22 fev 2024 21:42

OKMK U-20 jahon chempionati ishtirokchisi bilan shartnoma imzoladi

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O'tgan mavsumning ikkinchi qismini Toshkentning "Olimpik" klubida o'tkazgan, huquqiy jihatdan bungacha "Turon" klubiga tegishli bo'lgan chap qanot himoyachisi Saidafzalxon Axrorov faoliyatini OKMK jamoasida davom ettiradi.

2003 yilda Farg'ona shahrida tavallud topgan chap qanot himoyachisi O'zbekiston U-19, U-20 va U-23 terma jamoalarida to'p tepgan va Argentinada o'tgan U-20 jahon chempionatida ishtirok etgan. 

Saidafzalxon Ahrorov hozirgacha O'zbekiston Superligasi bahslarida 13, Pro Liga doirasida 15 va mamlakat kubogi bahslarida 4 marotaba rasmiy o'yinlarda ishtirok etgan.

OKMK va futbolchi o'rtasida ikki yillik shartnoma imzolandi.

Manba : ОКМК матбуот хизмати
Bu xabar bilan bo'lishing:
  +3 

O’xshash yangiliklar

Fikrlar

Fikr yozish


Musobaqalar

O'zbekiston Superliga Rossiya Xalqaro Angliya Germaniya Ispaniya Italiya Fransiya Boshqalar →

Intervyular

Яндекс.Метрика