PSJ "Yuventus" yulduzini nishonga oldi
19 iyu 12:27
Yangiliklar


PSJ "Yuventus" yulduzini nishonga oldi
"Yuventus" yarim himoyachisi Kefren Tyuramga "Pari Sen-Jermen" qiziqish bildirmoqda.
Liga 1 grandi o'rta chiziqni kuchaytirish ustida ishlamoqda va 24 yoshli futbolchini allaqachon short-listiga kiritgan.
Francuzni o'z tomoniga og'dirish oson bo'lmaydi: "Yuventus" xavbekni sotishni istamayapti va u bilan 2030 yilgacha mo'ljallangan yangi shartnoma imzolamoqchi. Kefren Tyuram Turin klubiga o'tgan yilning iyulida "Nicca"dan 20,6 mln evro evaziga o'tgan edi.
Futbolchining ayni damdagi narxi Transfermarkt tomonidan 40 mln evroga baholanmoqda. O'tgan mavsumda Tyuram "keksa sinora"ning 51 o'yinida qatnashib, beshta gol va sakkizta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar