31 jan 2019 18:55

Rasman: "Sampdoriya" "Yuventus" darvozabonini 20 million evroga sotib oldi

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Genuya klubi golkiper bilan ijara muddati yakuniga etishini kutolmadi va uni sotib olishga qaror qildi.

Emil Audero "blyucherkyatti"ning to'laqonli o'yinchisiga aylandi, deb xabar berdi "Sampdoriya" klubi rasmiy sayti. 22 yoshli Audero "Yuventus" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. O'tgan yil yozda "keksa sinora" darvozabonni genuyaliklarga 1 million evro evaziga ijaraga bergan edi. Endi esa Emilni 20 million evroga sotib yuborishdi.

Audero bu yilgi mavsumda "Sampdoriya"ning 22 uchrashuvida ishtirok etdi. Ularning 9tasida umuman to'p o'tkazmadi, qolgan 13 o'yinda esa 26ta gol o'tkazib yubordi. Eslatib o'tamiz, u avval "Veneciya"da ham o'ynagan.

Bu xabar bilan bo'lishing:
  +6 

O’xshash yangiliklar

Fikrlar

Fikr yozish


Musobaqalar

O'zbekiston Superliga Rossiya Xalqaro Angliya Germaniya Ispaniya Italiya Fransiya Boshqalar →

Intervyular

Яндекс.Метрика