05 sen 18:08

Xabi Alonso "Real" skautiga niderlandiyalik futbolchini kuzatib borish topshirig'ini berdi

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
"Real" bosh murabbiyi Xabi Alonso klubning bosh skauti Yuni Kalafatdan AZ yarim himoyachisi Kes Smitni kuzatib borish uchun Niderlandiyaga borishni so'radi.

Bu haqda "Real Madrid Confidencial" malumot berdi.

Manbaga ko'ra, Alonso 19 yoshli niderlandiyalikni jamoaning asosiy tarkibiga munosib deb bilmoqda. Keyingi transfer oynasida u "Real"ga o'tishi mumkin.

Smit 2024/25 yilgi mavsum AZ safida barcha musobaqalarda 43 o'yinda 10 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

Transfermarkt futbolchining transfer qiymatini 5 million evroga baholamoqda.

Manba : Real Madrid Confidencial
Bu xabar bilan bo'lishing:
  +3 

O’xshash yangiliklar

Fikrlar

0
05/09 22:51
Kroos6366
Rostini aytaman yarim ximoyada futbolochi ko‘payib ketti! Yaxshi Markaziy Hujumchi bilan yaʼna bitta markaziy himoyachi kere
0
05/09 19:29
REAL MADRID
Реал оламан деса, АЗ камида 35 миллион сўрайди Реалдан
Fikr yozish


Musobaqalar

O'zbekiston Superliga Rossiya Xalqaro Angliya Germaniya Ispaniya Italiya Fransiya Boshqalar →

Intervyular

Яндекс.Метрика