So’nggi yangiliklar

14:38Гарначо Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  0 14:15"Манчестер Юнайтед" Италия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0 13:48Беннасер ва Адли фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  0 13:21"Нефтчи" кениялик форвардга қизиқмоқда  6 12:58Буну, Кукурелья, Витинья, Палмер... КЖЧ рамзий терма жамоаси  0 12:30"Хоразм" ярим ҳимоячиси жамоадан кетди  1 12:08Расман: Ҳожимат Эркинов "Пахтакор"га қайтди  5 11:50"Атлетико" Аргентина терма жамоасининг яна бир вакилини харид қилмоқчи  0 11:21Флетчер "Манчестер Юнайтед" U-18 бош мураббийи этиб тайинланди  0 10:45"Андижон"нинг янги легионери: "Максим Шацких Украина футболи учун ҳақиқий афсонадир"  8 10:07Клублар ўртасидаги ЖЧ. Ким қанча ишлаб олди?  6 09:30Суперлиганинг ўтган мавсумдаги энг яхши ёш футболчиси фаолиятини водий жамоасида давом эттиради  3 08:53Терма жамоамизнинг яна бир аъзосига Греция ва Ла Лига 2 жамоасидан қизиқиш бор  20 08:19"Реал" ўз тарбияланувчисининг қайтганини эълон қилди  8 07:47Терма жамоамизнинг яна бир аъзоси легионерга айланди. Унинг янги жамоасидаги рақами ҳам маълум  8

Osiyo Kubogi prevyusi. Avstraliya - Suriya Yangiliklar

Osiyo Kubogi prevyusi. Avstraliya - Suriya

Osiyo Kubogida bugun "B" guruhi jamoalari oxirgi turni o'tkazishadi.

Al Ayn shahridagi "Xalifa bin Zayed" stadionida Avstraliya va Suriya terma jamoalari o'zaro bahs olib boradi.

Guruhdagi vaziyat 

Mazkur guruhda Iordaniya 6 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Avstraliya hisobida 3 ochko bor va jamoa ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Suriya bilan Falastin esa bir xil 1 ochkodan to'plashgan va keyingi o'rinlarda borishyapti.  


Avstraliya 

Avstraliya terma jamoasi ushbu musobaqani mag'lubiyat bilan boshladi. Jamoa ilk turda kutilmaganda Iordaniyaga 0:1 hisobida yutqazib qo'ydi. Ikkinchi o'yinda esa "sokkeruzlar" Falastinni 3:0 hisobida mag'lub etishdi.

Suriya 

Suriyadan ko'p narsa kutilgandi, biroq jamoa hali g'alaba qozongani yo'q. Birinchi o'yinda Falastin bilan 0:0 o'ynagan Suriya keyingi turda Iordaniyaga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Aynan shu mag'lubiyatdan so'ng bosh murabbiy Bernd SHtangega chiqish eshiklari ko'rsatildi.

O'yindan oldingi fikrlar

Fajr Ibrohim (Suriya bosh murabbiyi): "Bizda bu o'yinga reja bor va hech qanday qo'rquvni his qilayotganimiz yo'q. Men saralash bosqichida ham jamoa bilan birga edim, shu bois o'zimni yangi bosh murabbiy deya olmayman. Men ko'p futbolchilarni 10 yildan beri bilaman. Bizni navbatdagi bellashuvda faqat g'alaba qoniqtiradi".

Grexem Arnold (Avstraliya bosh murabbiyi): "Suriya terma jamoasida bosh murabbiy o'zgarganidan xabarim bor, lekin yangi murabbiyni tanimayman. Bizning etiborimiz faqat o'yinga qaratilgan. SHogirdlarim bo'lajak bahsga tayyor. Biz har bir uchrashuvda faqat g'alabani ko'zlaymiz".

Qiziqarli malumotlar

- Bu Avstraliya va Suriya o'rtasida Osiyo Kubogidagi ilk uchrashuv bo'ladi.

- Avstraliya shu paytgacha qita birinchiligida 18 o'yinda maydonga tushib, 11ta to'p o'tkazib yuborgan. Avstraliya faqat bir marta, 2007 yil o'z darvozasidan bittadan ko'p o'tkazib yuborgan. Jamoa o'shanda Iroqqa 1:3 hisobida mag'lub bo'lgan.

- Suriya ketma-ket ikkita o'yinda to'p kirita olmadi. Agar bugun ham shu voqea takrorlansa bu o'ziga xos antirekord bo'ladi.

- Avstraliyaga qarshi o'yinlarda Suriya termasi hujumchisi Omar Al Soma 2ta gol urgan.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика