20 dek 2018 15:17

Qatarda maxsus chim o'stirilmoqda

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
JCH-2022 stadionlari qurilishi loyihasining injeneri Muhammad Ahmad Qatarda birinchi marta qo'llaniladigan texnologiyalar haqida gapirib berdi.

"Sport inshootlarini qoplash uchun chimni o'rganuvchi maxsus markaz yaratdik. U erda qattiq namlik, turli ob-havo sharoitlari, Qatardagi qishki va yozgi mavsumga dosh bera oladigan o't o'stirish uchun tajribalar o'tkaziladi.

Yozda havo harorati 40 darajagacha etadi, stadion ichidagi harorat esa 20 darajani tashkil qiladi.

To'g'ri, boshqa mamlakatlar tajribasini ham hisobga olyapmiz, ammo biz yaratadigan chim dunyoning hech bir nuqtasida qo'llanilmagani bo'ladi va u Qatar fermasida etishtiriladi.

SHu bilan birga birz "Halifa" stadionidagi chimni to'liq almashtirish texnologiyasini ham qo'llab ko'rdik va bu ishni 14 soat ichida amalga oshirdik. Agar stadionda 24 soat ichida uchrashuv o'tkazilmasa, biz stadion chimini to'liq almashtirishimiz mumkin.

Bu texnologiya hali yangi va boshqa mamlakatlarda ishlatilmagan. Qatardagi jahon chempionati bu narsa qo'llaniladigan ilk mundial bo'ladi" - deydi Muhammad Ahmad.

Manba : Р-Спорт
Bu xabar bilan bo'lishing:
  +24 

O’xshash yangiliklar

Fikrlar

Fikr yozish


Musobaqalar

O'zbekiston Superliga Rossiya Xalqaro Angliya Germaniya Ispaniya Italiya Fransiya Boshqalar →

Intervyular

Яндекс.Метрика