06 iyu 21:57

Superliga. "Paxtakor" gol inobatga olinmagan o'yinda "Navbahor"ni mag'lub etdi

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Superliga 15-tur doirasidagi "Paxtakor" – "Navbahor" o'yini yakunlandi.

"Paxtakor" – "Navbahor" 2:0

Bosh hakam: Nayim Qosimov

Yordamchi hakamlar: Zufar Eliboev, Farhod Usmonov

Zaxira hakami: Alisher Rahimqulov

Nazoratchi: Timur Galeev

VAR hakami: Abdurashid Xudoyberganov

AVAR hakami: Aleksandr Sidorov

Komissar: Shohruh Said

Gollar: 1:0 – 21, Flamarion (Mahmud Mahamadjonov), 2:0 – 65, Igor Sergeev

"Paxtakor": 12.Vladimir Nazarov, 4.Abdulla Abdullaev, 5.Muhammadqodir Hamraliev, 11.Igor Sergeev (94.Brayan Riaskos, 68), 21.Bashar Resan (30.Otabek Jo'raqo'ziev, 87), 23.Abdurauf Bo'riev (9.Ibrohim Ibragimov, 68), 27.Sardor Sobirxo'jaev (8.Diyor Xolmatov, 87), 44.Mahmud Mahamadjonov, 50.Flamarion (17.Dostonbek Hamdamov, 76), 55.Muhammadrasul Abdumajidov, 77.Dilshod Saitov

Zaxira: 1.Nikita Shevchenko, 3.Shahzod Azmiddinov, 20.Dilshod Abdullaev, 22.Umar Adhamzoda

"Navbahor": 1.Umidjon Ergashev, 7.Azimjon Ahmedov (8.Shohmalik Komilov, 46), 9.Zabihillo O'rinboev (29.Pedro Augusto, 82), 12.Saidazamat Mirsaidov (19.Mirzohid G'ofurov, 46), 13.Benjamen Teidi, 17.Ruslanbek Jiyanov (55.Komiljon Tojidinov, 82), 33.Sergey Karpovich, 36.Gilerme Gedesh, 37.Alisher Odilov (71.Navro'zbek Iminjonov, 73), 70.Abbos G'ulomov, 99.Igor Gabriel

Zaxira: 16.Shukron Yo'ldoshev, 15.Javohir Abdujabborov, 24.Dostonbek Abdulhaev, 32.Muhammadbobir Mo'ydinov

Ogohlantirishlar: Gilerme Gedesh (14), Abbos G'ulomov (40), Shohmalik Komilov (78), Bashar Resan (83)

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

O'yin yakunlandi.

90+2. Bu safar Hamdamov yakkama-yakka vaziyatda raqib darvozasini ishg'ol qila olmadi.

90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

90. Riaskos "Navbahor" darvozaboni bilan yakkama-yakka vaziyatda noaniq zarba yo'lladi.

87. "Paxtakor"yana ikki o'zgarishga qo'l urdi. 

82. "Navbahor"da ikki o'zgarish sodir bo'ldi.

78. Komilov Ibragimovga qo'pollik qilgani uchun ogohlantirildi.

76. "Paxtakor"da futbolchi almashdi.

73. "Navbahor"da o'zgarish bo'ldi.

70. Flamarion hisobni yirik ko'rinishga keltirishi mumkin edi, uning zarbasi yo'liga Igor Gabriel to'g'anoq bo'ldi.

68. "Paxtakor" ikki o'zgarishga qul urdi.

65. GOL! Sergeev! "Navbahor" darvozabonining qo'pol xatosidan so'ng undan to'pni olib qo'ygan "Paxtakor" hujumchisi osonlik bilan darvozani ishg'ol qildi!

63. "Navbahor"ning standart vaziyati Nazarovning qo'llariga to'p kelishi bilan yakunlandi.

60. Gedeshning jarimadan yo'llagan zarbasi noaniq ko'rinish oldi.

59. "Navbahor" bir daqiqa ichida ketma-ket ikki marotaba raqib darvozasining to'sinini nishonga oldi. Dastlab O'rinboev, so'ngra G'ofurovga omad kulib boqmadi.

55. Komilovning qo'pol xatosidan so'ng Sergeev o'ta qulay imkoniyatdan foydalana olmadi, uning zarbasi noaniq ko'rinish oldi. 

53. "Navbahor"ning burchak uzatmasini Sergeev bartaraf etdi.

50. Komilovning 20-25 metrlar masofadan yo'llagan zarbasi darvoza to'sini yuqorisidan o'tib ketdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. "Navbahor" tarkibida ikki o'zgarish amalga oshirildi.

Birinchi bo'lim yakunlandi.

45+4. Bashar Resan raqib jarima maydonida bir himoyachini ajoyib tarzda aldab o'tib, chap oyoqda uzoq pastki burchakni nishonga oldi, ammo unga biroz aniqlik etishmadi.

45. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

45. "Paxtakor"ning standart vaziyati ketma-ket ikki zarba bilan yakunlandi. Birini himoyachi qaytardi, ikkinchisini darvozabon egallab oldi.

44. Yana Flamarionga nisbatan qoidabuzarlik sodir etildi. 

40. G'ulomov hujumda fol ishlatgani uchun ogohlantirildi.

❌ Gol inobatga olinmadi. VAR monitori orqali vaziyatni ko'rgan hakam Odilov to'pga qo'l bilan o'ynagan deb topdi.


34. O'rinboevning ajoyib pasidan so'ng raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib borgan Alisher Odilov hisobni tenglashtirdi!

30. Mahamdjonovning uzatmasini Flamarion bosh bilan raqib darvozasiga to'g'rilab qo'yishga harakat qildi, Ergashev to'pni egallab oldi.

21. GOL! Flamarion hisobni ochdi! Chap qanotdan markaz tomon harakatlangan braziliyalik futbolchi raqib darvozasining pastki burchagini aniq nishonga oldi.

20. Karpovichning pasidan so'ng Odilov raqib jarima maydoniga kirib borib, chap oyoqda zarba yo'lladi. "Paxtakor" darvozaboni to'pni egallab oldi.

18. Odilovga nisbatan fol ishlatildi.

16. Resanning uzatmasidan so'ng jarima maydonidagi Flamarion bosh bilan aniq zarba yo'llay olmadi.

14. Gedesh maydon markazida Flamarionga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun ogohlantirildi.

6. Sergeevning pasidan so'ng raqib jarima maydonida Resan to'pni o'ziga to'g'rilay olmadi.

2. Maydon markaziga yaqin nuqtada Flamarion yiqitildi.

1. O'yinni mehmonlar boshladi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. "Paxtakor" to'q binafsharang, "Navbahor" oq rangli liboslarda harakat qiladi.

Bu xabar bilan bo'lishing:
  +21 

O’xshash yangiliklar

Fikrlar

+28
06/07 21:42
CA BOSS
Антипахтакорчилар хафа бўлманглар! Пахтакор ғалаба қозонса хакам тренда. Рақиблар ғалаба қозонса, биз зўрмиз, ВАР, ХАКАМларинг қўшиб тиқвордик, дейишликдан тийилинг. Ўйинга холис бахо беринг, куйингма, ўксима, қайғурма ХАММАдан қолади, бу дунё! Олға Пахтакор!!
+22
06/07 20:58
Xojakbar Xaitov
Бази бир Навбахор мухлисларини фикрларини укиб хайрон коламан хали уйин тугамасдан маглубиятни тан олишвотти хеч канака фактларсиз уша уша тутуриксиз армисокдан колиб кетган гаплар жонилага тегмадими Шундок куриниб турибдику кулга теккани Нима киласилар Навбахор ни ва хакийкий Навбахор мухлисларини обрусини тукиб
+22
06/07 20:56
Пахтакорим
Кўзларинг кўрми?! аниқ қўли билан ўзига тўғрилаб олди! Навбахор баскетбол ўйнагани келдими?
+21
06/07 21:35
ОЙБОТ
Ухх нега хато қиласан Умиджон!?(Навбахор дарвозабони). Бу ердаям хакам айбдор деб, йиғлаб чиқишади, антипахтакорчилар энди.. Сизларга сабр, олға Пахтакор 2-0!! Озгина сабр қиласлар, ўтиб кетади.
+18
06/07 22:12
Achchiq bo'lsayam haqiqat yaxshi
Пахтакор ҳақли тарзда ғалаба қозонди. Навбаҳорни очиқчасига кучи етмади. Баҳонага ўрин йўқ. Сергеевга эса шунчаки қойил формага кириб боряпти. Бу терма жамоани келажаги учун ҳам қувонарли ҳолат. Табриклаймиз Пахтакорни ҳаққоний мухлисларини.
+16
06/07 21:54
UzbekistanTeamFcc
Камида 6 та голли вазият бўлди Пахтакорда.
+16
06/07 21:30
Xojakbar Xaitov
Сергеев Легенда
+15
06/07 21:18
BXZ BXZ
Бахтиёр Ашуров foydalanuvchining fikriga javob berish
Агар тескариси бўлганида. Аксини айтарди. Энди бўлди. Йил давомида ҳакамлайди. Қўювринг ўзи тинчиб кетади!
Ман буни кайта ку́риб чикдим тана оркада колиб тирсак олдинга харакат килди ва ту́пни у́з йу́налишига ташлаб олди Одилов . Варда хам ахмоклар у́тиргани йу́к шунга хакамни чакирди ва хакам хам Вар оркали карор кабул килди .
+15
06/07 20:58
Пахтакорим
Ilyos M foydalanuvchining fikriga javob berish
Хакамларга инсоф бермаса кийин экан бунакада футбол ривожланмайди уят
шу вазиятни такрор кўриб айтчи ким хақ? ёки кўрмисанлар?
+15
06/07 20:30
Java.FCB
Haqiqatparvar foydalanuvchining fikriga javob berish
Металлург мухлиси сифатида айтадиган булсам(вухахаха)Пахта эски килигини бошламаса Бугун Навбахор ютади
Vuxaxeni oxiriga opqo'y polvon xozircha 1:0 yebtur
+14
06/07 21:30
PAKHTAKOR CHEMPION
sudya nima qivotti igor varatarisdan koptoni opqoyvotti sudya shtraf qoymadi sudya sotilgan )))))))))))))))
+13
06/07 21:41
DON USMON
Sizlarda jamoangga omad tilash o'rniga Paxtakorni ko'rolmaslik kuchli. Shunaqayam isqirt, maraz odamla borki o'zini ishtoni yo'q tizzasi yirtilganga kuladi. Paxtakor omad. Negativlarga qaramay solib tasha
+12
06/07 21:34
Маматов Муҳаммад
Пахтакор омад ғалабали бўлсин
+12
06/07 21:34
Java.FCB
Sudya aybdor Sergeevi golida fol boridi)) Kimdan alamini olishi bilmidiya odam)) Okeni Paxtakori Chempion!
Fikr yozish


Musobaqalar

O'zbekiston Superliga Rossiya Xalqaro Angliya Germaniya Ispaniya Italiya Fransiya Boshqalar →

Intervyular

Яндекс.Метрика