So’nggi yangiliklar

07:35ПСЖ собиқ футболчиси Остон Ўрунов жамоадошига айланди  1 01:43Бельгия. "Антверпен" мавсумни дуранг билан бошлади, Ўринбоев майдонга туширилмади  4 01:19"Ювентус" собиқ футболчисини ортга қайтаришни истайди  1 00:55Маунт: "МЮ еврокубокларга қайтиши керак"  0 00:37"Челси" Стерлингни сотишни истайди, бироқ бир муаммо бор  0 00:14"Ньюкасл" Исакни сотмоқчи эмас  1 23:21Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  1 22:48"Хоразм" "Андижон" ҳимоячисини таркибига қўшиб олди  0 22:31Виктор Гёкереш Лондонга етиб борди  0 22:11"Сўғдиёна" ва "Шўртан" ўртоқлик учрашувида жанговар дуранг қайд этди  0 21:59"Мираброр Усмонов хотира турнири". Саудия Арабистони иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  1 21:26"Хоразм" Аббос Отахоновни таркибига қўшиб олди  2 20:51Диёр Ортиқбоев: "Япониянинг бугунги ўйини бизга қизиқ эмас"  3 20:34Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Витебск"ни мағлубиятга учратди  2 20:12Антонио Конте Стерлингни "Наполи"да кўришни истамоқда  2

O'zbekiston OTJ Ispaniyadagi yig'in doirasida SHveycariya klubi bilan nazorat uchrashuvi o'tkazdi Yangiliklar

O'zbekiston OTJ Ispaniyadagi yig'in doirasida SHveycariya klubi bilan nazorat uchrashuvi o'tkazdi

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi shu kunlarda Ispaniyaning San-Pedro-del-Pinatar shahrida o'quv mashg'ulot yig'ini o'tkazayotgani haqida avval xabar berib o'tgandik.

Bugun Lyubinko Drulovich shogirdlari "La Finca" stadionida SHveycariyaning "Delemon" klubiga qarshi nazorat uchrashuvi o'tkazishdi. O'yin 2:2 hisobidagi durang bilan yakuniga etdi. Terma jamoamiz 0:2 hisobida ortda bora turib, keyin hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo'ldi.  O'zbekiston olimpiya terma jamoasi tarkibida gollarga Islom Qobilov va Bobur Abduxoliqovlar mualliflik qilishdi. Hisob tenglashgandan keyin ustunlik biz tomonga o'tdi. Ko'p vaziyatlarda terma jamoamiz azolari tomonidan uyushtirilgan xavfli hujumlar raqibni shoshirib qo'ydi. SHuningdek, hakam tomonidan "Delemon" klubi darvozasiga belgilangan penaltini golga aylantira olmaganimizni ham takidlab o'tish zarur.

Endilikda 21 fevral kuni O'zbekiston olimpiya terma jamoasi "Lokomotiv Tbilisi" jamoasiga qarshi nazorat o'yini o'tkazadi, deya malumot berdi O'FA matbuot xizmati.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi shu yilning mart oyida kelasi yil Taylandda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionati saralashida qatnashadi. Saralash bahslari Toshkentda o'tkazilib, terma jamoamiz azolari Osiyo chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun Tojikiston, Hindiston va Pokiston terma jamoalariga qarshi bahs olib borishadi. 

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика