10 fev 2024 11:02

Xitoy hukumati Argentina terma jamoasining o'rtoqlik uchrashuvlari bo'yicha rasmiy bayonot berdi

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Argentina terma jamoasining mart oyida Xitoyda bo'lib o'tishi kerak bo'lgan o'rtoqlik uchrashuvlari bekor qilindi.

 Bu haqida Xanchou sport qo'mitasi rasmiy bayonot berdi.

“Malum sabablarga ko'ra, vakolatli organlar Argentina terma jamoasi ishtirokida o'yin o'tkazish uchun sharoit yo'q degan xulosaga kelishdi. SHu sababli mart oyidagi o'rtoqlik uchrashuvlarini Xitoyda o'tkazmaslik bo'yicha qaror qabul qilindi”, — deyiladi rasmiy xabarda.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Messining Gonkong yulduzlar terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushmagani sababli Argentinaning Nigeriya va Kot-dʼIvuarga qarshi mart oyida bo'lishi lozim bo'lgan uchrashuvlarni bekor qilmoqchi ekanligi xabar qilingandi.

Bu xabar bilan bo'lishing:
  +6 

O’xshash yangiliklar

Fikrlar

Fikr yozish


Musobaqalar

O'zbekiston Superliga Rossiya Xalqaro Angliya Germaniya Ispaniya Italiya Fransiya Boshqalar →

Intervyular

Яндекс.Метрика