So’nggi yangiliklar

14:38Гарначо Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  0 14:15"Манчестер Юнайтед" Италия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0 13:48Беннасер ва Адли фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  0 13:21"Нефтчи" кениялик форвардга қизиқмоқда  6 12:58Буну, Кукурелья, Витинья, Палмер... КЖЧ рамзий терма жамоаси  0 12:30"Хоразм" ярим ҳимоячиси жамоадан кетди  1 12:08Расман: Ҳожимат Эркинов "Пахтакор"га қайтди  5 11:50"Атлетико" Аргентина терма жамоасининг яна бир вакилини харид қилмоқчи  0 11:21Флетчер "Манчестер Юнайтед" U-18 бош мураббийи этиб тайинланди  0 10:45"Андижон"нинг янги легионери: "Максим Шацких Украина футболи учун ҳақиқий афсонадир"  8 10:07Клублар ўртасидаги ЖЧ. Ким қанча ишлаб олди?  7 09:30Суперлиганинг ўтган мавсумдаги энг яхши ёш футболчиси фаолиятини водий жамоасида давом эттиради  3 08:53Терма жамоамизнинг яна бир аъзосига Греция ва Ла Лига 2 жамоасидан қизиқиш бор  20 08:19"Реал" ўз тарбияланувчисининг қайтганини эълон қилди  8 07:47Терма жамоамизнинг яна бир аъзоси легионерга айланди. Унинг янги жамоасидаги рақами ҳам маълум  8

Sven-Yoran Eriksson: "Qirg'izistonga qarshi o'yin ahamiyati nihoyatda yuqori" Yangiliklar

Sven-Yoran Eriksson: "Qirg'izistonga qarshi o'yin ahamiyati nihoyatda yuqori"

Osiyo Kubogi doirasidagi "C" guruhining 3-turidan o'rin olgan Qirg'iziston - Filippin uchrashuvi oldidan matbuot anjumani tashkil etildi.

Unda dastlab Filippin bosh murabbiyi Sven-Yoran Eriksson jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

"Ertangi bahs jamoamiz uchun oson bo'lmaydi. Ikkala jamoa ham dastlabki turlarda ochko jamg'ara olishmadi. Lekin Qirg'iziston ham, biz ham keyingi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritish imkoniyatini saqlab qolganimizga ishonamiz. Raqib safida yaxshi darajadagi futbolchilar etarli. Ayniqsa hujum chizig'i va jamoaning 9-raqamdagi pleymekerini (Edgar Bernxardt - tahririyat) alohida ajratib ko'rsatishim mumkin. Qirg'iziston terma jamoasining ikkala qanoti yaxshi ishlaydi, muhimi tezkor. Raqib haqida iliq fikrlarni bildirishim mumkin. Juda yaxshi jamoa to'plangan. Ertangi o'yin oldidagi eng muhim jihat, bu Filippinda ham, Qirg'izistonda ham nazariy imkoniyatlar saqlanib qolgani. Bu o'yin bezagi hamda ahamiyatini yanada oshiradi. Lekin keyingi bosqich masalasini hal etish uchun shunchaki g'alaba kamlik qilishi mumkin. Buning uchun ko'proq to'p farqidagi yutuq har ikkala jamoaga ham zarur. SHuningdek, boshqa guruhlardagi holatlarni ham kuzatishga to'g'ri keladi. Umid qilamanki, ertaga g'alaba qozonamiz va bu bizga kerakli natijani beradi", - deya o'yin oldi fikrlari bilan o'rtoqlashdi Filippin ustozi Sven-Yoran Eriksson.

SHahboz Beg'amov

Dubay, "Rashid" stadioni.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика