Malumotlarga qaraganda, Eron klubiga “Neftchi“ yarim himoyachisi Jamshid Iskanderovning xizmatlari taklif qilingan.
Eslatib o'tamiz, “Sepaxon“ o'tgan mavsum Eron chempionatida 2-o'rinni qo'lga kiritgan.
Jamshid Iskanderov esa yil boshida Farg'onaning “Neftchi“ klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan. 31 yoshli futbolchi joriy mavsum 18 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 3 ta gol va 6 ta golli uzatma bor.