So’nggi yangiliklar

01:10Постекоглу "Тоттенхэм" мавсум охирида клубни тарк этади  1 00:50Никола Лазаревич: “Ўйин охиридаги вазиятларни голга айлантира олдик”  0 00:40Зайниддин Тожиев: "Йигитларда ўзларига ишонч етишмади"  0 00:20Ла Лига. "Барселона" – "Мальорка" (онлайн ҳисоб)  21 00:20Ҳаким Фузайлов: "Вазифани уддалаб бўлдик. Кейинги ўйинда ротация амалга оширамиз, U21 жамоамиздан ўйинчилар жалб қиламиз."  0 00:03Шомуродовнинг голи "Рома"га ғалабага келтирди: А Серия 33-тур якунлари  1 00:00АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Астон Вилла"ни қабул қилмоқда, Ҳусанов ўйинни захирадан бошлади (онлайн ҳисоб)  41 23:59"Жайхун" устози Айбек Нурбаев: "Сарсенбаев ва Эримбетовни бирданига асосий таркибга киритмаймиз"  3 23:25Ўзбекистон кубоги. "Қизилқум" "Замин" устидан ғалаба қозонган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 22:34Исломжон Аҳмедов: "Бу ўйиндан катта тажриба олдик. Хато ва камчиликлар устида ишлаймиз"  1 22:20Баҳром Ҳайдаров: "Иккинчи бўлимда тажриба ўз сўзини айтди"  0 21:45U-21 биринчилиги. Бир ўйинда 10та гол, "Бунёдкор" футболчисидан гекса-трик, дербида 10та сариқ: 6-тур якунланди (ТУРНИР ЖАДВАЛИ)  0 21:20Нуньес ёзда "Ливерпул"ни тарк этади. Ҳужумчи 2022 йилда 75+25 миллион еврога сотиб олинганди  2 20:58Гарначо учун тўртта топ клуб даъвогарлик қилмоқда  8 20:37Хулиан Альварес "Атлетико"ни тарк этиши мумкин  7

0:7ga qanday izoh berildi? So'z murabbiylarga (JCH saralash o'yinlaridan keyingi fikrlar) Yangiliklar

0:7ga qanday izoh berildi? So'z murabbiylarga (JCH saralash o'yinlaridan keyingi fikrlar)

Kecha, 5 sentyabr kuni Osiyo qitasida JCH-2026 saralash bosqichining uchinchi raundiga start berildi.

Bazi o'yinlarda kutilmagan natija qayd etilganidan xabaringiz bor. Quyida bo'lib o'tgan etiborga molik uchrashuvlardan so'ng murabbiylar fikrini keltirib o'tamiz.


A guruhi: Eron, Qatar, O'zbekiston, BAA, Qirg'iziston, KXDR.

1-tur. O'zbekiston - KXDR 1:0

Srechko Katanec (O'zbekiston bosh murabbiyi): - Yaxshi o'yin ko'rsata olmagan bo'lsak ham, muhimi g'alaba qozondik. Agar keyingi o'yinlarda ham shunaqa o'ynab g'alaba qozonsak, bunga rozi bo'lardim. CHunki futbolda eng muhimi - natija. Asosiy gol urdik va o'z darvozamiz daxlsizligini saqlab qoldik.

Sim Yong Gam (KXDR bosh murabbiyi): - O'yin kutganimizdan yuqori tempda o'tdi, afsus gol urmasdan mag'lub bo'ldik. SHogirdlarimdan yanada yaxshiroq natija kutgandim. Endi bor etiborni keyingi o'yinga qaratamiz.

1-tur. Eron - Qirg'iziston 1:0

Amir Galenoi (Eron bosh murabbiyi): - Kichik hisobda g'alaba qozondik, ikkinchi bo'limda to'p nazorati bizda yaxshi bo'ldi. O'ylaymanki, bugungidan ham yaxshiroq o'ynay olamiz, ko'p zarbalar berdik, lekin bitta gol urdik. Zaxiradan tushgan futbolchilar o'yinga kirishib keta olmadi. Bu esa muammoga aylandi.

Maksim Lisicin (Qirg'iziston bosh murabbiyi): - Birinchi taymdagi ishimiz o'xshamadi, lekin shunga qaramay yigitlarga rahmat aytaman. Bizda ham imkoniyat bo'lgandi, ammo vaziyatdan foydalana olmadik, bundan esa juda xafaman. Kojo qulay vaziyatdan gol ura olmadi, lekin bu futbol. 

1-tur. Qatar - BAA 1:3

Markes Lopes (Qatar bosh murabbiyi): - O'yinni yaxshi boshladik va gol urdik, lekin yakuniy natija biz kutgandek chiqmadi. Hali barcha oldinda va guruhdan chiqish uchun yaxshi imkoniyatga egamiz. Oldinda 9ta tur bor va bu o'yinlarda har narsa sodir bo'lishi mumkin.

Paulu Bentu (BAA bosh murabbiyi): - Hal qiluvchi saralashning dastlabki o'yinida g'alaba qozonganimizdan xursandmiz. Bu holat keyingi o'yinlar oldidan ajoyib motivaciya bo'ladi. O'laymanki, g'alabaga haqli ravishda erishdik. Ayniqsa ikkinchi bo'limda juda chiroyli o'yin ko'rsatdik.

B guruhi: Janubiy Koreya, Iroq, Iordaniya, Ummon, Falastin, Quvayt.

1-tur. Janubiy Koreya - Falastin 0:0

Xong Myung Bo (J.Koreya bosh murabbiyi): - Oxirigacha faqat g'alaba uchun o'ynadik, agar birinchi taymda yaxshiroq harakat qilganimizda g'alaba qozonardik. Albatta, yakuniy hisobdan qoniqmadim. O'z navbatida munosib qarshilik uchun Falastin terma jamoasiga ham rahmat aytish kerak.

Makrab Dabub (Falastin bosh murabbiyi): - Juda qiyin o'yinni o'tkazdik. Maydonga tushgan barchaga katta rahmat. Safardan bir ochko bilan qaytish yoqimli. Falastin xalqi bu natijadan xursand bo'ldi, hali ishlashda davom etamiz. Maqsadimiz - jahon chempionatiga chiqish.

C guruhi: Yaponiya, Avstraliya, Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Xitoy, Indoneziya.

1-tur. Yaponiya - Xitoy 7:0

Hajime Moriyasu (Yaponiya bosh murabbiyi): - Avvalgi saralash bosqichining ilk turida mag'lubiyatga uchragandik. O'sha o'yin bizga katta dars bo'ldi. SHu bois Xitoy bilan faqat g'alabani o'ylab maydonga tushdik. Men xohlagan barcha futbolchilarni yig'ib bergani uchun Yaponiya futbol associaciyasiga rahmat. Biz o'zimiz xohlagandek o'yinni o'tkaza oldik. Dastlabki bahsdagi yirik g'alaba jahon chempionatiga borishni anglatmaydi, hali qiladigan ishimiz ko'p.

Branko Ivankovich (Xitoy bosh murabbiyi): - Bu hayotimdagi eng yomon kunlardan biri bo'ldi. Bunaqa yirik hisobda yutqazamiz deb umuman o'ylamagandim. G'alaba bilan Yaponiya terma jamoasini tabriklayman. Ular har tomonlama bizdan yaxshi ko'rindi. Yaponiya - Osiyodagi eng etakchi jamoalardan biri. Bugun futbolchilar o'rtasidagi farq ham ko'zga tashlandi.

1-tur. Avstraliya - Bahrayn 0:1

Grem Arnold (Avstraliya bosh murabbiyi): - Bahrayn 10 kundan beri shu erda mashg'ulot olib bordi, bu esa o'z samarasini berdi. Bizdan ko'p bora omad yuz o'girdi. Nimayam derdim, ishlashda davom etamiz va keyingi o'yinlarda g'alaba qozonishga harakat qilamiz.

Dragan Talaich (Bahrayn bosh murabbiyi): - Barcha shogirdlarimni g'alaba bilan tabriklayman. Bugun uch ochko uchun oxirigacha kurashdik. O'yinga qo'yilgan rejamiz ish berdi. Avstraliya - kuchli jamoa, lekin biz ham o'z kuchimizga ishongandik. Doim oxirigacha kurashamiz.

1-tur. Saudiya Arabistoni - Indoneziya 1:1

Roberto Manchini (Saudiya Arabistoni bosh murabbiyi): - Dastlabki 30 daqiqadagi harakatimizdan umuman ko'nglim to'lmadi. Futbolda vaziyatni golga aylantirmasang - yutmaysan. Oxirgi bir nechta o'yindan beri bu holat takrorlanyapti. Vaziyatni tezroq o'nglamasak bo'lmaydi.

SHin Tae Yong (Indoneziya bosh murabbiyi): - O'yin boshidan oxirigacha juda qiyin kechdi. Lekin biz gol urib bir ochkoni qo'lga kirita oldik. Jamoadagi hamma bor kuchini berib harakat qilgani uchun durangga erishdik deb o'ylayman. Bazi vaziyatlarda hatto hujumchilarimiz ham himoyaga qaytib yordam berishdi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика