So’nggi yangiliklar

13:05"Бавария" "Арсенал" аъзосини Санега ўринбосар сифатида кўрмоқда  0 12:37МЮ ва "Астон Вилла" "Челси" футболчисига даъвогар. Лондонликлар мўмайгина пул ишлаб олмоқчи  2 12:09Дарвозабон излаётган МЮда 2 та вариант бор  1 11:41"Динамо" Беларусга йўл олди  3 11:20"Бунёдкор" Иномов ортга қайтганини эълон қилди  0 10:55“Барселона“ яна бир ТОП футболчи учун курашда енгилди  4 10:28Сенсация қайд этган Энцо Мареска финалдан сўнг нималар деди?  23 09:55Расман. Бразилия терма жамоаси аъзоси Россия клубига ўтди  0 09:20Энрике мағлубият ҳақида фикр билдирди  33 08:41Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг икки нафар футболчиси “Нефтчи“ билан шартнома тузди  5 08:07Клублар ўртасидаги ЖЧнинг энг яхши футболчиси аниқланди  21 07:35“Андижон“ легионер дарвозабон билан шартнома тузди  8 07:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Челси" - ПСЖ 3:0  9 02:13"Челси" - жаҳон чемпиони!  172 01:45U-20 Жаҳон чемпионатини биргаликда қабул қиламиз. Бу қандай бўлади?  2

​O'zbekiston MTJ azolari uchun Dubayda o'zbekona tadbir tashkil etildi Yangiliklar

​O'zbekiston MTJ azolari uchun Dubayda o'zbekona tadbir tashkil etildi

Bugun O'zbekiston MTJ azolari Dubay shahrida navbatdagi mashg'ulotni o'tkazishdi. Mashg'ulotdan keyin futbolchilar uchun "Crowne Plaza" mehmonxonasida o'zbekona tadbir tashkil etildi.

O'FA Matbuot xizmatining malumotiga qaraganda, tadbirda O'zbekiston futbol associaciyasi 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonov, O'FA mutasaddilari va Osiyo Kubogini yoritish uchun O'zbekistondan tashrif buyurgan OAV xodimlari ishtirok etishdi. Umid Ahmadjonov futbolchilar bilan uchrashuv chog'ida ularga Ummonga qarshi o'yinda qozonilgan g'alaba uchun minnatdorchilik bildirib, bu yog'iga ham bo'shashmasdan harakat qilish kerakligini, butun o'zbek xalqi terma jamoamizdan g'alabalar kutayotganini aytib o'tdi. SHundan so'ng milliy terma jamoamiz ustozi Ektor Kuper OFK tomonidan taqdim qilingan Osiyo Kubogi bosh sovrini suvenirini Umid Ahmadjonovga topshirdi. O'FA 1-vice-prezidenti ushbu Kubokning haqiqiysini Toshkentga olib borish milliy terma jamoamizga nasib qilishini tiladi.

Tadbirga yig'ilganlarga O'FA Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan futbolchilarimizning ruhiyatini ko'taradigan  video namoyish qilindi.
Keyin esa estradimiz yulduzlari Jahongir Foziljonov, Qilichbek Madaliev va SHuhrat Vohidov kabi sanatkorlar o'z kuy qo'shiqlari bilan yig'ilganlar xush kayfiyat baxsh etishdi.

Tadbir so'nggida esa futbolchi, murabbiy va OAV xodimlariga o'zbek oshpazlari tomonidan tayyorlangan o'zbek taomlari shohi - palov tortildi.
Bu tadbirni o'tkazishdan asosiy maqsad yurtdan uzoqda bo'lgan futbolchilarning Vatanga bo'lgan sog'inchlarini bir oz bo'lsada kamaytirish, muhim o'yin oldidan ularning kayfiyatini ko'tarish, bir oila sifatida jipslashtirish va kelgusi g'alabalar sari ruhlantirishdan iborat.


Reyting: +47   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика