega bo'ladi. Uchinchi o'rinni egallaganlar o'zaro pley-off bahsida maydonga tushishadi va yutgan jamoa OFK, KONKAKAF, KONMEBOL va Okeaniya o'rtasida tashkil etialdigan qitalararo pley-off uchrashuvlariga yo'l oladi. 

Osiyo uchun hal qiluvchi uchinchi raund bahslariga 1 iyul kuni qura tashlanadi. Savatchalarga jamoalar FIFA reytingidagi o'rinlariga ko'ra taqsimlangan.  

Birinchi savatcha: Yaponiya, Eron.

Ikkinchi savatcha: Janubiy Koreya, Avstraliya.

Uchinchi savatcha: Saudiya Arabistoni, Iroq.

To'rtinchi savatcha: BAA, Xitoy.

Beshinchi savatcha: Suriya, Ummon. 

Oltinchi savatcha: Vetnam, Livan

Bu degani bitta savatchadagi jamoalar keyingi bosqichda bir-biriga raqib bo'lmaydi. Masalan, Yaponiya joy oladigan guruhda Eron bo'lmasligi aniq. 


Taqvim ham tayyor

JCH saralash uchinchi raundda o'tkaziladigan o'yinlar uchun yangi taqvim ham ishlab chiqilgan. Bahslar shu yilning 2 sentyabridan boshlanib, kelasi yilning 29 mart sanasida tugaydi.

1-tur. 2 sentyabr

2-tur. 7 sentyabr

3-tur. 7 oktyabr

4-tur. 12 oktyabr

5-tur. 11 noyabr

6-tur. 16 noyabr

7-tur. 27 yanvar

8-tur. 1 fevral

9-tur. 24 mart

10-tur. 29 mart

Reyting: -31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика