So’nggi yangiliklar

10:20Россиянинг олти карра чемпиони фаолиятини юртимизда давом эттириши мумкин  8 09:46"Андижон" нигериялик ҳужумчи билан шартнома имзолаши мумкин  3 09:11"Навбаҳор"нинг Аброр Исмоилов олдида қанча қарзи борлиги маълум бўлди  7 08:32"FourFourTwo" "Барселона" тарихидаги энг яхши футболчилар рейтингини тузди  13 08:13Райс мухлисларнинг норозилиги ҳақида: "Бу менга ёқмади. Мадуэке ҳали нималарга қодирлигини кўрсатади"  0 01:48Камавинга ва Себальоснинг "Реал"даги тақдири маълум бўлди  0 01:15"Атлетико" Линони 25 миллион еврога сотиб юборди  0 00:55Азиз Холмуродов: "Бизнинг ёш тоифасидаги энг кучли терма - Япония"  3 00:43Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 00:11Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" сафарда ишончли ғалаба қайд этди, Раҳмоналиев майдонга туширилмади  2 23:59Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" қийин ғалаба қайд этди, Шомуродовдан дебют  17 23:36Breaking! "Зўр ТВ" ЖЧ-2026 трансляция ҳуқуқини сотиб олди!  20 23:13Тер Штеген операция қилинади  1 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" дуранг ўйнади, "Актобе"дан кичик ҳисобда ғалаба  1 22:18"Қизилқум" халқаро ўртоқлик учрашувида дуранг қайд этди  0

Osiyo Kubogi tugadi. Endi O'zbekiston MTJ ko'proq o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishi shart Yangiliklar

Osiyo Kubogi tugadi. Endi O'zbekiston MTJ ko'proq o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishi shart

O'tgan hafta BAA mamlakatida o'tgan Osiyo Kubogi musobaqasi yakuniga etdi.

Endi O'zbekiston terma jamoasi bor etiborni 2022 yil Qatarda o'tadigan Jahon chempionati saralashiga qaratadi.

Osiyo qitasida saralash bahslari iyun oyida boshlanishi rejalashtirilgan. Yozning ilk oyida saralashning dastlabki bosqichi bo'lib o'tadi. Unda qitaning eng kuchsiz 10ta jamoasi o'zaro uy-safar tizimida bahs olib boradi. Ushbu 10ta jamoani aniqlashda FIFA reytingi asos bo'lib xizmat qiladi. Tushunarliki ilk bosqichda O'zbekiston terma jamoasi ishtirok etmaydi.

Bizning jamoa mundial uchun saralashni sentyabr oyida start oladigan ikkinchi bosqichdan boshlaydi. Bu bosqichga katta ehtimol bilan iyul oyida qura tashlanadi. Qura tashlashda o'sha vaqtdagi FIFA reytingi asos qilib olinadi.

Ikkinchi bosqichda 40ta jamoa 8ta guruhga 5tadan bo'lingan holda kurash olib borishadi. Guruh g'oliblari va eng yaxshi natijaga ega 4ta ikkinchi o'rin sohiblari hal qiluvchi bosqichga chiqishadi.

Ayni paytda O'zbekiston terma jamoasi FIFA reytingida 89-o'rinda joylashgan. Osiyoda 12-o'rindamiz. Agar qura tashlash marosimi hozir o'tkazilganida vakillarimiz ikkinchi savatchadan joy olishlarini anglatadi. 2018 yilgi JCH saralashi qurasi vaqtida O'zbekiston birinchi savatchada bo'lgan edi. 




Lekin agar FIFA Qatardagi mundialda 48ta jamoa ishtirok etadi deb qaror qabul qilsa vaziyat tubdan o'zgarib ketadi.

Bunda Osiyo qitasiga 8,5ta o'rin ajratiladi. Katta ehtimol bilan saralashda 36ta jamoa 6ta guruhga 6tadan bo'linadi. Guruh g'oliblari Jahon chempionatiga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanma olishadi. Eng yaxshi natijaga ega ikkita ikkinchi o'rin sohiblari ham mundialga chiqishadi. Qolgan 4ta guruhdagi ikkinchi o'rin egalari esa o'zaro pley-off bahslari o'tkazib qitalararo pley-offda ishtirok etadigan bitta jamoani aniqlashadi.

Agar yuqoridagidek format bo'lsa O'zbekiston xatto uchinchi savatchaga tushib ketishi ham mumkin. Osiyoda 1-6 o'rinlardagi jamoalar birinchi savatcha, 7-12 ikkinchi savatcha, 13-18 uchinchi savatcha bo'ladi.



Ammo qura tashlash marosimi yuqorida aytganimizdek yozda bo'lib o'tadi. Unga qadar mart va iyun oyi boshida FIFA kunlari bor. Biz birinchi savatchaga (Osiyoda kuchli 8 talikka) kirishimiz yoki hech bo'lmaganda ikkinchi savatchada (Osiyoda kuchli 16 taklikda) qolishimiz uchun o'rtoqlik o'yinlari o'tkazishimiz va ularda g'alaba qozonishimiz shart.


Narzulla Saydullaev

Reyting: +42   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика