So’nggi yangiliklar

10:50Нико Уильямснинг “Барселона“га трансфери барбод бўлишга яқин  2 10:21МЮ “Интер“ футболчисини 40 миллион еврога сотиб олиши мумкин  1 09:53“Барселона“ футболчиси “Челси“га ўтиши мумкин  3 09:24Италиянинг машҳур жамоаси расман профессионал мақомидан айрилди  1 08:55Алонсо “Реал“нинг етакчиларидан бирини АПЛ жамоасига сотишга розилик берди  7 08:26Клублар ўртасидаги ЖЧда иштирок этаётган Европа жамоалари кечаги машғулотларни бир дақиқалик сукут билан бошлашди  0 07:58Суперлига. Бугун 15-тур баҳслари давом эттирилади  2 07:30Ўзбекистон МТЖга номзод футболчи иккинчи даврани “Сўғдиёна“да ўтказади  4 01:19"Милан" "Торино" футболчисининг трансферини эълон қилди  0 01:13"Милан" Асенсио билан музокаралар ўтказмоқда  0 00:45"Ливерпуль" 20-рақамни "музлатди"  20 00:17"Ал Қодисия" А Серия тўпурари учун 40 млн евро тўлашга тайёр  0 23:57"Бунёдкор" ва "Локомотив" собиқ устози "Хўжанд" бош мураббийига айланди  1 23:36Акмал Рустамов: "Омад биз томонда бўлди"  1 23:14Элдор Мойлиев: "Сирожиддин Қўзиев легионерга айланди"  2

O'zbekiston futzal terma jamoasi Tojikistonga qarshi o'yinlardan oldin mashg'ulotlarga zo'r bergan GALEREYA Yangiliklar

O'zbekiston futzal terma jamoasi Tojikistonga qarshi o'yinlardan oldin mashg'ulotlarga zo'r bergan GALEREYA

Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi ayni kunlarda Toshkentda yig'in olib bormoqda.

4 iyul sanasida start olgan yig'in 18 iyulga qadar davom etadi. "Championat.asia" ijodkorlari futzalchilarimizning kechagi mashg'ulotiga tashrif buyurishdi. "Bunyodkor" akademiyasiga qarashli zalda o'tkazilgan kechki mashg'ulot 17:00da boshlandi. Unda yig'inga chaqirilgan 20 nafar o'yinchidan 19 nafari ishtirok etdi. Faqatgina Davron CHoriev malum sababga ko'ra mashg'ulotni o'tkazib yubordi. U terma jamoa ixtiyoriga shanba kuni kelib qo'shiladi. Bundan tashqari, darvozabon Ravshan Eliboev hamda hujumchi Akbar Usmonov kichik jarohatlari borligi sabab individual tarzda shug'ullanishdi va umumiy guruhga qo'shilishmadi. Qolgan 17 nafar futzalchi mashg'ulotda to'liq qatnashdi.


O'zbekiston futzal terma jamoasi yig'iniga taklif etilgan o'yinchilar: Rustam Umarov, Abbos Elmuradov, Ravshan Eliboev, Ixtiyor Ropiev, Samariddin Berkinov, Mashrab Adilov, Anasxon Rahmatov, SHahram Faxriddinov, Ilhom Hamroev, Husniddin Nishonov, Dilshod Rahmatov, Davron CHoriev, Xayrulla Solihov, Daler Eshonqulov, Bekali Abdurahmonov, Qosijon Safarov, Davlat Ibragimov, Akbar Usmonov, Muzaffar Ahadjonov, Asilbek Isroilov.


Bahodir Ahmedov boshchiligidagi terma jamoamiz 14, 15 va 17 iyul kunlari Tojikiston terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etadi. Barcha o'yinlar Jizzax FFMning sport majmuasida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.

Keyinroq terma jamoaning kechagi mashg'ulotidan lavha, shuningdek bosh murabbiy Bahodir Ahmedov va Dilshod Rahmatovlar bilan suhbatlarni tomosha qilishingiz mumkin bo'ladi.

O'zbekiston futzal terma jamoasining kechagi mashg'ulotidan suratlarni saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin >>>>> FOTOGALEREYA

Suratlar muallifi: Tolibjon Qosimov


O'zbekiston futzal terma jamoasining kechagi mashg'ulotidan suratlarni saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin >>>>> FOTOGALEREYA

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика