So’nggi yangiliklar

14:50"Навбаҳор" хорижда йиғин олиб боради  0 14:38Гарначо Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  0 14:15"Манчестер Юнайтед" Италия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0 13:48Беннасер ва Адли фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  0 13:21"Нефтчи" кениялик форвардга қизиқмоқда  6 12:58Буну, Кукурелья, Витинья, Палмер... КЖЧ рамзий терма жамоаси  1 12:30"Хоразм" ярим ҳимоячиси жамоадан кетди  1 12:08Расман: Ҳожимат Эркинов "Пахтакор"га қайтди  5 11:50"Атлетико" Аргентина терма жамоасининг яна бир вакилини харид қилмоқчи  0 11:21Флетчер "Манчестер Юнайтед" U-18 бош мураббийи этиб тайинланди  0 10:45"Андижон"нинг янги легионери: "Максим Шацких Украина футболи учун ҳақиқий афсонадир"  8 10:07Клублар ўртасидаги ЖЧ. Ким қанча ишлаб олди?  7 09:30Суперлиганинг ўтган мавсумдаги энг яхши ёш футболчиси фаолиятини водий жамоасида давом эттиради  3 08:53Терма жамоамизнинг яна бир аъзосига Греция ва Ла Лига 2 жамоасидан қизиқиш бор  20 08:19"Реал" ўз тарбияланувчисининг қайтганини эълон қилди  8

"SHo'rtan" "Nasaf"ga yirik hisobda mag'lub bo'ldi Yangiliklar

"SHo'rtan" "Nasaf"ga yirik hisobda mag'lub bo'ldi

Teglar :  Nasaf "SHo'rtan"
O'zbekiston Birinchiligi PRO-Liga ishtirokchisi bo'lgan “SHo'rtan” PFK 7 yanvardan etiboran G'uzordagi o'z qarorgohida yig'in o'tkazmoqda.

14 yanvar kuni “SHo'rtan” futbolchilari dastlabki sinov-nazorat uchrashuvida maydonga tushishdi. G'uzorliklar “Nasaf” futbol jamoasining Qarshidagi “Sputnik” qo'rg'onchasida joylashgan maydonida bilan bahs olib borishdi. Mazkur o'yin 4:1 hisobida mezbonlar foydasiga hal bo'ldi.

“Nasaf” - “SHo'rtan” - 4:1. Qarshi. “Sputnik” qo'rg'onchasi.
“SHo'rtan”: 
A.Rahimov (S.Mirzaev), O.Karimov (M.Sattorov),
N.Padarov (A.Sayfullaev), A.Bahromov, SH.Eshmurodov, F.Nomozov (D.Amirqulov), S.Raxmatullaev, I.SHodmonov, M.Murodov, S.SHodmonov (B.Suvonov, I.Zoirov), E.Tog'aev (A.Mirzayorov).

Ayni paytda davom etayotgan qishki o'quv-yig'in mashg'ulotlarida quyidagi futbolchilar qatnashmoqda:  

Darvozabonlar - Akmal Rahimov (1996 y.), Sarvar Mirzaev (2001 y.).
Himoyachilar - Olim Karimov (1993 y.), Nurali Padarov (1996 y.), Mirmuhsin Sattorov (1995 y.), Akrom Bahromov (1998 y.), SHerbek Eshmurodov (1998 y.), Abubakir Sayfullaev (2001 y.). Markaziy yarim himoyachilar - Farhod Nomozov (1996 y.), Sirojiddin  Raxmatullaev (1993 y.), Islom SHodmonov (1997 y.), SHahzod Xursanov (1992 y.).
Yarim himoyachilar - Marufxon  Murodov (1990 y.), Xolmurod Xolmurodov (1999 y.), Og'abek  Erkinov (1999 y.), Aslbek Mirzayorov (2001 y.), Elyor Tog'aev (1995 y.), Nodir Ramozonov (1999 y.), Davron Amirqulov (2001 y.), Samar Berkinov (2000 y.), Sunnat G'aybullaev (2000 y.).
Hujumchilar - Yusuf Bo'riev (1991 y.), Muhammadali Abdurahmonov (2000 y.), Islom Zoirov (2003 y.), Samandar SHodmonov (1986 y.), Kenja To'raev (1989 y.), Bekzod Suvonov (2001 y.).

SHuningdek, o'z o'rnida takidlash joizki, mashg'ulotlarda ishtirok etayotgan E.Tog'aev, A.Bahromov, N.Ramozonov, A.Sayfullaev, I.Zoirov, S.Berkinov, S.G'aybullaevlar “SHo'rtan” PFK qoshida faoliyat ko'rsatayotgan futbol maktabining tarbiyalanuvchilari hisoblanishadi.

Ro'yxatga etibor qaratilsa, A.Rahimov, O.Karimov,  N.Padarov, M.Sattorov, A.Bahromov, SH.Eshmurodov, F.Nomozov, S.Raxmatullaev, I.SHodmonov, SH.Xursanov, M.Murodov, X.Xolmurodov, O.Erkinov, YU.Bo'riev, M.Abdurahmonov, K.To'raev kabi o'tgan mavsumning asosiy tarkib futbolchilari qatorida tajribali futbolchi, o'z vaqtida “Oq bo'rilar” safida to'p surgan   Samandar SHodmonov ham borligini ko'rish mumkin bo'ladi.

Jamoa rahbariyatining malum qilishicha, yig'inga yana bir qator tajribali futbolchilar taklif qilinishi ko'zda tutilmoqda ekan. Ammo bu hozircha sir tutilmoqda. Yaqin kunlar ichida yangi futbolchilarning nomlari ham elon qilinadi.

“SHo'rtan” PFK matbuot xizmati.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика