So’nggi yangiliklar

20:15Трансфер дедлайни: "Ливерпуль" Гехини ҳам сотиб олмоқда  3 19:53"Манчестер Сити" аъзоси Италияга йўл олмоқда — Here We Go!   2 19:36Breaking! "Бавария" Николас Жексон трансферини ижобий ҳал қилди  3 19:20Коло Муани "Тоттенхэм" футболчисига айланмоқда — Here We Go!  1 19:00CAFA Nations Cup. Эрон Ҳиндистон дарвозасига 3 та тўп киритди  8 18:41Расман: "Ливерпуль" футболчиси "Рома"га ўтди  0 18:23"Ньюкасл" 63,5 млн евро эвазига ҳужумчи сотиб олмоқда  4 18:02Ҳусанов қанча муддатга сафдан чиққани маълум  7 17:39Эшитдик-да! Усмон Тошев ЎФА терма жамоалар бўлими раҳбари лавозимига қайтмоқда  43 17:28"Милан" ҳужумчиси "Рома"га ўтишга рози  2 17:10Абдуқодир Ҳусанов CAFA мусобақасини ўтказиб юборади  12 16:50Расман: Эрон терма жамоаси ҳужумчиси "Олимпиакос"га ўтди  2 16:27"Манчестер Юнайтед" Муҳаммадали Ўринбоевнинг жамоадоши билан келишиб олди — Here We Go!  4 16:10"Астон Вилла" МЮ футболчисини ижарага олмоқда  0 15:54Бруну Фернандеш 2020 йилдан бери АПЛда барча ярим ҳимоячилардан кўпроқ гол урди  8

OCHL FINALI. KIM G'OLIB BO'LADI? Yangiliklar

OCHL FINALI. KIM G'OLIB BO'LADI?

Bugun Osiyo CHempionlar ligasida finalning javob uchrashuvi bo'lib o'tadi.
Unda "Guanchjou Evergrand" o'z maydonida "Seul" FKni qabul qiladi. Birinchi bahs Koreyada 2:2 hisobida yakuniga etgandi. Biz uchrashuv ishtirokchilarining javob bellashuvi oldidan fikrlarini etiboringizga taqdim etamiz.

Maurisio Molina (Seul FK yarim himoyachisi):
- OCHLni yutish juda ajoyib va men bunday baxtga erishishni yana bir bor istagan bo'lardim. CHempion bo'lishni ko'proq xohlayapman, lekin raqibimiz juda kuchli jamoa. Ularni tajribali murabbiy boshqarmoqda. Biz Xitoyga g'alaba qozonish uchun tashrif buyurdik. O'ylaymizki, "Seul" tarixida yangi sahifani yozamiz.

Jng Ji (Guanchjou Evergrand yarim himoyachisi): - Finaldagi g'alaba menga ko'p narsani bildiradi. Angliya va Xitoyda ichki musobaqalarda g'olib chiqqanman, biroq hali xalqaro yutuqlarga erishmaganman. Futbolchilarning barchasi o'yinda maydonga tushib, bor kuchini sarflashga tayyor turibdi. Xotirjamlikni saqlagan holda butun etiborimizni o'yinga qaratishimiz shart.

Dario Konka (Guanchjou Evergrand yarim himoyachisi): - Birinchi bahsda raqibni bevosita maydonda o'rgandik. Endi esa ulardan kuchli ekanligimizni isbotlashga urinamiz. O'tgan yilgi tajriba menga ko'p yordam berdi. Har qanday musobaqada ilk bor maydonga tushganingda muammolarga duch kelasan. Finalgacha qiyin yo'lni bosib o'tdik. Bizni kubokdan bir bahs ajratib turibdi. Finalda bor kuchimizni ishga solib, muxlislarimiz ko'z o'ngida bayram qilishga urinamiz.

Yong Su CHoy (Seul FK bosh murabbiyi): - K liganing 30 yilligiga bag'ishlab, finalda zafar quchishni ko'zlayapmiz. SHuningdek, jamoa tarixiga yangi bitiklarni yozib qo'yishda bu juda muhim. Futbolchilarda ishtiyoq yuqori. Ular butun jamoa sifatida o'yinga shay holatda. CHempionlarga xos ruhiyatga egamiz. Hozir o'yinga rejalarimizni aytmayman, buni uchrashuv davomida ko'rib olasizlar. Bellashuvga juda yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Eng yaxshi o'yinlarimizdan birini ko'rsatishga tayyormiz.

Marchello Lippi (Guanchjou Evergrand bosh murabbiyi): - Barchamiz hal qiluvchi bahsga shay holatdamiz. "Seul"ni hurmat qilamiz, lekin o'z kuchimizga ishongan holda aytamanki, biz g'alaba qozonamiz. Muxlislar bilan birgalikda uni nishonlash ishtiyoqida yonyapmiz. Uchrashuv oson kechmasligi turgan gap. Bunday sharoitda ishqibozlarning yordami juda asqotadi. Futbolchilarda bosim yo'q, aksincha ishtiyoq kuchli. Bir yarim yildan buyon jamoa muvaffaqiyatlarga erishish yo'lida ter to'kib keldi. Endi o'sha fursatni qo'ldan chiqarmaslik zarur. Futbolchilar xalqar sahnada nom qozonishlari bu katta imkoniyat. O'yinchilar sezilarli darajada o'sishga erishdilar. UEFA CHempionlar ligasi yoki Osiyo CHempionlar ligasida g'olib chiqish o'rtasida katta farq yo'q. Lekin jahon chempionatidagi g'alaba va finalni hech narsaga tenglashtirib bo'lmaydi.

Jamoamiz safida legionerlar boshqa klublarnikidan ko'p emas. Klubim Xitoy jamoasi va g'alaba mahalliy o'yinchilar uchun, Xitoy futboli taraqqiyoti uchun muhim ahamiyatga ega. Bahsdan oldin imkoniyatlarni baribir teng baholayman.


Behzod Nazarov tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика