28 jan 2019 19:22

"Navbahor" Qrimdagi ikkinchi o'yinda ham g'alaba qozondi

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Ayni paytda o'z o'quv – mashg'ulot yig'inini Qrimda o'tkazayotgan Namanganning “Navbahor” klubi bugun yig'in doirasidagi ikkinchi uchrashuvni o'tkazdi.

Raqib Qrim chempionati vakili Sevastopolning “Sevastopol” jamoasi bo'ldi. Unda O'zbekiston jamoasi 2:0 hisobida g'alaba qozondi. “Lochinlar”ning gollariga Aleksandr Kasyan va Ivan Solovyov mualliflik qilishdi. Takidlash joizki, har ikki gol ham bahsning 1-bo'limida urildi.

“Sevastopol”ga qarshi kechgan o'yinda Andrey Kanchelskis bir qator futbolchilarni tushirdi.

"Navbahor": O'tkir Yusupov, Slavko Lukich, Igor Golban, Jahongir Mehmonov, Mirzohid  G'ofurov, SHahzod SHaymonov, Ivan Solovev, Abdujamol Isroilov, Aziz Turg'unboev, Zafar To'raev, Aleksandr Kasyan.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Mirzohid Mamatxonov, G'iyos Komilov, Hojiakbar Yunusov, SHohruhmirzo Ahmadaliev, Bahodir Nasimov, Ulug'bek Aknazarov.



Eslatib o'tamiz, namanganliklar Qrimdagi ilk nazorat-sinov bahsini Simferopolning “Tavriya” klubiga qarshi o'tkazib, 3:2 hisobida zafar quchishgandi.

“Lochinlar” so'nggi o'rtoqlik uchrashuvini 31 yanvar kuni Evpatoriyaning “Evpatoriya” jamoasiga qarshi o'tkazishadi.

"Navbahor" azolari yurtimizga 1 fevral kuni qaytib kelishadi.

Bu xabar bilan bo'lishing:
  +34 

O’xshash yangiliklar

Fikrlar

Fikr yozish


Musobaqalar

O'zbekiston Superliga Rossiya Xalqaro Angliya Germaniya Ispaniya Italiya Fransiya Boshqalar →

Intervyular

Яндекс.Метрика