02 dek 2018 18:26

PREVYU. Bugun Istanbulda dahshatli derbi

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Bugun Istanbuldagi "Vodafon Park" stadionida "Beshiktosh" va "Galatasaroy" o'rtasidagi derbi bo'lib o'tadi.


BESHIKTOSH

«Beshiktosh» o'tgan turda «Ankaragyudjyu»ni 4:1 hisobida taslim qilib to'rtinchi o'ringa chiqib olgandi. Evropa ligasi doirasida «Sarpsborg 08»ni mag'lub etgach (3:2) pley-offga chiqish uchun imkoniyatni saqlab qoldi.

Babel, Tyoryo va Medel jaroahat olishgan. Bu mavsum 8ta golli pas bergan Kuarejma safga qaytdi.



GALATASAROY
«Galatasaroy» oxirgi o'yinlarda u qadar omadli ishtirok etmayapti, ayniqsa safarda. Istanbul klubi safarda «Lokomotiv»ga yutqazdi (0:2) va evrokuboklardagi o'z vaziyatlarini og'ir holatga tushirib qo'yishdi. «Sariq-qizillar» Turkiya chempionatida uchinchi o'rinda borishmoqda. Ammo o'tgan tur «Konyaspor»ni mag'lub eta olishmadi (1:1).

Aziz, Donk, Rodriges va Ndiaye diskvalifikaciya qilingan. Hujumda faqt Derdiyyuk va Onekuru qolgan holos.


STATISTIKA VA O'ZARO O'YINLAR
«Beshiktosh» o'z uyida oxirgi 4ta o'zaro o'yinda yutqazmagan.
«Beshiktosh» oxirgi uchta o'yinda g'alaba qozongan.
«Galatasaroy» oxirgi 10ta safardagi o'yinning 7tasida yutqazdi. Bu o'yinlarning 6tasida jamoa gol ham ura olmadi.
Bu ikki jamoa Turkiya chempionatida 120 marta to'qnash kelishgan. «Beshiktosh» 34 marta, «Galatasaroy» 44 marta g'alaba qozongan. 42ta o'yinda durang qayd etilgan.

Bugungi kunda «Beshiktosh»ni SHenol Gyunesh, «Galatasaroy»ni Fotih Terim boshqarib bormoqda.


Kechagi o'yinoldi mashg'ulot paytida stadion muxlislar tomonidan «yondirildi».


BESHIKTOSH - GALATASAROY
2 dekabr. Istanbul. "Vodafon Park" stadioni. 22:00 (Toshkent vaqti).
Bosh hakam - Juneyt CHaqir (Istanbul).

TAXMINIY TARKIBLAR:

BESHIKTOSH
: Karius, Adriano, Vida, Aksoy, Erkin, Xutchinson, Tokoz, Lyaich, Kuarejma, Yalchin, Pektemek

GALATASAROY: Muslera, Mariano, Kabak, Maykon, Nagatomo, Fernando, Inan, Onekuru, Feguli, Bayram, Derdiyok

 

Super Lig . 14-tur

02/12/2018, 22:00

Besiktas

1 : 0

Galatasaray

Tugadi
Adem Ljajic - 18'

Stadion: Vodafone Stadyumu

Match-senterda ochish



TURKIYA SUPERLIGASI. MUSOBAQA JADVALI

Bu xabar bilan bo'lishing:
  +10 

O’xshash yangiliklar

Fikrlar

Fikr yozish


Musobaqalar

O'zbekiston Superliga Rossiya Xalqaro Angliya Germaniya Ispaniya Italiya Fransiya Boshqalar →

Intervyular

Яндекс.Метрика