So’nggi yangiliklar

14:15"Манчестер Юнайтед" Италия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0 13:48Беннасер ва Адли фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  0 13:21"Нефтчи" кениялик форвардга қизиқмоқда  6 12:58Буну, Кукурелья, Витинья, Палмер... КЖЧ рамзий терма жамоаси  0 12:30"Хоразм" ярим ҳимоячиси жамоадан кетди  1 12:08Расман: Ҳожимат Эркинов "Пахтакор"га қайтди  5 11:50"Атлетико" Аргентина терма жамоасининг яна бир вакилини харид қилмоқчи  0 11:21Флетчер "Манчестер Юнайтед" U-18 бош мураббийи этиб тайинланди  0 10:45"Андижон"нинг янги легионери: "Максим Шацких Украина футболи учун ҳақиқий афсонадир"  8 10:07Клублар ўртасидаги ЖЧ. Ким қанча ишлаб олди?  6 09:30Суперлиганинг ўтган мавсумдаги энг яхши ёш футболчиси фаолиятини водий жамоасида давом эттиради  3 08:53Терма жамоамизнинг яна бир аъзосига Греция ва Ла Лига 2 жамоасидан қизиқиш бор  20 08:19"Реал" ўз тарбияланувчисининг қайтганини эълон қилди  8 07:47Терма жамоамизнинг яна бир аъзоси легионерга айланди. Унинг янги жамоасидаги рақами ҳам маълум  8 07:39Ўзбекистон МТЖ аъзоси Эрон чемпиони билан шартнома имзолайди  13

Vadim Abramov - "Bunyodkor", yangi futbolchilar va vazifalar haqida Yangiliklar

Vadim Abramov - "Bunyodkor", yangi futbolchilar va vazifalar haqida

Xabaringiz bor, bir nech kun avval “Bunyodkor” klubiga bosh murabbiy etib Vadim Abramov tayinlandi.

Hozirda klub futbolchilari Vadim Abramov boshchiligida mashg'ulotlar olib boayotgani haqida avvalroq xabar berib o'tgan edik. Bugun klub bosh murabbyi bilan uyushtirilgan qisqacha intervyuni siga taqdim etamiz.

-“Bunyodkor” haqida...
-“Bunyodkor” o'z tarixi va ananalariga ega jamoa ekanligi barchaga malum. Klub har doim o'zbek futboli bayroqdorlaridan biri bo'lib kelgan. Biz qanday jamoaga kelganimizni juda yaxshi tushunib turibmiz.  Bizning vazifamiz qilingan ishlardan  yanada yaxshirog'ini amalga oshirish.  Meni xursand qiladigani klubda yosh futbolchilarning ko'pligi va ularning o'rganishga ishtiyoqi kuchli ekanligi. Yoshlar bilan ishlash doim yoqimli. Oldimizga qo'yilgan vazifa aynan shu yosh futbolchilarning darajasini, mahoratini oshirish. Birinchi navbatda ularning har biri bilan tanishib olishimiz kerak. Menimcha 10 kun ichida ular bilan tanishib olish hamda futbolchilarning nimaga qodir ekanliklariga dastlabki bahoni berish uchun etarli bo'ladi. Va shundan so'ng biz qanday ishlarni amalga oshirishimiz kerakligi haqida tasavvur va yangi mavsumga aniq rejalarni tuzib olishmiz mumkin bo'ladi.

-Klubga yangi futbolchilar taklif etiladimi?
-Birinchi navbatda biz hozir tarkibmizdagi bor futbolchilar bilan tanishib olishimiz va ularning nimaga qodir ekanligini aniqlab olishimiz zarur. Aynan qaysi chiziq yoki poziciyani kuchaytirishmiz kerakligini bilib olganimizdan so'ng “Bunyodkor” uchun o'ynash istagida bo'lgan, biz mahoratini yaxshi bilagn va “Bunyodkor”ning darajasiga mos tushadigan  futbolchilarni taklif etishimiz mumkin.

-Rahbariyat odingizga qanday vazifalarni qo'ydi?
-Hozir siz bilan oldimizga qo'yilgan vazifa haqida gaplashishga erta. Lekin hozircha bir narsani aniq aytaman: kamida o'tgan mavsumda qayd etilgan natijadan yaxshirog'ini qayd etish bizning maqsadimiz. Biz bu ishni amalga oshirish uchun qo'limizdan kelgan ishni qilamiz. SHuningdek, chempionatda shunchaki ishtirok etishni emas, munosib ishtirok etib, sovrinli o'rinlar uchun kurashishni maqsad qilamiz va shu ishni amalga oshirishga harakat qilamiz.

-Sizning bosh murabbiy etib tayinlanganingizni elon qilganimizdan so'ng muxlislar orasida “Abramov qiyin holatda qolgan “Bunyodkor”ni qabul qildi” degan gap-so'zlar yangradi.
-Tushundim nima demoqchi ekanligingizni. Muxlislar o'ylagandek klub yomon holatda emas. Xursand qiladigani klubda futbol o'ynash va futbol bilan shug'ullanish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. “Bunyodkor”dagi shart-sharoitlarni solishtiradigan bo'lsak, menimcha klub respublikadagi eng oldi klublardan biri hisoblanadi va bizning ishlashimiz uchun hamma narsa bor. O'ylaymanki, biz klub bilan muvaffaqiyatga erishamiz.

Reyting: +38   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика