17 fev 2024 22:15

"SHo'rtan" – Qashqadaryo viloyati hokimi kubogi sohibi!

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Qashqadaryo viloyati hokimi kubogi finalida Qarshi Davlat universiteti jamoasi "Lochin QDU" jamoasi G'uzorning "SHo'rtan" klubi bilan bellashdi.

Keskin kurashlarga boy bo'lgan bellashuvda "SHo'rtan" 3:2 hisobida g'alaba qozondi va ketma-ket ikkinchi bor Qashqadaryo viloyati hokimi kubogini qo'lga kiritdi.

Uchrashuvda g'uzorliklar gollariga Jasur Xolto'raev, Mirjalol Jumaev, Muhriddin Zoirov mualliflik qilishdi.

Qashqadaryo viloyati hokimi kubogi musobaqasida uchinchi o'rin uchun kurashgan “SHo'rtan” U-19 jamoasi "Nasaf" U-21 jamoasiga 1:5 hisobida imkoniyatni boy berdi va turnirning to'rtinchi o'rnini egalladi.


Foto: Abdulla Doniyorov


Viloyat hokimi kubogi musobaqasidagi ishtirokidan so'ng "SHo'rtan" kichik tatilga chiqdi. Jamoa 21 fevral kuni G'uzorda yig'ilib, mavsumga tayyorgarlikni davom ettiradi. 

Bu xabar bilan bo'lishing:
  +2 

O’xshash yangiliklar

Fikrlar

Fikr yozish


Musobaqalar

O'zbekiston Superliga Rossiya Xalqaro Angliya Germaniya Ispaniya Italiya Fransiya Boshqalar →

Intervyular

Яндекс.Метрика