29 jan 2019 21:15

Rakitich: "Barselona" men bilan shartnomani uzaytiradi deb umid qilaman"

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
"Barselona"ning xorvatiyalik yarim himoyachisi Ivan Rakitichning so'zlariga ko'ra, u faoliyatini Kataloniya klubida davom ettirmoqchi.

"Jamoada qolishni istayman. Klub men bilan bitimni uzaytirishiga umid qilyapman. "Barselona"da juda baxtliman, buni hamma biladi, birinchi navbatda prezident.

De Yongning transferi mening kelajagimga tasir qiladimi? Men shunchaki futbol o'ynashni istayman. Hamma muammolarni xotirjam hal qilaman. Yoshim 30da va bu faoliyatimdagi eng yaxshi damlar" - deydi Rakitich.

Ivan Rakitich 2014 yilning yozida 18 mln. evro evaziga "Sevilya"dan "Barselona"ga o'tgan edi.

Manba : Goal.com
Bu xabar bilan bo'lishing:
  +12 

O’xshash yangiliklar

Fikrlar

Fikr yozish


Musobaqalar

O'zbekiston Superliga Rossiya Xalqaro Angliya Germaniya Ispaniya Italiya Fransiya Boshqalar →

Intervyular

Яндекс.Метрика