26 iyu 11:20

Taremi Tehronni tark etdi

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
"Inter"ning eronlik futbolchisi Mehdi Taremi Tehronni tark etishga muvaffaq bo'ldi, deb xabar berdi La Gazzetta dello Sport.

Nashr malumotlariga ko'ra, hujumchi ona shahri Bushirga oilasini ko'rish uchun borgan. Eronlik avtomobilda ming kilometrdan ortiq masofani bosib o'tgan va jamoaga xavfsiz joyda ekanligini aytgan.

Avvalroq 32 yoshli futbolchi Eron havo hududi yopilgani sababli vatanini tark etib, Klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida "neradzurri" safiga qo'shilishda qiynalayotgani malum bo'lgandi.

Jumaga o'tar kechasi Isroil havo kuchlari samolyotlari Eronning yadroviy inshootlariga zarba berdi. Bunga javoban Eron shanbaga o'tar kechasi Isroilga raketa uchirdi. 

Italiya chempionatining o'tgan mavsumida Taremi "Inter" safida 26 o'yin o'tkazib, 1 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Klublar o'rtasidagi Jahon chempionati AQSHning 11 shahrida o'tkazilmoqda.

Manba : La Gazzetta dello Sport
Bu xabar bilan bo'lishing:
  0 

O’xshash yangiliklar

Fikrlar

+1
26/06 11:50
leva8989
#Tezkor Rubin Hebay hamda Zoran Marusich davralar oraligʻida "Sugʻdiyona" safiga koʻchib oʻtish ehtimoli bor. "OKMK" himoyachisi Sardor Rahmonov davralar oraligʻida"Sugʻdiyona" safiga koʻchib oʻtish ehtimoli bor. "Andijon" davralar oraligʻida 2 Ispaniyalik legionerlar koʻrikda boʻlishi kutilmoqda. Namanganning "Navbahor" jamoasini tark etishi mumkinligini aytilayotgan Sergey Karpovich oʻrniga Lochinlar Belarus terma jamoasi a'zosi iqtidorli Vadim Pigasni o'z tarkibiga qoʻshib olishi mumkin. Poʻlatxoja Xoldorxonov "Navbahor"ni tark etib Legionerga aylanishi mumkin. Sherzod Esanov Rossiyadan qaytmoqda manzil Vodiy Jamoalaridan biri.
0
26/06 12:48
Ўзбек футболининг муҳлиси
leva8989 foydalanuvchining fikriga javob berish
#Tezkor Rubin Hebay hamda Zoran Marusich davralar oraligʻida "Sugʻdiyona" safiga koʻchib oʻtish ehtimoli bor. "OKMK" himoyachisi Sardor Rahmonov davralar oraligʻida"Sugʻdiyona" safiga koʻchib oʻtish ehtimoli bor. "Andijon" davralar oraligʻida 2 Ispaniyalik legionerlar koʻrikda boʻlishi kutilmoqda. Namanganning "Navbahor" jamoasini tark etishi mumkinligini aytilayotgan Sergey Karpovich oʻrniga Lochinlar Belarus terma jamoasi a'zosi iqtidorli Vadim Pigasni o'z tarkibiga qoʻshib olishi mumkin. Poʻlatxoja Xoldorxonov "Navbahor"ni tark etib Legionerga aylanishi mumkin. Sherzod Esanov Rossiyadan qaytmoqda manzil Vodiy Jamoalaridan biri.
Э қойиле, Чемпионат асиа сайтидан олдин маълумотлар бердингиз
0
26/06 12:03
NEWS 24
Baribir inter safiga borolmasa kerak aqshga kirish qiyin
Fikr yozish


Musobaqalar

O'zbekiston Superliga Rossiya Xalqaro Angliya Germaniya Ispaniya Italiya Fransiya Boshqalar →

Intervyular

Яндекс.Метрика