So’nggi yangiliklar

01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  0 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  1 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  1 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  5 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  0 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  3 22:47"Сурхон" Дмитрий Плетнёвнинг кетганини эълон қилди  3 22:24"Манчестер Сити" рекорд трансферни эълон қилди  6 22:04"Реал"да зиддият: Перес ва Алонсо ўртасидаги илк қарама-қаршиликлар юзага чиқди   9 21:26Консейсаунинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  1 21:05"Реал" Алабадан қутулмоқчи  2 20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  3 20:40Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  1 20:13Ироқлик футболчи мухлислар билан хайрлашди ва Тошкент томон йўлга чиқди  3

Nazorat uchrashuvi: “Qizilqum”- “Qo'qon-1912” 3:2 Yangiliklar

Nazorat uchrashuvi: “Qizilqum”- “Qo'qon-1912” 3:2

Toshkentda o'quv-mashg'ulot yig'inini boshlagan “Qizilqum” futbolchilari bugun yig'in davomida rejalashtirilgan dastlabki nazorat uchrashuvida maydonga chiqishdi.

“CHig'atoy” sport bazasi suniy qoplamali maydonida o'tkazilgan bellashuv gollarga boy bo'ldi va yakunda jamoamiz g'alabaga erishdi.

Bellashuvda jamoamiz tarkibida yangidan kelib qo'shilgan Murod Bobojonov hisobni ochdi. Oradan ko'p o'tmay yana yana Bobojonov raqib posboni bilan birga bir vaziyatga chiqib bordi va to'pni uning ustidan oshirib, darvozaga yo'lladi.

Ikkinchi bo'lim boshlarida Eldor Boymatov o'ng qanotdan uzatilgan to'pni raqib jarima maydonchasi yaqinida to'xtatib oldi va kuchli zarbasi bilan hisobni yiriklashtirdi.

SHundan sung vakillarimiz biroz xotirjamlikka berilishdi natijada qo'qonliklar ikkita javob golini kiritishga muvaffaq bo'lishdi. Dastlab SHahboz Erkinov burchakdan uzatilgan to'pni darvozaga yo'llagan bo'lsa, ikkinchi golga Suhrob Berdiev mualliflik qildi. Darvoqe ikkinchi bo'lim o'rtalarida vakillarimiz hisobni yanada oshirishlari mumkin edi. Doniyor Usmonovga nisbatan ishlatilgan qo'pollikdan keyin belgilangan penaltini Muhsin Ubaydullaev aniq amalga oshira olmadi...

“Qizilqum” futbolchilari Toshkent yig'ini davomida navbatdagi nazorat uchrashuvini 21 yanvar kuni AGMKga qarshi o'tkazishadi.


O'rtoqlik uchrashuvi

“Qo'qon-1912” – “Qizilqum” – 2:3 (0:2)

Boshhakam: I. Ibragimov. 

Gollar: SHaxboz Erkinov, Suhrob Berdiev. – Murod Bobojonov 2 ta, Eldor Boymatov. 

Qo'qon-1912: 71. Sarvar Karimov, 4. Bahodir Akramov, 7. Jamshid Hasanov, 14. Avaz Mamatxo'jaev, 15. Ubaydullo Xoliqov, 17. Quvondiq Ro'ziev, 19. Suhrob Berdiev, 22. Murod Xolmuhammedov, 23. Aleksandr Merzlyakov, 70. SHahboz Erkinov, 79. Iqbol Malikjonov.

Zaxira: 30. Islom Abdullaev, 11. Temur Hakimov, 55. Suhrob Nematov, 65. Orif Mamajonov. 

Qizilqum”: 77. Evgeniy CHeremisin, 4. Erkin Boydullaev, 9. Sardor Jahonov, 10. Alisher Sanoev, 14. Fayzullo Qambarov, 17. Akram Bahriddinov, 21. Muhsin Ubaydullaev, 23. SHerali Jo'raev, 30. Murod Bobojonov, 50. Eldor Boymatov, 91. Salim Mustafoev.

Zaxiradan maydonga tushganlar: 11. Begzod G'anijonov, 18. Aziz Usmonov, 44. Mirjalol Qosimov, 84. Timur Usmonov.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика