31 okt 2024 23:09

Xummels "Real"ning "Oltin to'p"ga boykotini Trampning xatti-harakati bilan taqqosladi: "Boshqalarga hurmatsizlik qilish yaxshimas"

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
"Roma" himoyachisi Mats Xummels "Real" futbolchilarining "Oltin to'p" marosimiga boykotini Donald Trampning uslublari bilan taqqosladi.

Madrid klubi asosiy sovrin Vinicius Juniorga emas, balki "Manchester Siti" xavbeki Rodriga nasib etishini bilib olgandan so'ng, Parijdagi "Oltin to'p" topshirish marosimida ishtirok etishdan bosh tortdi.

"Ovoz berishda g'alaba qozona olmaganingizda "hurmatsizlik" qilish - Trampga xos xususiyatdir.

Afsuski, bu boshqalarga nisbatan hurmatsizlikdir. Bu ish yaxshmas", dedi 35 yoshli himoyachi.

Eslatib o'tamiz, Mats o'tgan mavsum Dortmundning "Borussiya" jamoasi bilan CHempionlar ligasi finalida "Real"ga yutqazgandi (0:2).

Manba : Der Spiegel
Bu xabar bilan bo'lishing:
  +5 

O’xshash yangiliklar

Fikrlar

Fikr yozish


Musobaqalar

O'zbekiston Superliga Rossiya Xalqaro Angliya Germaniya Ispaniya Italiya Fransiya Boshqalar →

Intervyular

Яндекс.Метрика