So’nggi yangiliklar

16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  0 16:24"Милан" Тео ўрнини "Реал" футболчиси билан тўлдирмоқчи  1 15:55"Футболни Саудия Арабистонига бой бердик". Блаттер ФИФАни танқид қилди  6 15:27Расман: "Барселона" швециялик вингер трансферини эълон қилди  1 15:00"Валенсия" ҳимоячиси "Арсенал"да — Here We Go!  1 14:34Швейцария юлдузи ҳам Саудия Арабистонига йўл олмоқда – музокаралар ижобий якунланди  0 14:05"Челси" Клублар ўртасидаги ЖЧда қанча ишлаб олди?  11 13:38Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномасини эълон қилди  7 13:05"Бавария" "Арсенал" аъзосини Санега ўринбосар сифатида кўрмоқда  0 12:37МЮ ва "Астон Вилла" "Челси" футболчисига даъвогар. Лондонликлар мўмайгина пул ишлаб олмоқчи  3 12:09Дарвозабон излаётган МЮда 2 та вариант бор  2 11:41"Динамо" Беларусга йўл олди  4 11:20"Бунёдкор" Иномов ортга қайтганини эълон қилди  0 10:55“Барселона“ яна бир ТОП футболчи учун курашда енгилди  8 10:28Сенсация қайд этган Энцо Мареска финалдан сўнг нималар деди?  27

PFL "Buxoro"ni Superligadan chetlashtirishi mumkin Yangiliklar

PFL "Buxoro"ni Superligadan chetlashtirishi mumkin

Teglar :  Buxoro PFL
Aynan shu reglamentga muvofiq klublarni licenziyalash bo'yicha Ishchi guruhi 5-6 dekabr kunlari “Buxoro” futbol klubida belgilangan talablarning bajarilishi yuzasidan monitoring o'tkazdi.

“O'FA va O'zPFL tomonidan o'tkaziladigan musobaqalarda ishtirok etuvchi futbol klublarini licenziyalash va professional futbol klubi maqomini belgilash bo'yicha reglament” ishlab chiqilgani va uning O'FA Ijroqo'mi byurosi tomonidan tasdiqlangani haqida xabaringiz bor.

Aynan shu reglamentga muvofiq klublarni licenziyalash bo'yicha Ishchi guruhi 5-6 dekabr kunlari “Buxoro” futbol klubida belgilangan talablarning bajarilishi yuzasidan monitoring o'tkazdi.

O'rganishlar jarayonida futbol klubi stadioni maydonining talab darajasida emasligi, maydon yoritish tizimini mutaxassislarni jalb etgan holda sozlash kerakligi, stadiondagi o'rindiqlar, futbolchilarning kiyinish xonalari, hakamlar va komissar xonalari tamirtalab holatga kelib qolganiligi, stadionda OAV xodimlari uchun etarlicha sharoitning mavjud emasligi, futbol akademiyasini tashkil etish choralari ko'rilmagani, moliyaviy qarzdorliklarni bartaraf etilmagani aniqlandi. SHuningdek, futbol klubining boshqaruv tizimi, kadrlar bo'limi, marketing bo'limi, licenziyalash bo'limi va matbuot xizmatiga malakali mutaxassislarni jalb etilishi dolzarb ahamiyatga ega hisoblanadi.

Takidlash lozim, “Buxoro” futbol klubi tomonidan mazkur kamchiliklar joriy yil 25 dekabr sanasiga qadar bartaraf etish choralari ko'rilmasa, O'zbekiston Professional Futbol Ligasining klublarni licenziyalash bo'yicha Ishchi guruhi xulosasiga asosan futbol klubini kelasi mavsum uchun Superligadan chetlashtirish masalasi ko'rib chiqilishi yuzasidan “Buxoro” futbol klubi jiddiy ogohlantirildi.

Reyting: -29   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика