Superliga. Tur goli - Shahzod Ubaydullaev

Tolibjon Qosimov
3 iyul 2020
Coca Cola Superligada 7-tur bellashuvlari o'z nihoyasiga etdi.

Avvalroq tur ramziy terma jamoasini e'lon qilgan edik. Endi esa ketma-ketlikda tur laureatlarini berib borayapmiz.

Superliga. Tur darvozaboni - Islomjon Abdullaev


Ortda qolgan 7-turning eng chiroyli goli deb "Metallurg" a'zosi Shahzod Ubaydullaevning zarbasini topdik. Bekobodliklar mehmonda "Buxoro"ni yirik hisobda mag'lub etishdi. Uchrashuvning 53-daqiqasida Doniyor Narzullaevning chap qanotdan uzatgan to'pini chap oyoqda to'xtatmasdan Zafar Safoev qo'riqlayotgan darvozaga joylab qo'ydi.

Shu tariqa, Shahzod Ubaydullaev 7-turning eng chiroyli goli muallifi deb topildi. Ubaydullaev 4-turdagi qaysi uslubidagi goli 4-turning va iyun oyining goli bo'lgandi.


 



Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia