"Avvalambor shuni aytmoqchimanki, bizga klub katta transferlarni amalga oshira olmasligini tushunadigan murabbiy kerak. Bir qancha variantlar bor, biz bu borada ish olib boryapmiz. Markes haqidagi malumotlarni OAVda ko'rdim. Rafael ajoyib futbolchi bo'lgan va "Barselona" tarixidan o'rin olgan. Murabbiy sifatida ham u yaxshi faoliyat olib bormoqda. Rafa sezilarli darajada o'sishga erishdi va bundan juda xursandman. Biroq "Barselona"ning asosiy jamoasi bosh murabbiyi sifatida ish boshlashga yoshlik qiladi. Biz buyuk klub haqida gapirayotganimizni unutmaslik lozim. Vaqti kelib, Markes "Barselona" bosh murabbiyi bo'lar, ammo hozir emas".